Ishlar

Ishlar xizmati yordamida Yandex.Pochta sahifasidan bevosita topshiriq va uchrashuvlarni rejalashtirishingiz mumkin. Undan foydalanishni boshlash uchun:

  1. Yuqori o‘ng burchakdagi belgisini bosing.
  2. Ishlar bandini tanlang.
  3. Ishlarni pochta sahifalarida ko‘rsatish xususiyatini yoqing
  4. O‘zgarishlarni saqlang.

Ishlar ro‘yxati sahifaning quyi o‘ng burchagida chiqadi. Ishlar ro‘yxatini kichraytirish uchun belgisini bosing, yana kattalashtirish uchun esa — ishlar ro‘yxati sohasiga bosing.

  1. Ro‘yxatlarni yaratish va tahrirlash
  2. Ishlarni yaratish
  3. Ishlarni tahrirlash

Ro‘yxatlarni yaratish va tahrirlash

Birlamchi ravishda Ishlar xizmatida quyidagi nomli ro‘yxatlar yaratilgan Unutmang, Bugun va Bu haftada. Yangi ro‘yxatni yaratish uchun uning nomini matn maydoniga kiriting va Ro‘yxat yaratish tugmasini bosing.

Ro‘yxatni tahrirlash uchun kursorni uning ustiga olib keling va tugmasini bosing. Tahrirlash rejimida ro‘yxat nomini o‘zgartirishingiz yoki uni o‘chirib tashlashingiz mumkin. Birlamchi ravishda yaratilgan ishlar ro‘yxatini tahrirlash va o‘chirib tashlash mumkin emas.

Bugun va Bu hafta ro‘yxatlari boshqa ro‘yxatlarda yaratilgan ishlardan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Ishlarni ularga qo‘lda ham kiritish mumkin, lekin sana va vaqtni tanlash imkoniyatisiz. Amalga oshirilgandan keyin ishlar Bajarilgan ishlar ro‘yxatiga joylashtiriladi.

Ishlarni yaratish

Ish yaratish uchun kerakli ro‘yxatga o‘ting, ish nomini matn maydoniga kiriting va Ishni kiritish tugmasiga bosing.

Agar ishni aniq bir sana va vaqtga bog‘lash uchun panelning quyi o‘ng burchagidagi sana havolasiga bosing. Ishni tahrirlash oynasida joriy topshiriq yoki uchrashuv haqida eslatish zarur bo‘lgan sana va vaqtni ko‘rsating.

Joriy sanaga rejalashtirilgan Ishlar to‘q sariq rang bilan belgilanadi, muddati o‘tganlari esa — qizil bilan.

Ishlarni tahrirlash

Ishni tahrirlash uchun uning nomiga yoki o‘ngdagi havolasiga bosing. Ishlarni tahrirlash oynasida ish nomini, u haqida eslatiladigan sana va vaqtni o‘zgartirishingiz mumkin.

Ishni amalga oshirgan bo‘lsangiz, nom chap tomonidagi kvadrat shakldagi belgini bosish orqali uni ro‘yxatda belgilang. Bajarilgan ish ro‘yxatdan o‘chirib tashlanadi. Amalga oshirilgan ishlar dastlabki holatini tiklash uchun Bajarilgan ishlar ro‘yxatidagi uning nomi qarshisidagi belgini olib tashlang.