Parolni mustaqil ravishda tiklay olmayapman

Kirish huquqini tiklash sahifasida barchasini aniq bajarayotganingizga ishonch hosil qiling:

  • Agar pochta manzili yoki raqamning xatoligi haqidagi xabarni ko‘rsangiz, ularni xato kiritmaganingizni tekshiring. Agar xatosiz kiritilgan raqam baribir mos kelmasa, hisobingizga yana qanday manzil yoki raqamlarni biriktirganingizni eslashga harakat qiling.

  • Agar nazorat savoliga javobni birinchi urinishda bexato kirita olmasangiz, uni boshqa usulda kiritishga harakat qiling yoki boshqa klaviatura sxemasidan foydalaning.

Sharh

Telefon raqamiga oid ko‘p yuz beradigan muammolarning yechimini Telefon raqamiga oid muammolar sahifasidan topish mumkin.

Yordam xizmati orqali kirishni qayta tiklash

Agar kirishni qayta tiklashni mustaqil ravishda amalga oshirish imkoni bo‘lmasa, kirishni qayta tiklash uchun anketani to‘ldiring.

Anketani imkon qadar siz odatda Yandexga kirib yurgan qurilmangizda (kompyuter, telefon yoki planshet) to‘ldiring. Shuningdek, anketani umumiy Wi-Fi tarmoqdan emas, siz odatda Internetga kiradigan joyda, masalan, uyda to‘ldirishingiz tavsiya etiladi.

Anketada registratsiya qilish paytida yoki hisob sozlamalarida ko‘rsatgan shaxsiy ma’lumotlaringizni kiriting. Esingizda boricha yozing, aniq matnni eslab o‘tirish shart emas.

Yordam xizmatiga yozish