Rasm asosida qidirish

Yandexda rasmlar yordamida axborot qidirish mumkin. Quyidagi holatlarda buning foydasi tegishi mumkin:

  • suratda nima yoki kim tasvirlanganini aniqlash;
  • rasmning boshqa oʻlchamdagi versiyasini topish — masalan, ish stoli uchun katta yoki avatar uchun kichik;
  • rasm va suratlardagi matnni aniqlash va tarjima qilish;
  • internetdagi rasmning unikalligini tekshirish va qaysi saytlarda bir xil rasmlar mavjudligini aniqlash;
  • oʻxshash rasmlarni topish;
  • oʻxshash tovarlarni topish (hozircha faqat Yandex Rasmlar mobil versiyasida).

Agar sizda rasmning faqat bir qismi boʻlsa, bu toʻliq versiyasini topish uchun yetarli boʻladi. Qidirish uchun rasmni internetdan olish yoki kompyuter yoxud telefondan yuklab olish mumkin.

Sharh

Qidiruv natijalarida sizga kerakli rasmlar boʻlmasligi mumkin. Bu internetda bunday rasmlarning mavjudligi yoki yoʻqligiga va ular Yandex tomonidan indekslanganiga bogʻliq.

Qidiruv qatorining oʻng tomonidagi tugmasini bosing va quyidagi usullardan biri yordamida rasmni yuklang:

  • rasmning aslini yuklash paneliga tortib tashlang;
  • Faylni tanlash tugmasini bosing va kompyuterda rasmni tanlang;
  • buferdagi rasmni kiriting;
  • qidirish satriga rasm manzilini kiriting va Topish tugmasini bosing.

Qidiruv qatoridagi tugmasini bosing va quyidagi usullardan biri yordamida rasmni yuklang:

  • Mediateka – galereyadan asl rasmni yuklang;
  • Suratga olish — sizni qiziqtirgan obyektni suratga oling;
  • Faylni tanlash – qurilmadagi rasmni tanlang.

Sharh

Agar qidiruv qatorida allaqachon matn soʻrovini kiritgan boʻlsangiz, unda belgisi boʻlmaydi. Qatorni tozalash uchun tugmasini bosing, keyin rasm boʻyicha qidirish belgisi paydo boʻladi.

Boshqa saytdan rasm qidirish

Agar Yandex Brauzerdan foydalanayotgan boʻlsangiz, deyarli har qanday saytdan rasm qidirishingiz mumkin.

Kontekst menyusida Bu rasmni Yandexda topish bandini tanlang.

Kursorni rasm ustiga olib boring va ochilgan menyuda  Image search belgisini tanlang.

Sharh

Saytdan rasm bo‘yicha qidirish imkoniyati bu saytning o‘z vyorstkasi sababli cheklanishi mumkin.

Yordam xizmatiga yozish