---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.5
alternate:
  - https://yandex.uz/support/id/ru/subs.md
  - https://yandex.uz/support/id/uz/subs.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/id/uz/llms.txt

# Xizmatlar bildirishnomalari

Yandex xizmatlari bildirishnomalar yuborishi – email manziliga xat, push-bildirishnomalar va SMS, shuningdek, chaqiruvlarni amalga oshirishi mumkin.

Bildirishnomalarni boshqarish uchun **Maʼlumotlarni boshqarish** boʻlimidagi [Maʼlumotlar](https://id.yandex.uz/personal#data-management) sahifasida **Roziliklarni boshqarish** bandini tanlang. Bu sahifada quyidagilar mumkin:

- [aloqa usullarini](#how-to-contact) tanlash va aynan qaysi qurilmalarga push-bildirishnomalar kelishini koʻrish;
- muayyan xizmatning [bildirishnomalarini olish uchun rozilikni](#subscribe-options) sozlash.

## Aloqa usullari {#how-to-contact}

Bu boʻlimda qulay aloqa usulini tanlashingiz mumkin.

**Email**

 
:   Agar hisobga Yandexdagi email manzili ulangan boʻlsa, u birlamchi tarzda tanlanadi. Agar hisobda tiklash uchun bitta yoki bir nechta email manzili boʻlsa, ulardan birini tanlash mumkin. Xizmatlardan axborot tarqatmalari unga keladi.

**Telefon**

 
:   Agar Yandex ID hisobida ilgari telefon raqamini kiritgan boʻlsangiz, u birlamchi tarzda boʻlimda aks etadi. Agar hisobga telefon raqami ulanmagan boʻlsa, uni qoʻshish mumkin. Chaqiruv va SMS xabarlar unga keladi.
    
    
    {% note warning %}
    
    Bitta yoki barcha xizmatlardan barcha chaqiruvlarni faolsizlantirish mumkin emas.
    
    {% endnote %}

**Qurilmalar**

 
:   Bu yerda push-bildishnomalar kelishi mumkin boʻlgan qurilmalar aks etadi.


## Muayyan xizmat uchun bildirishnomalarni sozlash {#subscribe-options}

**Xizmatlar** boʻlimida Yandex ID shaxsiy kabinetida bildirishnomalarini boshqarish mumkin boʻlgan xizmatlar roʻyxati berilgan. Roʻyxatdan keraklisizni tanlab, bildirishnomalarni yoqing yoki faolsizlantiring. Ayni paytda faqat yozma bildirishnomalarni sozlash mumkin.

Aloqa usuli boʻyicha xizmatlarni saralash uchun filtrlardan – roʻyxat ustidagi tugmalardan foydalaning.


## Muammolarni hal qilish {#problems}


{% cut "Menga bildirishnomalar kelmayapti" %}


Hisobga telefon raqami yoki email manzili ulanganiga, push-bildirishnoma olish uchun qurilma esa [Qurilmalar roʻyxatida](https://id.yandex.uz/security#devices) borligiga ishonch hosil qiling.


{% endcut %}

{% cut "Bildirishnomalar faolsizlantirilgach, xizmat ularni yuborishda davom etmoqda" %}


Boshqa hisob uchun bildirishnomalar kelyapti, shekilli. Agar kerakli loginni eslolmasangiz, [Axborot](https://yandex.uz/support/id/uz/troubleshooting/forgot-login-email.md) boʻlimidagi hisob qidiruvi boʻyicha koʻrsatmalardan foydalaning.


{% endcut %}

{% cut "Kerakli xizmat sozlamalari yetishmayapti" %}


Biz yangi xizmatlarni qoʻshish ustida ishlayapmiz. Savolingiz boʻlsa, [Kerakli xizmat axboroti](https://yandex.uz/support) boʻlimida javob qidirishga urining.


{% endcut %}

{% cut "Telefon raqamimi oʻzgardi" %}


Telefon raqamini [Telefonlar](https://id.yandex.uz/security/phones) boʻlimida almashtirish mumkin. Agar eski raqamdan foydalanolmasangiz, oʻzgarishlar darrov amalga oshmaydi. Almashtirish haqida batafsil [Telefon raqamlarini ulash](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone.md) boʻlimida tanishish mumkin.


{% endcut %}


<div class="cut-button">

{% cut "Yordam xizmatiga yozish" %}

<div style="padding: 15px;
     margin: 10px 0;
     background: #FFFFFF;
     border-radius: 10px;
     border: 1px solid var(--yc-color-line-generic);">
  <iframe style="background: #FFFFFF;"
        height="700"
        width="100%"
        frameborder="0"
        src="https://forms.yandex.ru/surveys/13490958.3f95a501cab2fdebffdc9331dcd140fbe975761e/?&iframe=1&lang=uz">
  </iframe>
</div>

{% endcut %}

</div>

<!-- source: uz/_includes/style-forms.md -->

<!-- endsource: uz/_includes/style-forms.md -->
