Rasmimni qanday qilib birinchi o‘ringa chiqarish mumkin
Rasmlarni tartibga solayotganda rasmga biriktirilgan matn ham hisobga olinadi. Tasvir tavsifi foydalanuvchi so‘roviga qanchalik mos kelsa, rasm qidiruv natijalarining birinchi sahifasida ko‘rsatilish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.
Bundan tashqari, tartibga solishga rasm joylashtirilgan sayt sifati, shuningdek, tasvir o‘zining sifatiga ta’sir qiladi. Qaysi saytlar sifatli ekanligi haqida Yandex Veb-usta Katalogining Veb-ustaga maslahatlar bo‘limida o‘qishingiz mumkin.
Qidiruv natijalarida har bir topilgan rasm uchun rasmning matnli tavsifi so‘rov so‘zlariga yaxshiroq mos keladigan sahifa havolasi ko‘rsatiladi.
Sharh
Yandex foydalanuvchi so‘roviga ko‘proq mos keladigan tasvirlarni topadi. Shu bilan birga matn va rasmlarga — tartibga solishning yaqona omili emas, ya’ni topilgan tasvirlar sahifalarida so‘rov so‘zi bo‘lmasligi ham mumkin.
Sayt qidiruv natijalarida bor, lekin undagi rasmlar — yo‘q
Ehtimol, Yandex’dagi qidiruv natijalarini Rasmlar bo‘yicha qidirishdagi bilan solishtirasiz. Bu unchalik ham to‘g‘ri emas: Qidirish va Rasmlardagi tartibga solish algoritmlari farq qiladi. Saytingizdagi rasmlar qidirish natijalarida ko‘rsatilishi uchun ular indekslanganligiga va ma’noli tavsifga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.