---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.5
alternate:
  - https://yandex.uz/support/id/ru/security/login-challenge.md
  - https://yandex.uz/support/id/uz/security/login-challenge.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/id/uz/llms.txt

# Kirishda tekshirish

## Siz boshqa qurilmadan kiryapsiz {#different-device}

Yangi yoki begona qurilmadan kirsangiz, Yandex bu kirishni shubhali deb topishi mumkin. Biz qo‘shimcha tekshiruvlarning biridan o‘tishni so‘raymiz:

- Yandex ID hisobingizga biriktirilgan [asosiy raqamga](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone.md) SMS yuboramiz yoki telefon qilamiz. SMS-kodni yoki kiruvchi chaqiruvdagi oxirgi to‘rtta raqamni kiriting.
- Nazorat savoliga javob berishni so‘raymiz.
- [Qo‘shimcha pochta manziliga](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/email.md) tasdiqlash kodi yozilgan xatni yuboramiz.

Qo‘shimcha tekshiruvlar hisobning maksimal xavfsizligini ta’minlash uchun Yandex algoritmlari tomonidan shunday tanlab olinadi.

Agar asosiy raqamdan hozir foydalanish imkoni bo‘lmasa, [yordam xizmatiga yozing](https://forms.yandex.ru/surveys/1741) yoki [kirishni mustaqil tiklashga](https://passport.yandex.uz/restoration/form) urining.


## Telefon raqami orqali kirishni tasdiqlash {#phone-confirm}

Agar hisob sozlamalaringizda telefon raqami yordamida kirish yoqilgan bo‘lsa, kirishga urinish bo‘lganda biz Yandex IDga ulangan [asosiy raqamga](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone.md) SMS xabar yuboramiz yoki telefon qilamiz. SMS-kodni yoki kiruvchi chaqiruvdagi oxirgi to‘rtta raqamni kiriting.

### Qanday yoqiladi {#on}

1. [Xavfsizlik](https://id.yandex.ru/security) sahifasini oching.
1. **Kirish usuli** boʻlimida **Parol + SMS** variantini yoqing.
    
1. Amalni tasdiqlang — SMS orqali kelgan kodni kiriting.

### Qanday o‘chiriladi {#off}

1. <!-- source: uz/_includes/security/login-challenge/id-phone-confirm/li-account.md -->
   [Xavfsizlik](https://id.yandex.ru/security) yorligʻini oching.
   <!-- endsource: uz/_includes/security/login-challenge/id-phone-confirm/li-account.md -->
    
1. **Kirish usuli** bo‘limida mos parametrni tanlang.
1. <!-- source: uz/_includes/security/login-challenge/id-phone-confirm/li-confirm-sms.md -->
   Amalni tasdiqlang – SMS orqali kelgan kodni kiriting.
   <!-- endsource: uz/_includes/security/login-challenge/id-phone-confirm/li-confirm-sms.md -->

Agar asosiy raqamdan hozir foydalanish imkoni bo‘lmasa, [yordam xizmatiga yozing](https://yandex.uz/support/id/uz/feedback.md) yoki [kirishni mustaqil tiklashga](https://passport.yandex.uz/restoration/form) urining.


## Siz noodatiy joydan kiryapsiz {#different-place}

Noodatiy joydan kirsangiz yoki harakatlaringiz robotning harakatiga o‘xshasa, Yandex kirishga urinishni shubhali deb hisoblashi mumkin. Biz qo‘shimcha tekshiruvlarning biridan o‘tishni so‘raymiz:

- Yandex ID hisobingizga biriktirilgan [asosiy raqamga](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone.md) SMS yuboramiz yoki telefon qilamiz. SMS-kodni yoki kiruvchi chaqiruvdagi oxirgi to‘rtta raqamni kiriting.
- Nazorat savoliga javob berishni so‘raymiz.
- [Qo‘shimcha pochta manziliga](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/email.md) tasdiqlash kodi yozilgan xatni yuboramiz.

Qo‘shimcha tekshiruvlar hisobning maksimal xavfsizligini ta’minlash uchun Yandex algoritmlari tomonidan shunday tanlab olinadi. Ma’lumotlaringizdan xabari bo‘lmagan firibgar hisobingizga kirolmaydi, Yandex esa har bir shubhali kirishga urinish haqida har ehtimolga qarshi sizga [ogohlantirish](https://yandex.uz/support/id/uz/messages.md#suspicious-login-attempt) yuboradi.

Agar hisobga kirishni qayta tiklash imkoni bo‘lmasa, yordam xizmatiga yozing.


## Kirish vaqtida tekshiruvdan o‘tolmayapman {#problem-login}

**Nazorat savoliga javobni eslay olmayman**

 
:   Agar javobni eslay olmasangiz, [nazorat savolini o‘zgartirishga](https://passport.yandex.uz/restoration/changehint) urining.

**Menda ishlamaydigan telefon raqami biriktirilgan**

 
:   Telefon raqamini almashtirish yoki o‘chirish uchun [shaklni](https://forms.yandex.ru/surveys/1741) to‘ldiring.

**Mening savollarim bor**

 
:   Agar hisobga kirishni qayta tiklash imkoni bo‘lmasa, [yordam xizmatiga](https://yandex.uz/support/id/uz/feedback.md) yozing.

