Parametrlar bo‘yicha qidirish
Kerakli rasmni Yandex Rasmlar bosh ekranida qidirish uchun soʻrovni kiriting va Qidirish tugmasini bosing.
Agar sizga istalgan mavzudagi rasmlar kerak boʻlsa – umumiy soʻrovni, masalan, [alisa moʻjizalar mamlakatida] soʻrovini kiriting. Muayyan rasmlarni topish uchun soʻrovni aniqroq kiriting va filtrlardan foydalaning. Masalan, soʻrovni aniqlashtiring – [alisa moʻjizalar mamlakarida choyxoʻrlik] – va uning uchun Turi “Oq fonli” filtr qiymatini belgilang.
Filtrlar natijalar sahifasida, qidiruv qatorining ostida joylashgan. Agar filtrlar oʻrniga soʻrovni (toifani) aniqlashtirishga oid koʻrsatmalarni koʻrsangiz – qidiruv satridan chap tomondagi belgini bosing.
Sharh
Agar kerakli rasm soʻrov boʻyicha topilmasa, u Internetda mavjud boʻlmasligi mumkin. Qidiruv parametrlarining cheklov darajasini kamaytirish uchun soʻrov shaklini oʻzgartiring. Masalan, soʻrovdan ayrim tafsilotlarni olib tashlang yoki filtrlarni asliga qaytaring.
Filtrlardan qanday foydalaniladi
Tasvir o‘lchami
-
Birlamchi ravishda xizmat istalgan o‘lchamdagi rasmlarni ko‘rsatadi. Ma’lum bir o‘lchamdagi rasmlarni topish uchun:
-
So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
-
Oʻlcham filtri qiymatini sozlang:
Kattalari — o‘lchami 1024 × 768 pikseldan yuqori rasmlar.
O‘rtachalari — o‘lchami 400 × 300 dan 1024 × 768 pikselgacha bo‘lgan rasmlar.
Kichiklari — o‘lchami 400 × 300 pikseldan kichik rasmlar.
Qidiruv natijalaridagi rasmlarda tasvir o‘lchamiga ega belgilar paydo bo‘ladi.
O‘lchamni qo‘lda berishingiz mumkin, buning uchun kerakli qiymatlarni kiriting va OK tugmasini bosing.
-
Joylashuv
-
Rasmlarning o‘zingiz xohlagan nisbatini aniqlang — gorizontal, vertikal yoki kvadrat:
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- Holat filtrining qiymatini sozlang:
Tasvir turi
-
Muayyan turdagi rasmni topish uchun:
-
So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
-
Tur filtrining qiymatini sozlang:
Fotosurat —fotosuratga o‘xshash boshqa tasvir va fotosuratlar. Qidiruv natijalaridagi sxema, xarita va boshqa grafikalarni istisno qilmoqchi bo‘lsangiz, bu filtrdan foydalaning.
Oq fonli – bir xil oq fondagi obyektlar rasmlari.
Rasm va chizmalar — obyekt grafik tasvirlari. Chizilgan rasm, eskiz, sxema, bo‘yoqlarni topishingiz zarur bo‘lsa, bu turdagi rasmni tanlang.
Yuzlar — yuz tasvirini katta planda.
Demotivatorlar — demotivator uslubidagi tasvirlar.
Tur va rang filtrlari kompyuter ko‘rish algoritmlari asosida ishlaydi. Har bir rasm tarkibi uning xarakteristikasini aniqlab beruvchi maxsus algoritmlar tomonidan tahlil qilinadi.
-
Ko‘p uchraydigan rang
- Muayyan rangdagi obyekt yoki fon rasmini topishni xohlasangiz, Rang filtrida asosiy rang parametrini tanlang. Qulaylik uchun tonlar to‘qqizta asosiy rang bo‘yicha guruhlanadi. Shuningdek, faqat rangli yoki faqat oq-qora rasmlarni qidirish mumkin.
Fayl formati
-
Birlamchi ravishda xizmat istalgan formatdagi rasmlarni ko‘rsatadi. Ma’lum bir grafik formatdagi rasmlarni qidirish uchun:
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- Fayl filtrida ommabop formatlardan birini tanlang yoki Har qanday fayl qiymatini qoldiring.
Mahsulotlar
-
Kerakli mahsulotlarni topish uchun ushbu rejimdan foydalaning. Har bir mahsulot rasmi ostida narx va sotib olish mumkin boʻlgan doʻkon veb-sayti haqida maʼlumot beriladi:
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- Mahsulotlar filtrini tanlang.
Yangi
-
Faqat oxirgi haftada kiritilgan rasmlarni topish uchun:
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- Yangilari filtrini tanlang.
Qidiruv natijalaridagi rasmlarda ularning necha soat yoki kun oldinyuklangani koʻrsatiladi.
Agar so‘rovingiz bo‘yicha yangi rasmlar paydo bo‘lmasa, xizmat ularni boshqa qidiruv tizimlarida ko‘rishni taklif qiladi.
Ishchi stoldagi fon rasmlari
-
Fon rasmlari — bu kompyuter ishchi stoliga joylashtirish mumkin bo‘lgan rasmlar. Fon rasmlarining o‘lchami kompyuter ekranining standart aniqlik darajalariga mos keladi.
2560 x 1600 piksel oʻlchamdagi fon rasmlarini qidirish uchun:
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- Fon rasmi 2560x1600 filtrini tanlang.
Saytda qidirish
- Ma’lum bir saytga joylashtirilgan rasmlarni qidirish uchun Saytdagi filtrni tanlang va kerakli manzilni ko‘rsating.
Ko‘p uchraydigan rang
- Agar muayyan tusdagi obyekt yoki fonni topishni xohlasangiz, rang palitrasi yordamida asosiy rang parametrini tanlang.
Mahsulotlar
-
Kerakli mahsulotlarni topish uchun ushbu rejimdan foydalaning. Har bir mahsulot rasmi ostida narx va sotib olish mumkin boʻlgan doʻkon veb-sayti haqida maʼlumot beriladi:
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- Mahsulotlar filtrini tanlang.
Fon rasmlari
-
Fon rasmlari – bu qurilmangiz bosh ekraniga oʻrnatish mumkin boʻlgan rasmlardir. Fon rasmlarining o‘lchamlari standart ekran aniqlik darajalariga mos keladi.
Mobil qurilma fon rasmlarini qidirish uchun:
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- Fon rasmlari filtrini tanlang.
Yuzlar
-
Yaqindan olingan yuz rasmlarini qidirish uchun:
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- Yuzlar filtrini tanlang.
GIF
-
GIF formatidagi rasmlarni qidirish uchun:
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- GIF filtrini tanlang.
Rasmlar
-
Agar grafik obyektlar, masalan, chizilgan rasmlar, eskizlar, sxemalar boʻyash uchun rasmlarni topishingiz talab qilinsa:
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- Rasmlar filtrini tanlang.
Oq fon
-
Bir xil oq fonli obyektlarni qidirish uchun:
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- Oq fon filtrini tanlang.