Parolni eslay olmayapman
Agar Yandex hisobingizga kirish parolini unutgan bo‘lsangiz, uni qayta tiklashga harakat qiling. Buning uchun Kirish huquqini tiklash sahifasidagi ko‘rsatmalarni bajaring.
Agar hisobingizga telefon raqami yoki pochta manzilini biriktirgan bo‘lsangiz, tasdiqlash kodini olish uchun uni kiritishingiz talab qilinadi. Agar pochta manzili yoki raqamning xatoligi haqidagi xabarni ko‘rsangiz, ularni xato kiritmaganingizni tekshiring. Agar bexato kiritilgan raqam baribir mos kelmasa, hisobingizga yana qanday elektron manzillar yoki raqamlarni biriktirganingizni eslab koʻring.
Agar hisobingizga telefon raqami yoki elektron pochta manzilini biriktirmagan bo‘lsangiz, nazorat savoliga javob berishingiz talab qilinadi. Javobni bir martada xatosiz kirita olmasligingiz mumkin — boshqa yozish variantlari va klaviatura sxemasini sinab ko‘ring.
Domen uchun pochta parolini eslay olmayman
Agar pochta manzilingiz ya.ru
, yandex.ru
, yandex.byyandex.by
, yandex.com
, yandex.com.tr
, yandex.kz
va yandex.uz
domenidan tashqari domen bilan tugasa, hisobingiz Domen uchun Pochta yordamida yaratilgan hisoblanadi. Qoidalarga binoan, hisobga odatdagidek tasdiqlash kodini qabul qilish yoki nazorat savoliga javob berish orqali kirishni tiklashingiz mumkin.
Ammo domen administratori foydalanuvchilarga parollarni o‘zgartirishni taqiqlashi mumkin. Bunday holatda Yandex sizga kirishni tiklashga yordam bera olmaydi — parolni o‘zgartirish yoki eslatishni faqat administrator amalga oshirishi mumkin. Katta ehtimol bilan administratorga pochta manzilini registratsiya qilgan sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin.