Tezkor qidirish

Yandex Maps ilovasining asosiy sahifasida qidirish satri tagida tezkor qidirish paneli paydo bo‘ladi:

Agar marshrut tuzishni boshlasangiz yoki xaritadagi obyektni bossangiz, xuddi shunday panel ekranning pastki markaziy qismida koʻrsatiladi:

Panellarning istalgan birida kerakli tugmani bossangiz (masalan, “Taom” yoki “Kino”), xaritada belgilar orqali, obyekt turiga qarab tanlangan tashkilotlar aks etadi. Masalan: ;

Agar allaqachon marshrut tuzgan boʻlsangiz, shu marshrut boʻylab joylashgan obyektlar koʻrsatiladi. Agar marshrut tuzilmagan boʻlsa, xaritada siz bosgan nuqta yaqinida joylashgan obyektlar aks ettiriladi.

Ekranning chap tomonida, ochiladigan panelda topilgan obyektlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.

Ro‘yxatning yuqori qismida ro‘yxatni filtrlash tugmalari joylashgan. Ro‘yxatda faqat tegishli shartga javob beradigan obyektlar qolishi uchun tugmaga bosing. Masalan, Wi-Fi tugmasini bosish faqatgina Wi-Fi tarmoqlari bilan jihozlangan obyektlarni ro‘yxatda qoldiradi.

Barcha mavjud filtrlarni ko‘rish uchun uchta nuqtali tugmani bosing:

Ro‘yxatdan kerakli obyekt tavsifiga yoki xaritadagi uning belgisiga bosing – obyekt kartochkasiochiladi.

Agar siz topmoqchi bo‘lgan obyekt tezkor qidirish panelida moslik bo‘lmasa, qidirish satridan obyektni qidirish ga o‘ting.

Yordam xizmatiga yozish