---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.3
alternate:
  - https://yandex.uz/support/maps/ru/concept/panoramas.md
  - https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/panoramas.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/maps/uz/llms.txt

# Panoramalar

Yandex Maps ilovasidagi panoramalar yordamida quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin: 
- notanish hududda yoʻnalishni aniqlash;
- chorrahalar va yoʻl belgilariga [qarash](https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/foto_street.md);
- yangi uy-joy qidirishda diqqatga sazovor joylar yoki yaqin-atrof bilan tanishish.

## Panoramalarni yoqish {#on-pano}

{% list tabs %}

- 1-usul

  
  1. Yuqori oʻng burchakdagi ![](../_assets/all-photo-on.png) tugmasini bosing. Xaritada koʻk chiziqlar paydo boʻladi – panorama manzarali koʻchalar shunday ajratilgan.
      
      ![](../_assets/pan_01.png)
  1. Koʻchalar nomi va uylar raqami bor panoramani ochish uchun koʻk chiziqda kerakli joyni bosing.
      
  1. Panoramani yopish uchun sahifaning yuqori oʻng burchagida ![](../_assets/btn_pan_5.png) tugmasini bosing.
      
  1. Panoramalarni koʻrsatishni yoqish uchun ![](../_assets/all-photo-off.png) tugmasini bosing.
      
  

- 2-usul

  
  1. Xaritada kerakli obyektni tanlang.
      
  1. Koʻcha nomlari va uy raqamlari bor panoramani ochish uchun [obyekt kartochkasida](https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/object-kart.md) panorama eskizini bosing.
      
  1. Panoramani yopish uchun sahifaning yuqori oʻng burchagida ![](../_assets/btn_pan_5.png) tugmasini bosing.

{% endlist %}

Panorama tagida atrofning to‘rtburchak xaritasi joylashgan. Unda panorama manzarali koʻchalar namoyish etiladi. Ochiq panorama joyi doira va koʻrish sektori bilan ajratilgan.

![](../_assets/pan_02a.png)

Yuqoridan olingan panoramalar ![](../_assets/air-pano.png) nishoni bilan belgilangan.

## Panoramalarni boshqarish {#pano-rule}

**Panoramalar** rejimida nimalar qilishingiz mumkin:

- Kerakli yo‘nalishda harakatlanish.
    
    Buning uchun oq strelkani yoki taxminiy o‘tish joyini bildiruvchi oq ovalni bosing.
    
- Rasm masshtabini oʻzgartirish.
    
    Kattalashtirish uchun sichqoncha g‘ildiragini o‘zingizga teskari yo‘nalishda aylantiring yoki ![](../_assets/btn_pan_4a.png) tugmasini bosing.
    
    Kichraytirish uchun sichqoncha g‘ildiragini o‘zingiz tomonga aylantiring yoki ![](../_assets/btn_pan_4.png) tugmasini bosing.
    
- Panoramani aylantirish.
    
    “Atrofga nazar tashlash” uchun:
    
    1. Panoramadagi tasvirni sichqincha yordamida suring.
    
    1. Klaviaturada kerakli yoʻnalishga (chap, oʻng, yuqoriga yoki pastga) ishora qiluvchi strelka tugmasini bosing.
    
- Tanlangan nuqta atrofidagi yangi joyga sakrab o‘tish.
    
    Buning uchun:
    
    1. Ekranning pastki qismidagi xaritaga koʻrsatkichni suring.
    
    1. Koʻk chiziqlardan birida kerakli joyni bosing.
    
- Yuqori oʻng burchakdagi tugmalar yordamida tasvirni ulashish yoki xato haqida xabar yuborish.
    
- Ichki panoramalarni koʻring.
    
- Panoramani chop etish. Buning uchun:
    
    1. Koʻrsatkichni yuqori oʻng burchakdagi ![](../_assets/pano-options.png) tugmaga qarating.
    
    1. **Chop etish** tugmasini bosing.
    
-     
    Panoramada binoning to‘liq manzilini bilib olish. Buning uchun koʻrsatkichni uy raqami belgisiga qarating. Unga qanday yetib borishni bilish uchun **Yoʻnalish** tugmasini bosing.
    
- Tashkilotlarning manzili, ish vaqti va reytingini koʻrish.
    
    [Obyekt kartochkasini](https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/object-kart.md) ochish uchun koʻrsatkichni tashkilot belgisiga olib boring. Har bir binoda koʻpi bilan eng yuqori reytingga ega beshta tashkilot belgilanadi.
    

[Yordam xizmatiga yozish](https://yandex.uz/support/maps/uz/concept/f_back.md){.button}

<!-- source: uz/_includes/button-style.md -->

<!-- endsource: uz/_includes/button-style.md -->


