Panoramalar
Yandex Maps panoramalar yordamida quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:
- notanish hududda yoʻnalishni aniqlash;
- chorrahalar va yoʻl belgilariga qarash;
- yangi uy-joy qidirishda diqqatga sazovor joylar yoki yaqin-atrof bilan tanishish.
Panoramalarni yoqish
-
Yuqori oʻng burchakdagi
tugmasini bosing. Xaritada koʻk chiziqlar paydo boʻladi – panorama manzarali koʻchalar shunday ajratilgan.
-
Koʻchalar nomi va uylar raqami bor panoramani ochish uchun koʻk chiziqda kerakli joyni bosing.
-
Panoramani yopish uchun sahifaning yuqori oʻng burchagidagi
tugmasini bosing. -
Panoramalarni koʻrsatishni yoqish uchun
tugmasini bosing.
-
Xaritada kerakli obyektni tanlang.
-
Koʻcha nomlari va uy raqamlari bor panoramani ochish uchun obyekt kartochkasida panorama eskizini bosing.
-
Panoramani yopish uchun sahifaning yuqori oʻng burchagidagi
tugmasini bosing.
Panorama tagida atrofning to‘rtburchak xaritasi joylashgan. Unda panorama manzarali koʻchalar namoyish etiladi. Ochiq panorama joyi doira va koʻrish sektori bilan ajratilgan.

Yuqoridan olingan panoramalar
nishoni bilan belgilangan.
Panoramalarni boshqarish
Panoramalar rejimida quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
-
Kerakli yo‘nalishda harakatlanish.
Buning uchun oq strelkani yoki taxminiy o‘tish joyini bildiruvchi oq ovalni bosing.
-
Rasm masshtabini oʻzgartirish.
Kattalashtirish uchun sichqoncha g‘ildiragini o‘zingizga teskari yo‘nalishda aylantiring yoki
tugmasini bosing.Kichraytirish uchun sichqoncha g‘ildiragini o‘zingiz tomonga aylantiring yoki
tugmasini bosing. -
Panoramani aylantirish.
“Atrofga nazar tashlash” uchun:
-
Panoramadagi tasvirni sichqincha yordamida suring.
-
Klaviaturada kerakli yoʻnalishga (chap, oʻng, yuqoriga yoki pastga) ishora qiluvchi strelka tugmasini bosing.
-
-
Tanlangan nuqta atrofidagi yangi joyga sakrab o‘tish.
Buning uchun:
-
Ekranning pastki qismidagi xaritaga koʻrsatkichni suring.
-
Koʻk chiziqlardan birida kerakli joyni bosing.
-
-
Yuqori oʻng burchakdagi tugmalar yordamida tasvirni ulashish yoki xato haqida xabar yuborish.
-
Ichki panoramalarni koʻring.
-
Panoramani chop etish. Buning uchun:
-
Koʻrsatkichni yuqori oʻng burchakdagi
tugmasiga olib boring. -
Chop etish tugmasini bosing.
-
-
Panoramada binoning to‘liq manzilini bilib olish. Buning uchun koʻrsatkichni uy raqami belgisiga olib boring. Unga qanday yetib borishni bilish uchun Yoʻnalish tugmasini bosing.
-
Tashkilotlarning manzili, ish vaqti va reytingini koʻrish.
Obyekt kartochkasini ochish uchun koʻrsatkichni tashkilot belgisiga olib boring. Har bir binoda koʻpi bilan eng yuqori reytingga ega beshta tashkilot belgilanadi.