Nazorat savoliga javobni eslay olmayman

Nazorat savoli siz hisobni o‘chirmoqchi bo‘lganda yoki hisobingizga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lganda va boshqa tiklash usullari bo‘lmaganida kerak bo‘ladi.

Agar hisobingizga kira olsangiz

Nazorat savolini o‘zgartirish sahifasida tekshirish orqali javobni eslashga urining.

Javobni bexato kiritganingizga ishonch hosil qiling:

  • Klaviatura tartibini tekshiring.
  • Agar transliteratsiyadan foydalangan boʻlsangiz, turli xil variantlarni sinab koʻring, masalan «shematichniy» va «skhematichny».
  • Agar sana yoki telefon raqamini javob sifatida ishlatgan bo‘lsangiz, KKOOYY va KKOOYYYY kabi turli xil yozish formatlarini sinab ko‘ring.

Nazorat savoliga javob berishga bir necha muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin Yandex sizga yordam xizmatiga murojaat qilishingizni so‘raydi.

Agar hisobingizga kira olmasangiz

Kirish huquqini tiklash sahifasiga o‘ting, rasmdagi loginingiz va belgilarni kiriting. Keyingisi tugmasi bosilganida Yandex sizga nazorat savoliga javob berishni taklif qiladi.

Javobni bexato kiritganingizga ishonch hosil qiling:

  • Klaviatura tartibini tekshiring.
  • Agar transliteratsiyadan foydalangan boʻlsangiz, turli xil variantlarni sinab koʻring, masalan «shematichniy» va «skhematichny».
  • Agar sana yoki telefon raqamini javob sifatida ishlatgan bo‘lsangiz, KKOOYY va KKOOYYYY kabi turli xil yozish formatlarini sinab ko‘ring.

Agar javobni kiritish imkoni bo‘lmasa, nazorat savoli shaklining o‘ng tomonidagi Tiklay olmayapsizmi? havolasiga kiring.

Yordam xizmatiga yozish