Login yoki email manzilini eslay olmayapman

Loginingizni mustaqil ravishda eslashga urinib ko‘rishingiz mumkin:

  • Kirishni tiklash sahifasiga kiring. Agar hisobingizga yaqin orada xuddi shu kompyuter va brauzerdan kirgan bo‘lsangiz, Login yoki email maydonchasida sizning login ko‘rsatilgan ishora chiqadi.

  • Agar hisobga ulangan telefon raqamini, shuningdek, ism va familiyani bilsangiz, Loginni tiklash sahifasini oching. Kerakli login sahifada ko‘rinmayotganiga ishonch hosil qiling, so‘ngra Ro‘yxatda kerakli login mavjud emas bandini tanlang va raqamni kiriting. Yandex sizga keyingi sahifada kiritishingiz lozim bo‘lgan tasdiqlash kodi yozilgan SMS yuboradi.

    Shundan so‘ng, hisobning shaxsiy ma’lumotlarida ko‘rsatilgan ism va familiyani kiritishingiz kerak bo‘ladi. Agar ushbu telefon raqami, ism va familiyasi mavjud hisoblar topilsa, Yandex ularning ro‘yxatini aks ettiradi. Aks holda, loginni eslashning boshqa usullarini sinab ko‘ring.

  • Agar siz ushbu manzildan do‘stlaringiz, oila a’zolaringiz yoki hamkasblaringiz bilan yozishgan bo‘lsangiz, ular bilan, masalan, ijtimoiy tarmoqlar orqali ulanishga harakat qiling. Ehtimol, ular sizning manzilingizni eslashar yoki o‘z pochta qutilarida xatlaringizni topishar va sizga qaysi manzildan yuborilganini xabar berishlari mumkin.

Siz hisobingiz haqida biror narsani eslasangiz, Yordam xizmati loginingizni topishi mumkin:

Agar login esingizda boʻlib, lekin parolni unutgan boʻlsangiz yoki hisobingizga kirganda «Notoʻgʻri login-parol juftligi! Kirish imkonsiz» degan xabarni olsangiz, unda bizning tavsiyalardan foydalaning.

Agar yuqoridagi tavsiyalar yordam bermasa

Quyidagi shakl yordamida Yandex yordam xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Loginingizni registratsiyada familiyangiz va tug‘ilgan kuningizni ko‘rsatgan bo‘lsangiz, shuningdek, hisobga telefon yoki qo‘shimcha email manzilini ulagan bo‘lsangizgina topa olamiz. Afsuski, biz sizning loginingizni topamiz deb kafolat bera olmaymiz.

Yordam xizmatiga yozish