Yandex Pay

Yandex Pay sahifasida quyidagilar mumkin:

Bank kartasini ulash

Yandex ID hisobingizga bank kartasini ulang va undan Yandex xizmatlarida mahsulot va xizmatlar uchun tezkor to‘lashda foydalaning. To‘lov paytida siz har safar karta ma’lumotlarini kiritishingiz shart bo‘lmaydi — ular avtomatik ravishda ko‘rsatiladi, sizdan faqat CVC/CVV ko‘rsatish talab etilishi mumkin.

Kelajakdagi to‘lovlarni ko‘rish

Obunalar va kelajakdagi to‘lovlar bo‘limida quyidagilarni kuzatishingiz mumkin:
  • Siz to‘lagan, lekin hali tranzaksiya amalga oshmagan buyurtmalar.
  • Siz Split yordamida rasmiylashtirgan buyurtmalarning to‘lovlar grafigi va summasi.
  • Yandex xizmatlaridagi obunalar uchun to‘lov sanalari va summalari.

To‘lov tarixini ko‘rish

To‘lovlar tarixi bo‘limida siz Yandexda amalga oshirgan oxirgi to‘lovlarni ko‘rishingiz mumkin. Xarajatlarni xizmatlarga qarab oson saralash mumkin, to‘lovlar ichida esa chekni topish yoki xizmatning o‘ziga kirish mumkin.

Jamlangan keshbekni ko‘rish

Dasturda ishtirok etayotgan xizmatlardagi xaridlar uchun pulning bir qismi balansingizga ballar sifatida qaytariladi. Bir ball — bir rubl. Agar Yandex Plus obunangiz bo‘lsa, jamlangan ballarni quyidagi xizmatlarning istalganida sarflashingiz mumkin — masalan, Yandex Taomda jamlangan ballarni Yandex Goda sarflash mumkin.
Yordam xizmatiga yozish

Tekshirish kodi. Internetda to‘lovlarni amalga oshirishda karta egasini qo‘shimcha aniqlashda ishlatiladi. Odatda kartaning orqa tomoniga joylashtiriladi.