---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.3
alternate:
  - https://yandex.uz/support/maps/ru/concept/rout-options.md
  - https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/rout-options.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/maps/uz/llms.txt

# Qoʻshimcha parametrlarni belgilash

Avtomobil marshruti yoki jamoat transportida borish marshrutini tuzayotgan bo‘lsangiz, uni qoʻshimcha mezonlarni koʻrsatgan holda sozlashingiz mumkin.

Buning uchun yon menyuda **Parametrlar** bandini bosing va kerakli variantlarni tanlang.

## Avtomobil marshruti {#auto}

- **Tirbandliklarni hisobga olmagan holda variantlarni ko‘rsatish** – agar ushbu parametr yoqilgan bo‘lsa, marshrut variantlari [tirbandliklar](https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/stoppers.md) haqidagi axborotni hisobga olmagan holda tuziladi.
    
- **Pulli yoʻllarni kiritmaslik** – agar ushbu parametr yoqilsa, yoʻnalishga pulli yoʻllar kiritilmaydi.
    
    Opsiya o‘chirilganda marshrut pulli yo‘llar orqali o‘tishi mumkin – ular xaritada ![](../_assets/toll_01.png) belgisi bilan ko‘rsatiladi. Agar yo‘l haqi ma’lum bo‘lsa, yengil avtomobillar uchun butun marshrut bo‘yicha umumiy to‘lov miqdori hisoblab chiqiladi. 
    
- **Yuk mashinasi parametrlari** – jismoniy cheklovlar va yoʻl harakati qoidalari bilan tartibga solinadigan cheklovlarni hisobga oladigan marshrutni yaratish uchun maʼlumotlarni taqdim eting:
    
    - haqiqiy massa (yuk bilan), ruxsat etilgan maksimal massa, oʻqqa tushadigan yuk, yuk koʻtarish hajmini cheklash – tonnada;
    
    - balandligi, kengligi va uzunligi – metrda;
    
    - ekologik sinfi – kerakli qiymatni tanlang (Yevro-1 dan Yevro-6 gacha);
    - tirkama bilan harakat qilish – agar tirkama mavjud bo'lsa, ushbu parametrni yoqing.
    
    Agar yoʻnalishni tuzishda barcha koʻrsatilgan parametrlarni hisobga olishning imkoni boʻlmasa, kartochkada **Yuk mashinasining barcha parametrlari hisobga olinmagan** ogohlantirishi chiqadi. Maʼlumotni aniqlashtirish uchun xabarni bosing.
    
- **Joʻnash vaqti va sanasi** – marshrutning boshlanish kuni va vaqtini tanlang. U belgilangan parametrlarga muvofiq aks ettiriladi.
    
    Parametrlarni asliga qaytarish uchun **Hozir** tugmasini bosing.
    

## Jamoat transporti marshruti {#public-transport}

- **Transportga oid tanlovlar** – foydalanishni rejalashtirgan transport turini tanlang. Agar tegishli yoʻnalishlar mavjud boʻlsa, ular yon menyuda va xaritada aks ettiriladi.
    
- **Joʻnash vaqti va sanasi** – marshrutning boshlanish kuni va vaqtini tanlang. Ular belgilangan parametrlarga muvofiq aks ettiriladi.
    
    Parametrlarni asliga qaytarish uchun **Hozir** tugmasini bosing.
    

[Yordam xizmatiga yozish](https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/f_back.md){.button}

<!-- source: uz/_includes/button-style.md -->

<!-- endsource: uz/_includes/button-style.md -->


