Kirish huquqini tiklash
Siz tasdiqlangan telefon raqami, pochta manzili yoki nazorat savoliga javob yordamida o‘z hisobingizga kirishni mustaqil tiklashingiz mumkin. Boshlash uchun kirishni tiklash sahifasidagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
Agar biror sababga binoan kirishni mustaqil ravishda qayta tiklash imkoni bo‘lmasa, sizga qayta tiklash anketasi yordam beradi.
Anketa yordamida kirishni qayta tiklash
Maslahat
Imkon qadar anketani siz odatda Yandexga kirib yurgan kompyuterda (telefon yoki planshet) toʻldiring. Qayta tiklashda Yandex yangi IP-manzillar va kompyuterlarga ishonmaslikka harakat qiladi, shuning uchun buzib kiruvchilarga hisobingizga kirish qiyinlashadi.
1-bosqich. Anketani toʻldiring
- Kirishni tiklash anketasini oching, tiklanayotgan hisob loginini va rasmdagi belgilarni kiriting. To‘g‘ri yozilgan loginni eslashga bizning tavsiyalar yordam beradi.
- Kontakt email manzilini va tiklanayotgan hisob maʼlumotlarini kiriting. Siz kiritgan barcha maʼlumotlar avtomatik ravishda tekshiriladi, shuning uchun maydonchalarni imkon qadar aniq toʻldirishga harakat qiling: agar transliteratsiyada foydalangan boʻlsangiz, xuddi shu e/ё harflari bilan va hokazo. Agar eski parolingizni yoki ism va familiyani aniq yozilishini eslashingizga amin boʻlmasangiz, boricha yozing yoki boshqa variantlar kiriting (buning uchun katak yonidagi + tugmasini bosing).
2-bosqich. Tiklashni tasdiqlang
Agar maʼlumotlar tekshiruvdan muvaffaqiyatli oʻtsa, uch kundan keyin siz anketada kiritgan kontakt email manziliga tiklash boʻyicha koʻrsatmalar berilgan xabar keladi.
Shuningdek, tiklanayotgan hisob email manziliga xat hamda unga ulangan telefon raqamiga SMS-xabar yuboramiz.
- Agar tiklanayotgan hisobga kirolmasangiz, masalan, boshqa qurilmadan kirilgan boʻlsa, xabarni bosib, Bu men tugmasini bosing. Siz anketada koʻrsatgan kontakt email manziliga shu zahoti tiklash boʻyicha koʻrsatmalar berilgan xat keladi.
- Tiklanayotgan hisobga kirolmasangiz, xavfsizlik maqsadida jarayonni tezlatish imkonsiz.
- Agar hisobni tiklash jarayonini boshqa kimdir boshlagan boʻlsa yoki siz kirishga ruxsatni mustaqil tiklay olsangiz, telefondagi xatda yoki telefondagi SMS xabarda Bu men emas tugmasini bosing.
Ayrim holatlarda qo‘shimcha tekshiruv talab etilishi mumkin va anketangiz yordam xizmatiga yuboriladi. Sizdan qoʻshimcha axborot taqdim etish yoki pasport, haydovchilik guvohnomasi yoki xorijga chiqish pasporti bilan surat ilova qilish soʻralishi mumkin. Hech kim hujjatingizni oʻgʻirlab, hisobingizga kira olmasligi uchun sizdan hujjat bilan suratga tushishingizni soʻraymiz.
Surat uchun talablar
Suratda quyidagilar aniq ko‘rinishi lozim
Nega hujjatlar bila suratga tushish majburiy?
-
Biz aynan hisob egasiga yordam berayotganimizga ishonch hosil qilishimiz lozim. Buning uchun:
- Biz hujjatdagi ism va familiyani Yandex hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan solishtiramiz — ular mos kelishi lozim.
- Sizning suratdagi yuzingizni hujjatdagi surat bilan solishtiramiz.
Hujjat raqami va seriyasi nimaga kerak?
- Hujjatning raqami va seriyasini bilish hujjatning haqiqiy ekanini – muddati oʻtmagani va yoʻqotilmaganiga ishonch hosil qilish uchun kerak.
Fotosurat uchun qanday hujjat mos keladi?
-
- Fuqarolik pasporti
- Xorijga chiqish pasporti
- Harbiy bilet
- Haydovchilik guvohnomasi
Quyidagilar mos kelmaydi: talabalik guvohnomasi, ishga kirish ruxsatnomasi, harbiy chaqiriq guvohnomasi, ov guvohnomasi, xizmat guvohnomasi va boshqalar.
Fotorsuratga olish imkoni boʻlmasa nima qilishim mumkin?
-
Tanishlaringizning birortasidan sizga yordam berishini soʻrang yoki oynaga qarab suratga tushing.
Agar fotosurat oynada aks ettirilgan bo‘lsa, uni grafik muharrir yordamida aylantiring.