Yandexdan kod koʻrsatilgan SMS xabar yoki bildirishnoma kelmadi
SMS kelmayapti
Kod koʻrsatilgan SMS xabar olmagan boʻlsangiz, bosqichma-bosqich ehtimoliy sabablarni istisno qiling:
-
Telefon raqami toʻgʻri kiritilganini tekshiring. Kirish paytida hisobga ulangan asosiy telefon raqamini xalqaro formatda kiritish kerak.
-
Telefoningiz tarmoqqa kirish hududida ekanini tekshiring. Signal darajasi barqaror boʻlishi kerak.
-
Qurilmangizda SMS xabarlarni ochish uchun bitta ilova borligini tekshiring. Agar bir nechta ilova boʻlsa, xabarlar koʻrinmasligi mumkin.
-
Yandex yoki Yandex Taxi yuboruvchilaridan xabarlar spam-filtrga tushib qolmaganini tekshiring. U telefoningiz yoki SIM kartangiz sozlamalarida yoqilgan boʻlishi mumkin.
SIM karta spam-filtrini tekshirish uchun abonent shaxsiy kabinetidagi sozlamalardan foydalaning va mobil aloqa operatoriga murojaat qiling.
Foydali
Agar ehtimoliy sabablarni istisno qilgan boʻlsangiz, biroq kod baribir kelmagan boʻlsa, qurilmangizni oʻchirib-yoqing. Keyin qaytadan kod soʻrang.
Yuboriladigan xabarlar limiti tugadi
Agar tez-tez SMS xabar soʻrovi yuborayotgan boʻlsangiz, telefon raqamiga kodni olish vaqtincha cheklangan boʻlishi mumkin. Yangi soʻrovgacha bir soat kutib turing.
Agar xabarlar telefoningziga anchadan buyon kelmayotgan boʻlsa, tavsiyalardan foydalaning yoki yordam xizmatiga yozing.
Push-bildirishnomalar kelmayapti
Tasdiqlash kodi SMS oʻrniga push-bildirishnomada yuborilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar ilgari siz oʻz hisobingizga kirgan mobil qurilmalardan biriga keladi.
Push-bildirishnoma qurilmamga yuborilyapti, biroq kod kelmayapti
Quyidagilarni tekshiring:
- kamida Yandex ilovalaridan biri oʻrnatilganini tekshiring: «Yandex + Alisa», Pochta, Kalit yoki Brauzer;
- barcha Yandex ilovalari uchun qurilma sozlamalarida bildirishnoma yuborishga ruxsat berilgan.
Kirishni nafaqat bildirishnoma, balki SMS xabar orqali ham tasdiqlash mumkin: taymer tugaguncha kuting, keyin esa Yangi kod olish → SMS tugmasini bosing.
Push-bildirishnoma yuborilayotgan qurilma ishlamayapti
Agar ilgari bildirishnoma kelgan qurilma ishlamayotgan boʻlsa, Yangi kod olish → SMS tugmasini bosing.
Push-bildirishnomalar faqat haqiqiy qurilmalarga kelishi uchun qurilmalar roʻyxatini yangilang:
- Qurilmalar boʻlimida Hamma qurilmada chiqish tugmasini bosing.
- Mobil telefon va kompyuterda qayta avtorizatsiya qiling.
Agar telefon raqamiga kirolmasangiz, raqamni almashtirish boʻyicha koʻrsatmalardan foydalaning.
Tasdiqlash kodi haqiqiy boʻlmagan telefon raqamiga yuborilmoqda
Siz yangi qurilmadan kiryapsiz, shekilli yoki Yandex parolingizni tahrirlshni soʻramoqda
Kerakli hisob bilan kirish saqlangan boshqa qurilmangiz borligini tekshiring va yechim topish uchun quyidagi variantlardan birini tanlang:
Qurilmalardan birida avtorizatsiya mavjud
Siz hisobga avtorizatsiya qilgan qurilma qolgan boʻlsa, Yandex ID hisobidagi raqamni almashtiring: Telefonlar boʻlimida asosi telefon raqami qarshisidagi ⋮ → Yangisiga almashtirish tugmasini bosing
Almashtirish bajarilayotganda hisobga raqamni tasdiqlash zaruratisiz boshqa usullar bilan hisobga kirishingiz mumkin. Batafsil: Parolsiz kirish boʻlimida.
Qurilmalardan birortasida ham avtorizatsiya yoʻq
Kirishni tiklash uchun anketani toʻldiring. Hisob sizniki ekaniga ishonch hosil qilish uchun algoritm javoblaringizni registratsiya paytida siz kiritgan maʼlumotlar bilan solishtiradi – ularni maksimal aniqlikda kiritishga harakat qiling.
Anketani toʻldirgandan keyin javob kelmasa, bizga shakl orqali yozing:
Yordam xizmatiga yozish
Yuqoridagi tavsiyalar yordam bermasa, shaklni toʻldiring: