Nofaol hisoblarni oʻchirish
Yandex ID bu – Yandex xizmatlari: Pochta, Taksi, Kinopoisk, Disk va boshqalardan u yordamida foydalanish mumkin boʻlgan Yandexdagi yagona hisobdir.
Uzoq vaqt ishlatilmagan hisobni buzib kirish osonroq, odatda u eski parol bilan himoyalangan, u fosh qilingan boʻlishi mumkin. Agar Yandex xizmatlaridan 2,5 yil foydalanmagan boʻlsangiz, xavfsizlik maqsadida hisob maʼlumotlar bilan birga oʻchirib tashlanishi mumkin. Hisobda nimalar saqlanishi haqida batafsil Xizmatlardagi maʼlumotlar boʻlimida tanishing.
Oʻchirib tashlashdan oldin, agar uni kiritgan boʻlsangiz, Yandex ID hisobiga ulangan emailingizga ogohlantirish xati yuboriladi.
Oʻchirib tashlangandan keyin hisobni tiklolmaysiz. Registratsiyadan keyin Yandex xizmatlarida ishlatilgan loginlardan ham takroran registratsiya uchun foydalanish mumkin.
Savol va javoblar
Nima uchun Yandex hisoblarni oʻchirib tashlaydi?
Uzoq vaqt ishlatilmagan hisobni buzib kirish osonroq, odatda u eski parol bilan himoyalangan, u fosh qilingan boʻlishi mumkin. Gʻaraz niyatli shaxslar hisoblarni qanday va nima uchun buzib kirishi haqida batafsil
Qaysi hisoblarni oʻchirib tashlash mumkin emas
Hisobni oʻchirib tashlash mumkin emas, agar:
- unda Yandex Bankda hisob ochilgan boʻlsa;
- Yandex Split xizmatidan qarzdorlik boʻlsa;
- Yandex Balans xizmati ishlatilayotgan boʻlsa;
- foydalanuvchi Yandex 360 ilovasida korporativ hisob administratori boʻlsa;
- bu farzand hisobi boʻlsa.
Hisobni qanday saqlab qolish mumkin?
Shunchaki unga kirish kifoya. Login va parolni eslolmasangiz, Yordam xizmati boʻlimidagi tavsiyalardan foydalaning.
Oʻchirib tashlangan hisobni tiklash mumkinmi?
Hisobni tiklolmaysiz.
Bildirishnomalar qaysi email manziliga keladi?
Yandex ID ulangan email maziliga hamda agar hisobda koʻrsatilgan boʻlsa, zaxira email manziliga. Zaxira email manzilini qanday yoqish haqida maʼlumot uchun Qoʻshimcha email manzillari boʻlimiga qarang.
Bu hisob menga endi kerak emas. Uni qanday mustaqil oʻchirish mumkin?
Koʻrsatmalardan foydalaning.