metadata:
- name: generator
content: Diplodoc Platform v5.52.0
alternate:
- https://yandex.uz/support/images/ru/troubleshooting.md
- https://yandex.uz/support/images/uz/troubleshooting.md
- href: uz/troubleshooting.md
type: text/markdown
title: Markdown version
- href: llms.txt
type: text/markdown
title: llms.txt

> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/images/uz/llms.txt

# Yordam xizmati

- [Sayt egalari uchun aloqa](https://yandex.uz/support/images/uz/webmaster.md)
- [Savol-javoblar](https://yandex.uz/support/images/uz/faq.md)

**Xat yozish**

:   {% list tabs radio %}

- Rasm haqida shikoyat qilish

Foydalanuvchi kontenti ustidan shikoyatlarni qanday koʻrib chiqishimizni [Anonim kontent huquqlarini cheklash](https://yandex.ru/company/rules/anonymous_content/) sahifasida tekshiring. Agar Yandex Rasmlarda ommaviy ravishda joylangan biror material huquqlaringizni buzadi, deb hisoblasangiz, Yandex kompaniyasiga bu haqida asosli shikoyat yuborishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi turkumlardan birini tanlang.

{% cut "Rasmda 18+ kontent mavjud" %}

Pornografik qiziqish aniq koʻrsatilmagan soʻrovlarda biz qidiruv natijalaridagi erotik kontentni filtrlashga harakat qilamiz. Bu haqda batafsil maʼlumot bizning [Qoidalarda](https://yandex.ru/company/rules/filtration/) keltirilgan.

Bu kabi rasmlarning qidiruv natijalarida chiqishidan maksimal himoyalanish uchun sozlamalarda **Oilaviy** rejimini yoqing.

Agar 18+ kontentga ega rasmni filtrlash yoniq ekanida topgan boʻlsangiz, bu haqida bizga xabar bering.

{% endcut %}

{% cut "Rasmda shaxsiy maʼlumotlar bor" %}

Yandex rasmlar boʻyicha qidirish natijalarida internetdagi ommaviy rasmlar taqdim etiladi. Yandex avtomatik rejimda foydalanuvchilarning soʻrovlari asosida qidiruv natijalarini taqdim etadi, rasmlar kontentini nazorat qilmaydi va ular uchun javob bermaydi.

Yandex qidiruv natijalarida shaxsiy maʼlumotlaringiz bor rasm aniqlansa, uni oʻchirtirishni soʻrab oʻsha maʼlumot joylashgan saytning yordam xizmatiga yoki shu kabi sayt xosting provayderiga murojaat qiling. Rasm manba saytdan oʻchirib tashlanganidan biroz vaqt oʻtib u Yandex qidiruv natijalarida chiqmaydi.

Agar rasm manba saytdan oʻchirib tashlanganidan keyin ham Yandex qidiruv natijalarida chiqib kelsa, bizga yozing.

{% endcut %}

{% cut "Rasm mualliflik huquqlarini buzadi" %}

Yandexning rasm qidiruv natijalarida internetdagi umumiy taqdim etiladigan materiallar keltirilgan. Qidiruv tizimlari kontentni boshqa shaxslarning saytlaridan oʻchira olmaydi va hatto Yandex qidiruv natijalarida bunday sahifalarga havolalar boʻlmasa-da, kontent hamon internetda mavjud boʻladi, huquqlaringizning buzilishi ham davom etadi.

Yandex avtomatik rejimda foydalanuvchilarning soʻrovlari asosida qidiruv natijalarini chiqarib beradi, topilgan sahifalarni nazorat qilmaydi va ular uchun javob bermaydi. Yandex qidiruv natijalarida biror sahifada sizning eksklyuziv huquqlaringiz buzilganini aniqlasangiz, ular joylashgan saytlar administratorlari yoki xosting provayderlariga murojaat qiling. Agar muammoli kontent bu kabi sahifalarda bloklansa yoki oʻchirilsa, yoki boshqa shaklda ularga kirish cheklansa, biroz vaqt oʻtib ularga havolalar avtomatik ravishda qidiruv natijalaridan olib tashlanadi.

Manba saytidan oʻchirilgan, lekin rasmlar qidiruv natijalarida chiqib kelayotgan rasm haqida xabar berish uchun quyidagi shaklni toʻldirib, bizga xat yozing.

{% endcut %}

{% cut "Oʻchirigan rasm hali ham qidiruvda mavjud" %}

Saytlarda rasmlarni qidirish avtomatik ravishda va belgilangan oraliqda robot tomonidan amalga oshiriladi. Agar biror rasm manba saytdan olib tashlangan boʻlsa, u biroz vaqt oʻtib avtomatik ravishda qidiruv natijalaridan olib tashlanadi.

Qidiruv tizimida indekslash kechikib amalga oshirilishi mumkin, shuning uchun oʻchirilgan rasm maʼlum muddat Yandex qidiruv natijalarida chiqishda davom etishi mumkin. Agar qidiruv natijalarida siz manba saytdan olib tashlangan rasmlar borligini aniqlasangiz, bu haqda bizga xabar bering.

{% endcut %}

{% cut "Rasmda “Unutilish huquqi” sababli oʻchirilishi lozim boʻlgan maʼlumot mavjud." %}

Qidiruv natijalaridan Rossiya Federatsiyasi qonunchiligini buzgan holda tarqatilgan, haqiqatdan yiroq, ahamiyatsiz yoki arizachi uchun ahamiyati yoʻqolgan maʼlumotlarga havolalar, jinoiy jazoga loyiq hodisalar haqida maʼlumotlar, muddati oʻtib ketgan jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari, arizachi tomonidan sudlanganligi olib tashlangan yoki tugallangan jinoyatning sodir etilgani haqidagi maʼlumotlarni qidiruv natijalaridan olib tashlash uchun ariza.

Bunday arizaning yuborilishi Yandex qidiruv natijalaridan fuqaroning ismi yoki familiyasi mavjud soʻrovlarga oid maʼlumotlarga havolalarni Yandex qidiruv natijalaridan olib tashlash imkonini beradi (“Unutilish huquqi”).

Ariza 27.07.2006 sanadagi №149-ФЗ “Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish” Federal qonuni shartlariga asosan qayta ishanadi.

{% endcut %}

{% cut "Rasmda mening roziligimsiz joylangan oshkora kontent mavjud" %}

Internetda jinsiy aloqaga oid, erotik va pornografik surat yoki videolar (yalangʻoch tana, jinsiy aloqa va hokazoni namoyish etadigan), jumladan, texnologiyalardan (deepfake) foydalanib yaratilgan soxta materiallar mavjud. Namoyish etilgan insonlarning xabarisiz va ruxsatisiz chop etilgan oshkora surat va videolar ulardagi shaxslarga zarar yetkazishi yoki ularning shaxsiy hayoti daxlsizligini buzishi mumkin.

Agar surat yoki videoning sizga aloqasi boʻsa, Yandex qidiruv natijalaridan oshkora materiallarga havolalarni oʻchirib tashlashi mumkin. Buning uchun biz quyidagilarga amin boʻlishimiz lozim:
- surat yoki videoda siz tasvirlangansiz;
- oshkora surat yoki videoning internetda erkin joylanishi sizning huquq va manfaatlaringiz buzilishiga olib kelishi mumkin;
- materiallar sizning ruxsatingizsiz chop etilgan.

Bu kabi kontent haqida bizga xabar berish uchun quyidagi shaklni toʻldiring:

{% endcut %}

{% cut "Meni rasm qidiruv natijalarining sifati qoniqtirmaydi" %}

Agar qidiruv natijalari so‘rovingizga mos kelmaydi yoki mumkin bo‘lmagan ma’lumotlarga ega deb hisoblasangiz, bu haqida bizga **Shikoyat qilish tugmasi yordamida xabar berishingiz mumkin**.

{% list tabs %}

- Qidiruv natijalarida

1. Kursorni rasm miniatyurasi ustiga olib keling.
2. Rasm tagida **![](_assets/complain2.png)** belgisini bosing
3. Shikoyatning amal qilish doirasini koʻrsating:

- Shu natijaga.
- Butun sahifaga.

4. Shikoyat sababini ko‘rsating:

- So‘rovga mos emaslik.
- Shokka tushiradigan yoki yoqimsiz ma’lumot — nomaqbul tasvirli rasm (masalan, avariyalar qurboni, zo‘ravonlik sahnalari, jismoniy patologiya).
- Pornografiya.

5. **Shikoyat qilish** tugmasini bosing.

- Rasmni ko‘rib chiqishda

1. Yuqori oʻng tomondagi **![](_assets/complain.png)** → **Shikoyat qilish** tugmasini bosing
2. Shikoyatning amal qilish doirasini koʻrsating:

- Shu natijaga.
- Butun sahifaga.

3. **Shikoyat qilish** tugmasini bosing.

{% endlist %}

Fikr-mulohaza tekshiruvdan o‘tgandan keyin Yandex Rasmlar qidiruv natijalarini chiqarish sifatini yashilash maqsadida Qidirishning avtomatik algoritmlari tomonidan hisobga olinadi.

{% endcut %}

- Rasmni qidiruvga kiritish

{% note info %}

Agar siz sayt egasi hisoblansangiz, [rasmlarni joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar](indexing.md) bilan tanishib chiqing.

{% endnote %}

Rasm qidiruv natijalariga kirishi uchun uni mavzu bo‘yicha mos keladigan saytga joylashtiring. Imzolar ([atributlar `alt` va `title`](robot-search.md)), shuningdek bevosita rasmga yaqin joylashgan sahifadagi rasmga tutash matn kiriting. Robot rasmni indekslaguniga qadar kutib turing.

Juda katta rasmni joylaganingizda, u Yandex Rasmlarining qidiruv bazasiga kirmasligi mumkin. Fotosuratingiz qidiruvga aniq tushishi uchun asl nusxali havolaga ega tasvirning kichraytirilgan nusxasini yarating.

Rasmning standart grafik formatlardan birida ekaniga ishonch hosil qiling: JPEG, GIF yoki PNG.

Tavsiyalar yordam bermagan bo‘lsa, yordam xizmatiga bu haqida yozing.

- Xato haqida xabar berish

Yandex Rasmlar xizmatiga eʼtiboringiz uchun rahmat. Iltimos, nima bo‘layotganini batafsil ta’riflab bering. Agar siz sahifa elementlarining noto‘g‘ri namoyishiga duch kelsangiz yoki sahifani yuklashda xato xabari berilsa, iltimos, xabaringizga [ekran tasvirini](https://yandex.uz/support/common/troubleshooting/screenshot.html) biriktiring. Muammoni bartaraf etish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.

- Taklif va tilaklar

Yandex Rasmlarda nimani yaxshilashni xohlashingizni bizga batafsil yozing. Xizmatni kelgusida rivojlantirish jarayonida fikringizni inobatga olishga harakat qilamiz.

{% endlist %}