Xizmatlar bildirishnomalari
Yandex xizmatlari bildirishnomalar yuborishi – email manziliga xat, push-bildirishnomalar va SMS, shuningdek, chaqiruvlarni amalga oshirishi mumkin.
Bildirishnomalarni boshqarish uchun Maʼlumotlarni boshqarish boʻlimidagi Maʼlumotlar sahifasida Roziliklarni boshqarish bandini tanlang. Bu sahifada quyidagilar mumkin:
- aloqa usullarini tanlash va aynan qaysi qurilmalarga push-bildirishnomalar kelishini koʻrish;
- muayyan xizmatning bildirishnomalarini olish uchun rozilikni sozlash.
Aloqa usullari
Bu boʻlimda qulay aloqa usulini tanlashingiz mumkin.
- Agar hisobga Yandexdagi email manzili ulangan boʻlsa, u birlamchi tarzda tanlanadi. Agar hisobda tiklash uchun bitta yoki bir nechta email manzili boʻlsa, ulardan birini tanlash mumkin. Xizmatlardan axborot tarqatmalari unga keladi.
Telefon
-
Agar Yandex ID hisobida ilgari telefon raqamini kiritgan boʻlsangiz, u birlamchi tarzda boʻlimda aks etadi. Agar hisobga telefon raqami ulanmagan boʻlsa, uni qoʻshish mumkin. Chaqiruv va SMS xabarlar unga keladi.
Bu muhim
Bitta yoki barcha xizmatlardan barcha chaqiruvlarni faolsizlantirish mumkin emas.
Qurilmalar
- Bu yerda push-bildishnomalar kelishi mumkin boʻlgan qurilmalar aks etadi.
Muayyan xizmat uchun bildirishnomalarni sozlash
Xizmatlar boʻlimida Yandex ID shaxsiy kabinetida bildirishnomalarini boshqarish mumkin boʻlgan xizmatlar roʻyxati berilgan. Roʻyxatdan keraklisizni tanlab, bildirishnomalarni yoqing yoki faolsizlantiring. Ayni paytda faqat yozma bildirishnomalarni sozlash mumkin.
Aloqa usuli boʻyicha xizmatlarni saralash uchun filtrlardan – roʻyxat ustidagi tugmalardan foydalaning.
Muammolarni hal qilish
Menga bildirishnomalar kelmayapti
Hisobga telefon raqami yoki email manzili ulanganiga, push-bildirishnoma olish uchun qurilma esa Qurilmalar roʻyxatida borligiga ishonch hosil qiling.
Bildirishnomalar faolsizlantirilgach, xizmat ularni yuborishda davom etmoqda
Boshqa hisob uchun bildirishnomalar kelyapti, shekilli. Agar kerakli loginni eslolmasangiz, Axborot boʻlimidagi hisob qidiruvi boʻyicha koʻrsatmalardan foydalaning.
Kerakli xizmat sozlamalari yetishmayapti
Biz yangi xizmatlarni qoʻshish ustida ishlayapmiz. Savolingiz boʻlsa, Kerakli xizmat axboroti boʻlimida javob qidirishga urining.
Telefon raqamimi oʻzgardi
Telefon raqamini Telefonlar boʻlimida almashtirish mumkin. Agar eski raqamdan foydalanolmasangiz, oʻzgarishlar darrov amalga oshmaydi. Almashtirish haqida batafsil Telefon raqamlarini ulash boʻlimida tanishish mumkin.