Xavfsizlik standarti

ISO/IEC 27001 xavfsizlik standartiga muvofiqlik

Yandex ID maʼlumotlari xavfsizligini boshqarish tizimi ISO/IEC 27001:2013 xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻldi.

Bu kompaniyada eng yaxshi amaliyot qabul qilinganini, axborot xavfsizligini boshqarish tizimi esa ishonchga loyiqligini tasdiqlaydi.

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) bu – mustaqil nohukumat tashkilot va tavsiyaviy xalqaro standartlarni ishlab chiquvchi dunyodagi eng yirik tashkilotdir. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) elektr, elektron va turdosh texnologiyalar uchun xalqaro standartlarni tayyorlash va nashr etish bo‘yicha jahonda yetakchi tashkilot hisoblanadi.

ISO/IEC 27001 bu – ochiq boshqaruv nazorati ostida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan axborot xavfsizligini boshqarish tizimini (AXBT) rasmiy ravishda belgilaydigan xavfsizlik standartidir. Rasmiy spetsifikatsiya sifatida u axborot xavfsizligini boshqarish tizimini (AXBT) joriy etish, nazorat qilish, dastaklash va uzluksiz takomillashtirish tartibini taʼkidlovchi talablarni belgilaydi.

AICPA SOC 2 xavfsizlik standartlariga muvofiqlik

SOC 2 – Oliy maʼlumotli yoqlovchi buxgalterlarning Amerika instituti (AICPA) tomonidan ishlab chiqilgan xavfsizlik standarti sanaladi. U foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi AT-kompaniyalarda kiberxavfsizlik xavfini boshqarish bo‘yicha nazorat tartib-qoidalarini mustaqil baholash imkonini beradi. Standartda maʼlumotlarning maxfiyligi va oshkor etilmasligiga alohida eʼtibor qaratadi.

Yandex ID hisobining bu standartga muvofiqligi haqidagi ochiq hisobot shakli bilan tanishishingiz mumkin – SOC 3 – 2020-yil, 2021-yil va 2022-yil uchun.

Yordam xizmatiga yozish