Yandex nega parolimni o‘zgartirishni so‘raydi
Hisobingizga buzib kirilgan yoki parolingiz ochiq manbalarda oshkor etilgan. Hisobingizni buzib kirishdan himoyalash uchun parolni o‘zgartirish lozim.
Hisob bloklanganida asosiy parol ishlamay qoladi va ilovalar parollaridan ham foydalana olmaysiz. Undan tashqari, siz ma’lumotlaringizdan foydalanishga ruxsat bergan barcha saytlar, dasturlar va mobil ilovalar faolsizlantiriladi. Shu tariqa, siz va hisobingizga buzib kirgan shaxs Yandex veb-xizmatlari va boshqa biror ilova orqali hisobingizga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lasiz.
Sharh
Hisobingizga buzib kirish nimaga kerakligini va firibgar shaxs parolingizni qanday qilib bilib olgani haqida Hisobingizni himoya qilish bo‘limida o‘qishingiz mumkin.
Shubhali harakatlar
Yandex avtomatik ravishda hisobingiz faolligini tekshiradi: pochtangizdan yuboriladigan xatlar spam emasmi, tizimga kirish shubhali emasmi va hokazolar yordamida.
Agar qandaydir harakatlarni siz amalga oshirmaganingiz aniq bilinsa (masalan, o‘z hisobingizga bir soat farq bilan Vladivostok va Moskvadan kirishingiz), hisob avtomatik ravishda bloklanadi. Uni blokdan yechish uchun parolni almashtirish lozim.
Parol ochiq manbalarda oshkor etilgan
Tekshirish uchun Yandex doimiy to‘ldirib boriladigan parollar bazasidan foydalanadi. Unda tasodifan ochiq manbalarga tushib qolgan parollar mavjud – bunday holatlar, masalan kompyuterga virus tushsa yoki bitta paroldan bir necha saytlarda foydalanilsa yuz berishi mumkin.
Agar Yandex parolingizni ochiq manbalardan topsa, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Yandex ID bloklanadi. Unga faqatgina parolni o‘zgartirgandan keyin kirishingiz mumkin.
Yandex parolni o‘zgatirishni so‘rasa nima qilish kerak
Faqat sizga ma’lum bo‘lgan yangi parol o‘ylab topishingiz lozim. Buzib kirgan shaxs hisobingizga yana kirishining oldini olish uchun eski paroldan qaytib foydalanish mumkin emas.
Buning uchun nima qilish kerak:
-
Parolni almashtirishdan oldin siz parol kiritadigan barcha kompyuterlar va qurilmalarni viruslardan tekshiring. Virus yordamida yovuz niyatli kishi parolni yana bilib olishi va hisobingizga kirishi mumkin.
-
Yandex saytiga joriy parolingiz bilan kiring. Ogohlantirish oynasida Parolni o‘zgartirish tugmasini bosing.
-
Siz hisob egasi ekaningizni tasdiqlang:
-
Agar Yandex ID xizmatiga telefon raqami biriktirilmagan bo‘lsa, SMS tasdiqlash kodini so‘rang, uni sahifada kiriting va Tasdiqlash tugmasini bosing. Agar sizda biriktirilgan raqamdan foydalanish imkoni bo‘lmasa, Bu raqamdan foydalana olmayman havolasiga kiring.
-
Agar Yandex ID hisobingizga telefon raqami biriktirilmagan bo‘lsa, nazorat savoliga javob bering. Javobni to‘g‘ri kiriting, agar uni aniq eslay olmasangiz, bizning tavsiyalar yordam beradi.
Nazorat savoliga javob berganingizdan keyin mobil telefon raqamini biriktirishingiz kerak bo‘ladi. Bu kelajakda o‘z hisobingizga kirishni tiklashni oson va tezroq amalga oshirishga yordam beradi.
-
Agar hisobni himoyalash uchun nazorat savoli yoki telefon raqamidan foydalanmagan boʻlsangiz, tiklash shaklini toʻldirib, yordam xizmatiga yozing.
-
-
Bizning tavsiyalar yordamida yangi parol o‘ylab toping.
-
Hisob maʼlumotlaringiz oynasida shaxsiy maʼlumotlaringiz, telefon raqamingiz va tiklash uchun email manzillaringiz toʻgʻri koʻrsatilganini tekshiring. Buzib kirish vaqtida gʻarazli maqsadli shaxslar aynan ulardan foydalangan boʻlishi mumkinligini unutmang. Zarur bo‘lsa ularni o‘zgartiring, aks holda Ha, hammasi to‘g‘ri tugmasini bosing.
Kirish vaqtida tekshiruvdan o‘tolmayapman
Nazorat savoliga javobni eslay olmayman
- Agar javobni eslay olmasangiz, nazorat savolini o‘zgartirishga urining.
Menda ishlamaydigan telefon raqami biriktirilgan
- Telefon raqamini almashtirish yoki o‘chirish uchun shaklni to‘ldiring.
Mening savollarim bor
- Agar hisobga kirishni qayta tiklash imkoni bo‘lmasa, yordam xizmatiga yozing.