---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.5
alternate:
  - https://yandex.uz/support/id/ru/troubleshooting/blocked.md
  - https://yandex.uz/support/id/uz/troubleshooting/blocked.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/id/uz/llms.txt


# Hisob bloklangan

Hisob bilan kirish paytida bloklash haqidagi xabar paydo boʻlsa, mos turdagi hisob uchun tavsiyalardan foydalaning:

- [Yandex hisobi](https://yandex.uz/support/id/uz/troubleshooting/blocked.md#yandex-mail) – agar toʻliq registratsiyadan oʻtib, hisobingiz uchun alohida login va parol yaratgan boʻlsangiz. Bunda email manzili `sizninghisobingiz@yandex.ru` (yoki `ya.ru`, `yandex.com` va boshqa) koʻrinishga ega boʻladi.

- [Korporativ pochtaga ega hisob](https://yandex.uz/support/id/uz/troubleshooting/blocked.md#yandex360-mail) – [hisobni biznes uchun Yandex 360 ilovasida tashkilot administratori yaratadi](https://yandex.ru/support/business/add-users.html). Yandexdagi hisobingiz pochta manzilida `@` belgisidan keyin tashkilotingiz nomi turadi.

- [Oʻz pochtasiga ega hisob](https://yandex.uz/support/id/uz/troubleshooting/blocked.md#other-mail) – agar soddalashtirilgan registratsiyadan foydalangan va boshqa xizmatdagi (Mail.ru, Rambler, Gmail va boshqa) pochtangizni loginga kiritgan boʻlsangiz. Bunday hisob haqida batafsil [Har qanday pochta bilan registratsiya](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/lite.md) boʻlimida tanishing.

## yandex.ru pochtasiga ega hisob bloklangan {#yandex-mail}

Hisobni tiklashga yoki oʻchirishga urinish paytida bloklab qoʻygan boʻlishingiz mumkin.

- **Kirishni tiklash paytida**

  Emailni tekshiring — u yerda Yandex yordam xizmatidan ruxsatni tiklash havolasiga ega xat bo‘lishi kerak. Agar xat kiruvchilar jildida boʻlmasa, u “Spam” jildiga tushgan boʻlishi mumkin.

  Hisobni blokdan chiqarish uchun xatdagi havolaga kiring. Havolaning amal qilish muddati tugagan boʻlsa, bu haqida javob xatida yozing.

- **Hisobni oʻchirish paytida**

  Hisobni oʻchirayotganingizda u 30 kunga muzlatiladi. Bu vaqt mobaynida hisobni tiklash mumkin.

  Agar tavsiyalar yordam bermagan boʻlsa, [yordam xizmatiga yozing](https://yandex.uz/support/id/uz/troubleshooting/blocked.md#feedback).

## Korporativ pochtaga ega hisob bloklangan {#yandex360-mail}

Korporativ pochtaga ega hisob domen administratori tomonidan yaratiladi va boshqariladi. Agar bloklash haqidagi xabarni koʻrsangiz, hisob administrator tomonidan bloklangan – sizga aynan u kirish uchun login va parol bergan.

Hisobni bloklash sababini bilish va uni blokdan chiqarish uchun administrator bilan aloqaga chiqing. Blokdan chiqarish uchun u [Biznes uchun Yandex 360](https://admin.yandex.ru/) sahifasida oʻzi domenni yoqqan login yordamida avtorizatsiya qilishi kerak.

HIsoblarni boshqarish haqida batafsil maʼlumot uchun [Xodimlar, boʻlinmalar va guruhlar](https://yandex.ru/support/business/accounts.html) boʻlimiga qarang. Xuddi shu sahifada yordam xizmatiga murojaat uchun shaklni topish mumkin.

## Oʻz pochtasiga ega hisob bloklangan {#other-mail}



Hisob kirishni tiklash paytida bloklangan boʻlishi mumkin.

Emailni tekshiring — u yerda Yandex yordam xizmatidan ruxsatni tiklash havolasiga ega xat bo‘lishi kerak. Agar xat kiruvchilar jildida boʻlmasa, u “Spam” jildiga tushgan boʻlishi mumkin.

Hisobni blokdan chiqarish uchun xatdagi havolaga kiring. Havolaning amal qilish muddati tugagan boʻlsa, bu haqida javob xatida yozing.


Agar tavsiyalar yordam bermagan boʻlsa, [yordam xizmatiga yozing](https://yandex.uz/support/id/uz/troubleshooting/blocked.md#feedback).

## Yordam xizmatiga yozish {#feedback}

Agar taklif qilingan tavsiyalar yordam bermagan yoki sizda boshqa savollar yuzaga kelgan boʻlsa, yordam xizmatiga yozing.

<div style="padding: 15px;
     margin: 10px 0;
     background: #FFFFFF;
     border-radius: 10px;
     border: 1px solid var(--yc-color-line-generic);">
  <iframe style="background: #FFFFFF;"
        height="700"
        width="100%"
        frameborder="0"
        src="https://forms.yandex.ru/surveys/1606/?&iframe=1&lang=uz">
  </iframe>
</div>

