Ma’lumotlar

Shaxsiy kabinetning Ma’lumotlar sahifasida shaxsiy ma’lumotlaringiz (to‘liq ismingiz, jinsingiz, yoshingiz, yashash joyingiz), hujjatlar (pasport, haydovchilik guvohnomasi va boshqalar), manzillar va kontaktlar saqlanadi. Yandex ID shaxsiy ma’lumotlarning xavfsiz saqlanishini ta’minlaydi: ma’lumotlar shifrlangan holatda saqlanadi.

Barcha kerakli hujjatlar doim qoʻl ostingizda boʻladi. Siz istalgan vaqtda yangi ma’lumotlarni qo‘shish, tahrirlash, o‘zgartirish yoki o‘chirishingiz mumkin.

Bu hujjatlar va manzillar boshqa Yandex xizmatlarida qayta ishlatilishi mumkin. Masalan, agar pasport ma’lumotlarini xizmatlardan biriga kiritgan bo‘lsangiz va Yandex IDda saqlagan bo‘lsangiz, ularni boshqasiga ko‘rsatishingiz shart emas. Shakllarni to‘ldirishda ular avtomatik ravishda Yandex IDdan olinadi. Bu qulay va vaqtni tejaydi.

Bu sahifada quyidagilarni bajarishingiz mumkin:

O‘zingiz haqingizda ma’lumot kiritish

Asosiy shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rsatish:

  • ism va tavallud kunini kiriting;

  • profil rasmini yuklang;

  • manzil va telefonni kiriting;

  • hisobga tashqi xizmatlardagi (masalan, ijtimoiy tarmoqlar) profillarni ulang.

Hujjat maʼlumotlarini oʻzgartirish

Hujjatlar haqidagi ma’lumotni quyidagi holatlarda kiritish mumkin:

  • Yandex xizmatlarida shakllarni to‘ldirishda;

  • Ma’lumotlar sahifasida:

  1. Hujjatlar bo‘limida hujjat nomini bosing.

  2. Ochilgan oynada hujjat ma’lumotlarini kiriting. Xohishga qarab, uning suratini yuklang.

  3. Saqlash tugmasini bosing.

  1. Hujjatlar bo‘limida hujjat nomini bosing.

  2. Ochilgan oynaning pastki qismida belgisini bosing va oʻzgarishlarni amalga oshiring.

  3. O‘zgarishlarni saqlang.

  1. Hujjatlar bo‘limida hujjat nomini bosing.

  2. Ochilgan oynaning pastki qismida belgisini bosing.

  3. Harakatlaringizni tasdiqlang.

Uy hayvonlari haqida ma’lumot kiritish

Uy hayvonlari bo‘limida quyidagilarni bajarishingiz mumkin:

  • uy hayvoningizning umumiy ma’lumotlarini kiritish: ko‘rinishi, laqabi va jinsi;
  • uning porodasi va yoshini ko‘rsatish;
  • uy hayvonining jismoniy o‘ziga xos xususiyatlari haqida aytish;
  • salamotlik haqidagi ma’lumotlarni yozish.
Manzillarni o‘zgartirish

Yandex Marketda yetkazib berishni tezroq rasmiylashtirish yoki Yandex Xaritalar yoki Navigatorda marshrutlarni tezroq yaratish uchun manzillaringizni saqlang.

  1. Manzillar bo‘limida kerakli manzilni tanlang (uy, ish va boshqalar).
  2. Ochilgan oynada manzilni (mamlakat, shahar, ko‘cha, uy) kiritishni boshlang va mos variantni ro‘yxatdan tanlang.
  3. Yetkazib berishda yordam beradi blokida aniqlik kirituvchi maʼlumotlarni koʻrsating: xonadon, podyezd, qavat va domofon. Agar xohlasangiz, kuryer uchun sharh qoldirishingiz mumkin.
  4. Saqlash tugmasini bosing.
  1. Manzillar bo‘limida o‘zgartirmoqchi bo‘lgan manzilni tanlang (uy, ish va boshqalar).
  2. Ochilgan oynada belgisini bosing va oʻzgarishlarni amalga oshiring.
  3. Saqlash tugmasini bosing.
  1. Manzillar bo‘limida olib tashlamoqchi bo‘lgan manzilni tanlang (uy, ish va boshqalar).
  2. Ochilgan oynaning pastki qismida Manzilni olib tashlash tugmasini bosing.
  3. Harakatlaringizni tasdiqlang.
Aloqa ma’lumotlarini o‘zgartirish

Kontaktlar bo‘limida telefon raqamlari va pochta manzillaringiz (asosiy va qo‘shimcha), shuningdek boshqa xizmatlardagi tegishli hisoblar ko‘rsatilgan. Ularni tahrirlash yoki olib tashlash mumkin.

Ommaviy ma’lumotlarni o‘zgartirish

Ommaviy ma’lumotlar bo‘limida siz:

  • Yandex xizmatlarida boshqa foydalanuvchilar ko‘radigan sharhlar va baholaringizga o‘tishingiz;

  • Yandexdagi ommaviy sahifalaringiz, masalan, Q profili uchun qulay, esda qolarli manzilni yaratishingiz mumkin.

Ommaviy manzilni kiritish uchun:

  1. Ommaviy ma’lumotlar bo‘limida Ommaviy manzil kiritish tugmasini bosing.

  2. Manzilni kiriting yoki taklif qilinganlar orasidan tanlang. Raqamlar va lotin harflaridan foydalanishingiz mumkin. Hisob manzilini faqat ikki marta o‘zgartirish mumkin.

  3. Saqlash tugmasini bosing.

Yandex qidiruvida ochiq profilni sozlash

Qidiruvdagi ochiq profil boʻlimida quyidagilar mumkin:

  • shaxsiy va ishga oid sifatlaringizni tavsiflash;

  • taʼlim haqidagi hujjatlarni yuklash;

  • ish tajribasiga oid axborotni kiritish;

  • kasbiy yutuqlar haqida hikoya qilish;

  • siz bilan qanday aloqaga chiqishni koʻrsatish.

Alisani sozlash

Qurilma yoki xizmatda faollashtirilgach, Alisa ovozli so‘rovlaringizni Yandexga yuboradi. Qolgan vaqtda Alisa faollashtirish iborasiga vaqtida javob berish uchun atrofdagi tovushlarni eshitishi mumkin, ammo faollashtirishgacha hech qanday axborot yozib olinmaydi va yuborilmaydi.

Yandex olingan yozuvlardan Alisani o‘rgatish uchun foydalanishi mumkin. Bunday ma’lumotlarga shaxsiy ma’lumotlar kirmaydi, ularni muayyan foydalanuvchiga bog‘lash imkonsiz. Bundan tashqari, yozib olish paytida foydalanuvchining ovozi uni aniqlash imkonsiz bo‘lishini ta’minlash uchun avtomatik o‘zgartiriladi.

Alisani o‘rgatish maqsadida ma’lumotlaringizdan foydalanishga ruxsat berish yoki taqiqlash uchun:

  1. Maʼlumotlarni boshqarish boʻlimida Alisa uchun maʼlumotlar tugmasini bosing.

  2. Alisani takomillashtirishga yordam berish variantini yoqing yoki faolsizlantiring.

Promo tarqatmalarni sozlash

Barcha Yandex promo tarqatmalarini bitta joydan boshqarishingiz mumkin:

  1. Ma’lumotlarni boshqarish bo‘limida Promotarqatmalar tugmasini bosing.

  2. Allaqachon yuborilgan yoki Hammasi bandini tanlang.

  3. Xizmatdan tarqatma xabarlarni olmaslik uchun ro‘yxatda shu xizmat qarshisidagi belgini olib tashlang.

    Bu muhim

    Belgi borligi sizning xat olishingizni anglatmaydi. Ularni olish uchun kerakli xizmatda promo tarqatmaga obuna qiling.

  4. Saqlash tugmasini bosing.

Shaxsiy ma’lumotlar arxivini yuklab olish

Hozir Yandex xizmatlarida saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar arxivini yuklab olishingiz mumkin.

Hisobingiz arxivini olish uchun:

  1. Maʼlumotlarni boshqarish boʻlimida Xizmatlardagi maʼlumotlar tugmasini bosing va kerakli Yandex ID bilan kirganingizga ishonch hosil qiling.

  2. Foydalanuvchi ma’lumotlarini boshqarish sahifasida xizmatni tanlang va Ma’lumotlar arxivini yuklab olish bandini bosing.

Yuklash holati haqida faqat sahifadagi ma’lumot orqali xabar topishingiz mumkin bo‘ladi. Arxiv tayyor bo‘lganida u Buyurtma berilgan arxivlar ro‘yxati bo‘limida chiqadi. U yerda arxivni chiqarish uchun parolni topasiz.

Hisobni o‘chirish

Hisob o‘chirilganida unga biriktirilgan ma’lumotlar o‘chiriladi, login esa qayta registratsiya uchun bloklanadi. Agar to‘liq registratsiyadan o‘tgan bo‘lsangiz, o‘chirishni 30 kun ichida bekor qilish mumkin. Bunday holda, Yandex Pochtadan tashqari barcha xizmatlarning maʼlumotlari qayta tiklanadi. Soddalashtirilgan registratsiya (telefon raqami, email manzili yoki tashqi kirish usullari) orqali hisob bir zumda oʻchirib tashlanadi.

Hisobni oʻchirish uchun:

  1. Ma’lumotlarni boshqarish bo‘limida Hisobni o‘chirish tugmasini bosing.

  2. Sahifaning pastki qismida rasmdagi kodni kiriting va Tasdiqlash kodini olish tugmasini bosing.

  3. Telefonga yuborilgan kodni kiriting va Hisobni o‘chirish tugmasini bosing. Agar maʼlumotlarni oʻchirish haqidagi fikringiz oʻzgarsa, Pasportga qaytish tugmasini bosing.

Yandex ID boʻyicha qidirish

Qidirishni sozlamalar va Yandex ID maʼlumotlari, Yandex Pochta xatlari, Yandex Disk fayllari va jildlari boʻyicha amalga oshirishingiz mumkin.

  1. Yandex ID sahifasini oching.
  2. Sahifaning yuqori qismidagi qidirish qatorida soʻrovni kiritishni boshlang.
  3. Tavsiyalardan mos variantni tanlang.
Yordam xizmatiga yozish