Savollar va javoblar
- Keraksiz kontentni qanday berkitish mumkin
- Kengaytirilgan qidiruv qanday ochiladi
- Ma’lum bir saytdan rasmlar qanday topiladi
- Bitta rasmning barcha o‘lchamlari qanday ochiladi
- Maksimal o‘lchamdagi rasm qanday saqlanadi
- Qanday qilib rasmdan mahsulot qanday sotib olinadi va u haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin
- Rasmni plagiatdan qanday himoya qilish lozim
- Rasmni qidiruvdan qanday olib tashlash mumkin
- Nima uchun rasm so‘rovga mos kelmayapti
- Qanday qilib rasm ustidan shikoyat qilish mumkin
- Nega rasm Yandex Brauzerda koʻrsatilmayapti
Keraksiz kontentni qanday berkitish mumkin
18+ kontentni quyidagi usullarning biridan foydalanib berkitish mumkin:
- Qidiruvda qidiruv rejimini yoqing.
- Bolalar hisobini yarating.
- Yandex DNS parametrlarini oilaviy rejimda sozlang.
Batafsil maʼlumot bilan 18+ kontentni berkitish boʻlimida tanishing.
Kengaytirilgan qidiruv qanday ochiladi
Kengaytirilgan qidirishga o‘tish uchun qidiruv so‘rovini kiriting va Topish tugmasiga bosing. Qidiruv satri ostida filtrlar paydo boʻladi. Agar filtrlar oʻrniga toifalarni koʻrsangiz – qidiruv satridan chap tomondagi belgini bosing.
Ma’lum bir saytdan rasmlar qanday topiladi
- So‘rovni kiriting va Topish tugmasini bosing.
- Zarur boʻlsa, ekranning yuqori o‘ng qismidagi
tugmasini bosing.
- Saytda filtrini tanlang va ochilgan oynada kerakli sayt manzilini ko‘rsating.
Bitta rasmning barcha o‘lchamlari qanday ochiladi
-
Rasmni ochish uchun qidiruv natijalarida unga bosing. Rasmning o‘ng tomonidagi O‘xshashlar tugmasini bosing.
-
Rasmning boshqa oʻlchamlari blokidagi qidiruv natijalari sahifasida Barcha oʻlchamlarni koʻrsatish tugmasini bosing.
Maksimal o‘lchamdagi rasm qanday saqlanadi
Diqqat
Rasmlar mualliflik huquqi obyekti hisoblanishi va alohida holatlarda undan foydalanish uchun muallif va/yoki mualliflik huquqi egasidan ruxsat olish zarur.
-
Rasmni ochish uchun qidiruv natijalarida unga bosing. Agar oʻlcham filtri oʻrnatilmagan boʻlsa, birlamchi shaklda eng katta oʻlcham koʻrsatiladi. Ochilgan rasmning o‘ng tarafida ochiladigan ro‘yxatda tasvirning boshqa o‘lchamdagi nusxalariga havolalar berilgan bo‘ladi. Yuqori nusxa — har doim eng katta hisoblanadi. Kerakli o‘lcham havolasiga o‘ting.
-
Rasm brauzerning yangi ilovasida (yoki oynasida) ochiladi. Sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va Tasvirni quyidagi sifatida saqlash... menyu bandini tanlang.
Qanday qilib rasmdan mahsulot qanday sotib olinadi va u haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin
Yandex topilgan tasvirlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi, robot avtomatik tarzda indekslanganlari bundan mustasno. Agar topilgan rasm bo‘yicha sizda savollar tug‘ilsa, biror nima sotib olmoqchi yoki tafsilotlarni bilib olmoqchi bo‘lsangiz, rasm joylashtirilgan sayt ma’muriyatiga murojaat qiling (odatda saytda kontakt ma’lumotlari yoki bog‘lanish shakli mavjud bo‘ladi). Rasmda surati berilgan shaxsga sayt ma’muriyati orqali ham murojaat qilish mumkin.
Rasmni plagiatdan qanday himoya qilish lozim
Yandex Rasmlar xizmati internetda bemalol topish mumkin bo‘lgan rasmlar bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradi. Tasvir biror-bir sayt, masalan, ijtimoiy tarmoq sahifasida paydo bo‘lganda, u qidirish tizimlari uchun mavjud bo‘ladi (uni indekslash taqiqlanmagan bo‘lsa).
Yandex shunchaki internet ko‘zgusi vazifasini bajaradi, biz plagiat savollari bo‘yicha surishtiruv olib borish huquqiga ega emasmiz. Rasmingiz boshqa saytlar sahifalariga joylashtirilishini xohlamasangiz, bu saytlar ma’muriyatiga tasvirni o‘chirib tashlash so‘rovi bilan murojaat qiling.
Rasmni qidiruvdan qanday olib tashlash mumkin
Yandex Rasmlar xizmati rasmlarni joylashtirmaydi, balki internetda bemalol topish mumkin bo‘lgan tasvirlar bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradi. Qidiruv natijalarida rasm ko‘rsatilishini xohlamasangiz, rasm joylashtirilgan saytga o‘ting (kursor rasm ustiga olib kelinganda sayt manzili ko‘rsatiladi) va sayt ma’muriyatiga tasvirni o‘chirib tashlash yoki uning indekslanishini taqiqlash so‘rovi bilan murojaat qiling. Rasm saytdan o‘chirib tashlanganidan taxminan ikki-uch haftadan keyin qidiruv natijalaridan yo‘qoladi.
Robot rasm nusxalarini topishi ham mumkin, shu sababli tasvir bitta saytdan o‘chirib tashlangandan keyin ham uni boshqa saytdan topish mumkin bo‘ladi. Boshqa saytlarda rasm nusxasi yo‘qligini tekshiring. Nusxalari bo‘lsa, har bir sayt ma’muriyatiga rasmni o‘chirib tashlash so‘rovi bilan murojaat qiling.
Nima uchun rasm so‘rovga mos kelmayapti
Ayrim hollarda tegishli so‘rov natijalari kam bo‘lishi mumkin. Bunday holatda qidiruv natijalariga so‘rovning faqat bir nechta so‘zlariga mos keladigan rasmlar chiqariladi.
Yandex foydalanuvchi so‘roviga ko‘proq mos keladigan tasvirlarni topadi. Shu bilan birga matn va rasmlarga — tartibga solishning yaqona omili emas, ya’ni topilgan tasvirlar sahifalarida so‘rov so‘zi bo‘lmasligi ham mumkin.
Qanday qilib rasm ustidan shikoyat qilish mumkin
Agar qidiruv natijalari so‘rovingizga mos kelmaydi yoki mumkin bo‘lmagan ma’lumotlarga ega deb hisoblasangiz, bu haqida bizga Shikoyat qilish tugmasi yordamida xabar berishingiz mumkin:
-
Kursorni rasm miniatyurasi ustiga olib keling.
-
Rasm tagida
belgisini bosing
-
Shikoyatning amal qilish doirasini koʻrsating:
- Shu natijaga.
- Butun sahifaga.
-
Shikoyat sababini ko‘rsating:
- So‘rovga mos emaslik.
- Shokka tushiradigan yoki yoqimsiz ma’lumot — nomaqbul tasvirli rasm (masalan, avariyalar qurboni, zo‘ravonlik sahnalari, jismoniy patologiya).
- Pornografiya.
-
Shikoyat qilish tugmasini bosing.
-
Yuqori oʻng tomondagi
→ Shikoyat qilish tugmasini bosing
-
Shikoyatning amal qilish doirasini koʻrsating:
- Shu natijaga.
- Butun sahifaga.
-
Shikoyat qilish tugmasini bosing.
Fikr-mulohaza tekshiruvdan o‘tganidan keyin Yandex Rasmlar qidiruv natijalarini chiqarish sifatini yashilash maqsadida Qidiruvning avtomatik algoritmlari tomonidan hisobga olinadi.
Sharh
Qidiruv natijalaridan 18+ kontentni chiqarib tashlash uchun oilaviy rejimni yoqing.
Nega rasm Yandex Brauzerda koʻrsatilmayapti
Yandex Brauzerda baʼzan qidiruv natijalarida rasmsiz va ishlaydigan havolalarsiz “boʻsh“ rasmlar chiqishi mumkin. Bu odatda antivirus tufayli yuz beradi – u reklamalar bilan birga rasmlarni ham bloklaydi. Buni tekshirish uchun antivirusdagi “Anti-banner” parametrini faolsizlantiring va Yandex Brauzerni qayta ishga tushiring.