---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.52.0
alternate:
  - https://yandex.uz/support/images/ru/filters.md
  - https://yandex.uz/support/images/uz/filters.md
  - href: uz/filters.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
keywords:
  - 'y'
  - a
  - 'n'
  - d
  - e
  - x
  - ' '
  - r
  - s
  - m
  - l
  - k
  - u
  - o
  - i
  - g
  - t
  - ','
  - q
  - b
  - ‘
  - h
  - ’
  - c
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/images/uz/llms.txt


# Parametrlar bo‘yicha qidirish 

Kerakli rasmni [Yandex Rasmlar](https://yandex.uz/images/) bosh ekranida qidirish uchun soʻrovni kiriting va **Qidirish** tugmasini bosing.

Agar sizga istalgan mavzudagi rasmlar kerak boʻlsa – umumiy soʻrovni, masalan, [alisa moʻjizalar mamlakatida] soʻrovini kiriting. Muayyan rasmlarni topish uchun soʻrovni aniqroq kiriting va filtrlardan foydalaning. Masalan, soʻrovni aniqlashtiring – [alisa moʻjizalar mamlakarida choyxoʻrlik] – va uning uchun **Turi** “Oq fonli” filtr qiymatini belgilang.

Filtrlar natijalar sahifasida, qidiruv qatorining ostida joylashgan. Agar filtrlar oʻrniga soʻrovni (toifani) aniqlashtirishga oid koʻrsatmalarni koʻrsangiz – qidiruv satridan chap tomondagi ![](_assets/filter-icon.png) belgini bosing.

{% note info %}

Agar kerakli rasm soʻrov boʻyicha topilmasa, u Internetda mavjud boʻlmasligi mumkin. Qidiruv parametrlarining cheklov darajasini kamaytirish uchun soʻrov shaklini oʻzgartiring. Masalan, soʻrovdan ayrim tafsilotlarni olib tashlang yoki filtrlarni asliga qaytaring.

{% endnote %}

## Filtrlardan qanday foydalaniladi {#how-use-filters}

{% list tabs %}

- Kompyuterdan

  
  **Tasvir o‘lchami**
  
   
  :   Birlamchi ravishda xizmat istalgan o‘lchamdagi rasmlarni ko‘rsatadi. Ma’lum bir o‘lchamdagi rasmlarni topish uchun:
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Oʻlcham** filtri qiymatini sozlang:
 
         **Kattalari** — o‘lchami 1024 × 768 pikseldan yuqori rasmlar.
         **O‘rtachalari** — o‘lchami 400 × 300 dan 1024 × 768 pikselgacha bo‘lgan rasmlar.
         **Kichiklari** — o‘lchami 400 × 300 pikseldan kichik rasmlar.
          
      
      
      Qidiruv natijalaridagi rasmlarda tasvir o‘lchamiga ega belgilar paydo bo‘ladi.
      
      
      
      O‘lchamni qo‘lda berishingiz mumkin, buning uchun kerakli qiymatlarni kiriting va **OK** tugmasini bosing.
  
  **Joylashuv**
  
   
  :   Rasmlarning o‘zingiz xohlagan nisbatini aniqlang — gorizontal, vertikal yoki kvadrat:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      2. **Holat** filtrining qiymatini sozlang:
  
  **Tasvir turi**
  
   
  :   Muayyan turdagi rasmni topish uchun:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Tur** filtrining qiymatini sozlang:
      
         **Fotosurat** —fotosuratga o‘xshash boshqa tasvir va fotosuratlar. Qidiruv natijalaridagi sxema, xarita va boshqa grafikalarni istisno qilmoqchi bo‘lsangiz, bu filtrdan foydalaning.
         **Oq fonli** – bir xil oq fondagi obyektlar rasmlari.
         **Rasm va chizmalar** — obyekt grafik tasvirlari. Chizilgan rasm, eskiz, sxema, bo‘yoqlarni topishingiz zarur bo‘lsa, bu turdagi rasmni tanlang.
         **Yuzlar** — yuz tasvirini katta planda.
         **Demotivatorlar** — [demotivator](https://ru.wikipedia.org/wiki/Демотиватор) uslubidagi tasvirlar.
          
      
      
      Tur va rang filtrlari kompyuter ko‘rish algoritmlari asosida ishlaydi. Har bir rasm tarkibi uning xarakteristikasini aniqlab beruvchi maxsus algoritmlar tomonidan tahlil qilinadi.
  
  **Ko‘p uchraydigan rang**
  
   
  :   Muayyan rangdagi obyekt yoki fon rasmini topishni xohlasangiz, **Rang** filtrida asosiy rang parametrini tanlang. Qulaylik uchun tonlar to‘qqizta asosiy rang bo‘yicha guruhlanadi. Shuningdek, faqat rangli yoki faqat oq-qora rasmlarni qidirish mumkin.
  
  **Fayl formati**
  
   
  :   Birlamchi ravishda xizmat istalgan formatdagi rasmlarni ko‘rsatadi. Ma’lum bir grafik formatdagi rasmlarni qidirish uchun:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Fayl** filtrida ommabop formatlardan birini tanlang yoki **Har qanday fayl** qiymatini qoldiring.
  
  **Mahsulotlar**
  
   
  :   Kerakli mahsulotlarni topish uchun ushbu rejimdan foydalaning. Har bir mahsulot rasmi ostida narx va sotib olish mumkin boʻlgan doʻkon veb-sayti haqida maʼlumot beriladi:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Mahsulotlar** filtrini tanlang.
  
  **Yangi**
  
   
  :   Faqat oxirgi haftada kiritilgan rasmlarni topish uchun:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Yangilari** filtrini tanlang.
      
      
      Qidiruv natijalaridagi rasmlarda ularning necha soat yoki kun oldinyuklangani koʻrsatiladi.
      
      
      
      Agar so‘rovingiz bo‘yicha yangi rasmlar paydo bo‘lmasa, xizmat ularni boshqa qidiruv tizimlarida ko‘rishni taklif qiladi.
  
  **Ishchi stoldagi fon rasmlari**
  
   
  :   **Fon rasmlari** — bu kompyuter ishchi stoliga joylashtirish mumkin bo‘lgan rasmlar. Fon rasmlarining o‘lchami kompyuter ekranining standart aniqlik darajalariga mos keladi.
      
      
      
      2560 x 1600 piksel oʻlchamdagi fon rasmlarini qidirish uchun:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Fon rasmi 2560x1600** filtrini tanlang.
  
  **Saytda qidirish**
  
   
  :   Ma’lum bir saytga joylashtirilgan rasmlarni qidirish uchun **Saytdagi** filtrni tanlang va kerakli manzilni ko‘rsating.
  

- Mobil qurilmadan

  
  **Ko‘p uchraydigan rang**
  
   
  :   Agar muayyan tusdagi obyekt yoki fonni topishni xohlasangiz, rang palitrasi yordamida asosiy rang parametrini tanlang.
  
  **Mahsulotlar**
  
   
  :   Kerakli mahsulotlarni topish uchun ushbu rejimdan foydalaning. Har bir mahsulot rasmi ostida narx va sotib olish mumkin boʻlgan doʻkon veb-sayti haqida maʼlumot beriladi:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Mahsulotlar** filtrini tanlang.
  
  **Fon rasmlari**
  
   
  :   **Fon rasmlari** – bu qurilmangiz bosh ekraniga oʻrnatish mumkin boʻlgan rasmlardir. Fon rasmlarining o‘lchamlari standart ekran aniqlik darajalariga mos keladi.
      
      
      
      Mobil qurilma fon rasmlarini qidirish uchun:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Fon rasmlari** filtrini tanlang.
  
  **Yuzlar**
  
   
  :   Yaqindan olingan yuz rasmlarini qidirish uchun:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Yuzlar** filtrini tanlang.
  
  **GIF**
  
   
  :   GIF formatidagi rasmlarni qidirish uchun:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **GIF** filtrini tanlang.
  
  **Rasmlar**
  
   
  :   Agar grafik obyektlar, masalan, chizilgan rasmlar, eskizlar, sxemalar boʻyash uchun rasmlarni topishingiz talab qilinsa:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Rasmlar** filtrini tanlang.
  
  **Oq fon**
  
   
  :   Bir xil oq fonli obyektlarni qidirish uchun:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Oq fon** filtrini tanlang.
  
  **Yangi**
  
   
  :   Faqat oxirgi haftada kiritilgan rasmlarni topish uchun:
      
      
      1. So‘rovni kiriting va **Topish** tugmasini bosing.
      1. **Yangilari** filtrini tanlang.
      
      
      Qidiruv natijalaridagi rasmlarda ularning necha soat yoki kun oldinyuklangani koʻrsatiladi.
      
      
      
      Agar so‘rovingiz bo‘yicha yangi rasmlar paydo bo‘lmasa, xizmat ularni boshqa qidiruv tizimlarida ko‘rishni taklif qiladi.

{% endlist %}

[Yordam xizmatiga yozish](https://yandex.uz/support/images/uz/troubleshooting.md){.button}

<!-- source: uz/_includes/style-yellow-button.md -->
 
<!-- endsource: uz/_includes/style-yellow-button.md -->
