---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.3
alternate:
  - https://yandex.uz/support/maps/ru/concept/station.md
  - https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/station.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/maps/uz/llms.txt

# Marshrutlar va bekatlar

Yandex Maps ilovasi siz muntazam foydalanadigan yoʻnalishlar va bekatlarni saqlashingiz mumkin. 

## Marshrutni bukmarklarga kiritish {#ot}

1. Kerakli marshrutni [tanlang](https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/public-transport.md#choose-track).
    
1. Yon menyudagi **Saqlash** tugmasini bosing.
    
    Tugma sariq rangga kiradi – marshrut roʻyxatga kiritildi.
    
1. Yandex Maps mobil ilovasida jamoat transporti harakatlanishini kuzatish uchun yon menyudagi **Sinash** tugmasini bosing.
    
    Batafsil maʼlumot [Telefonga bildirishnoma yuborish](https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/push.md) boʻlimida.

## Bekatni bukmarklarga kiritish {#ot_station}

1. Kerakli bekatni [tanlang](https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/public-transport.md#choose-stop).
1. [Bekat kartasida](https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/station-kart.md) ![](../_assets/mm_023.png) tugmasini bosing.
1. Tugma sariq rangga kiradi – bekat roʻyxatga kiritidi.
    
    Saqlangan barcha bekatlar **Harakatlanayotgan transport** rejimi yoqilgan yoki yoqilmaganiga qaramasdan xaritada koʻrinadi.

## Roʻyxatni koʻrish {#list}

1. Sahifaning yuqori oʻng burchagidagi profil rasmini bosing.
    
1. **Bukmarklarni** tanlang.
    
1. Tanlangan joylarning roʻyxatlari **Bekatlar** va **Yoʻnalishlar** bukmarklarida joylashgan.
    

## Mening transportim rejimini yoqish {#my-trans}

**Mening transportim** parametrini yoqing va xaritada faqatgina siz [saqlagan](#ot) yoʻnalishlardagi transport vositalarining belgilari aks etadi.

1. Sahifaning yuqori oʻng burchagidagi ![](../_assets/btn_transport.png) tugmasini bosing.
    
1. Menyuning chap tomonidagi oynada **Mening transportim** parametrini yoqing.
    
    ![](../_assets/btn_transport_1.png)
1. Barcha transport vositalarini koʻrish uchun ushbu parametrni faolsizlantiring.
    

## Roʻyxatdan chiqarib tashlash {#delete}

Saqlangan marshrutni yoki bekatni ikkita usulda olib tashlashingiz mumkin.

{% list tabs %}

- 1-usul

  
  1. Yoʻnalish yoki bekat kartasini oching.
      
  1. Quyidagi tugmani bosing: ![](../_assets/mm_023a.png).
      
  1. Tugma rangini oʻzgaradi va marshrut yoki bekat roʻyxatdan yoʻqoladi.
  

- 2-usul

  
  1. Sahifaning yuqori oʻng burchagidagi profil rasmini bosing.
      
  1. **Bukmarklarni** tanlang.
      
  1. Bukmarkni tanlang – **Bekatlar** yoki **Marshrutlar**.
      
  1. Koʻrsatkichni ![](../_assets/btn_menu_foto.png) tugmasiga qarating.
      
  1. **Olib tashlash** bandini tanlang.

{% endlist %}

## Tez-tez soʻraladigan savollar {#faq}


Xaritada harakatlanuvchi transport haqidagi savol-javoblarni Yandex Maps mobil ilovasining yordam qismidagi [Transport haqidagi savol-javoblar](https://yandex.ru/support/m-maps/transport.html#transport-faq) boʻlimida koʻring.
[Yordam xizmatiga yozish](https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/f_back.md){.button}

<!-- source: uz/_includes/button-style.md -->

<!-- endsource: uz/_includes/button-style.md -->


