Parolsiz kirish

Yandex hisobiga Yandex ilovasi yordamida QR kod orqali, Yandex Kalit yordamida rasm orqali, shuningdek, yuzni yoki barmoq izini tanish orqali kirishingiz mumkin.

QR kod orqali

  1. Yandexning istalgan xizmati sahifasini oching.
  2. Kirish tugmasini bosing (odatda u o‘ng yuqori burchakda joylashgan).
  3. Kirish uchun hisobni tanlang va QR kod bandini tanlang.
  4. Yandex ilovasini oching.
  5. Qidiruv katagida belgisini bosing.
  6. Qurilmangiz kamerasini brauzerdagi QR kodga qarating.

Bu muhim

Standart ravishda Yandex ilovalarida QR-kod bilan kirish yoqilgan bo‘ladi. Variantlarni Xavfsizlik sahifasidagi Kirish usuli bo‘limida boshqarish mumkin. Bir martalik parol va Parol + bir martalik parol yordamida kirish usullari uchun QR-kod orqali kirishning oʻz koʻrsatmalari bor.

Rasm orqali

Diqqat

Rasm orqali kirish 4.0.0 va undan yuqori versiyadagi Kalit ilovasida ishlaydi (Android va iOS uchun) Shuningdek, 24.4.2 va undan yuqori versiyadagi Yandex + Alisa va Yandex Start ilovalarida Kalitdan foydalanish ham mumkin.

Xizmatlarga yoki Yandex ilovasiga rasmlar orqali kirishingiz mumkin. «Odatiy parol» va «Parol + SMS» kirish usullari uchunavval Yandex Kalit ilovasida rasm orqali kirish funksiyasini yoqish kerak:

  1. Yandex Kalit ilovasini oching.

  2. Yuqori chap burchakda tugmasini bosib, Hisoblar boshqaruvi bandini tanlang.

  3. Boshqa Yandex hisoblari boʻlimida Asosiy ekranda chiqarish opsiyasini yoqing.

    Roʻyxatda kerakli hisob boʻlmasa, Hisobga kirish tugmasini bosib, avtorizatsiya qiling.

Shundan keyin rasm orqali hisobga kirishingiz mumkin:

  1. Yandex ID hisobingizni registratsiya qilgan loginingizni kiritib Kirish tugmasini bosing.

  2. Rasm orqali kirish tugmasini bosing. Shundan keyin rasmli ekran ochiladi. Xuddi shunday rasmni Yandex Kalit ilovasida tanlash kerak.

  3. Mobil qurilmada Yandex Kalit ilovasini oching.

  4. Kerakli hisobga almashtiring. Ochiladigan ekranda avtorizatsiya jarayoni boshlangan qurilma va to‘rtta rasmni ko‘rasiz.

    Diqqat

    Rasmni tanlashdan avval bu sizning qurilmangiz ekanini tekshiring. Hisobga kirishga urinmagan boʻlsangiz, rasmni tanlamang.

    Yandex Kalit ilovasida rasm koʻrinmayapti
    • Loginni kiritgach, Yandex Kalit ilovasida rasmni tanlash uchun sizga besh daqiqa vaqt beriladi. Vaqt tugagan boʻlsa, boshqa qurilmada Rasmni yangilash tugmasini bosing.
    • Rasm orqali kirish uchun faqat 5 marta urinish mumkin. Barcha urinishlar tugagach, siz bir martalik parol yoki QR kod yordamida kirishingiz mumkin.
  5. 2-qadamda rasmlar orasidan narigi qurilmada koʻrsatilgan rasmni tanlang.

  6. Rasm xato tanlandi

    Siz xizmatga kiryapsiz.

    Rasm xato tanlangan yoki vaqt tugagan

    Narigi qurilmada Rasmni yangilash tugmasini bosib, qayta urining.

    Rasm orqali kirish uchun faqat 5 marta urinish mumkin. Agar urinishlar soni tugasa, bir martalik parol yoki QR kod orqali kirishingiz mumkin.

Yuzni yoki barmoq izini tanish orqali

Kirishni yuzni tanish yoki barmoq izlari texnologoyasini qoʻllab-quvvatlovchi har qanday qurilmada: noutbuk, telefon yoki planshetda sozlash mumkin. Quyidagi operatsion tizimlar va brauzerlarda ishlaydi:

  • mobil qurilmalar: 9 va undan yuqori versiyadagi Android (Google Play mavjud boʻlsa), Android qurilmasida 24.4.4 versiyasidan boshlab Yandex Brauzer; iOS 16 va undan yuqori versiyasida.
  • Kompyuter: 16 va undan yuqori versiyadagi Yandex Brauzer, Google Chrome va Safari, 114 va undan yuqori versiyadagi Firefox va Edge.

Diqqat

Yuzni yoki barmoq izini tanish orqali kirishni iOS qurilmalarida «Yandex + Alisa», Android qurilmalarida «Yandex Start» hamda Android va iOS qurilmalarida 24.4.3 va undan quyi versiyadagi «Yandex Brauzer» ilovalarida sozlash imkoni yoʻq.

Kirish usulini ulash

Siz yuzni yoki barmoq izini tanish orqali kirishni xohlagan qurilma operatsion tizimini tanlang.

  1. Xavfsizlik yorlig‘iga kiring.

  2. Kirish usuli ruknida Yuzni tanish yoki barmoq izlari orqali kirish tugmasini bosing.

  3. Ushbu qurilmada sozlash bandini tanlang.

  4. Siz kirish kalitini yaratishni xohlagan qurilmani tanlang. Joriy qurilmadan yuzni yoki barmoq izini tanish standart asosida ishlatiladi.

    • Bunday kirish usulini faqat ushbu kompyuterda ishlatishni xohlasangiz, yuzni, barmoq izini tanish yoki PIN kodni tasdiqlash yordamida hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

    • Turli qurilmalarda hisobga kirishni istasangiz, Boshqa qurilmadan foydalanish tugmasini bosib, tanlang:

      • iPhone, iPad qurilmalari yoki Android qurilmasi – mobil qurilmangiz yordamida kirishni tasdiqlash uchun.

        Bu bandni tanlagandan keyin Keyingisi tugmasini bosing, paydo boʻladiga QR kodni smartfon kamerasi yordamida skanerlab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

      • Xavfsizlik kaliti – tashqi autentifikator (USB, NFC yoki Bluetooth qurilma) yordamida kirishni tasdiqlash uchun.

        Bu bandni tanlagandan keyin Keyingisi tugmasini bosing, tashqi kalitni ulab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

  5. Hisobni qoʻshgandan keyin qurilmani qayta nomlashingiz mumkin.

    Bitt hisob uchun koʻpi bilan 10 ta kirish kaliti ulash mumkin. Yangi qurilma ishlatishni boshlagan boʻlsangiz, eski qurilmalardan biridagi kirish kalitini oʻchirib tashlash mumkin.

  1. Xavfsizlik yorlig‘iga kiring.

  2. Kirish usuli ruknida Yuzni tanish yoki barmoq izlari orqali kirish tugmasini bosing.

  3. Ushbu qurilmada sozlash bandini tanlang.

  4. Ochiladigan oynada joriy qurilmani tanlab, kompyuteringizda barmoq izi bilan kirishni tasdiqlashingiz mumkin. Shuningdek, mobil qurilma yoki tashqi autentifikator yordamida kirishni tasdiqlash uchun boshqa qurilmani tasdiqlash mumkin.

    Joriy qurilmadan yuzni yoki barmoq izini tanish standart asosida ishlatiladi.

    • Bunday kirish usulini faqat ushbu kompyuterda ishlatishni xohlasangiz, Bu profil (brauzer nomi bilan)Davom etish bandini tanlang.

      Yuzni, barmoq izini tanish yoki PIN kodni tasdiqlash orqali hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

    • Turli qurilmalarda hisobga kirishni xohlasangiz, Telefon, planshet yoki kirish kalitini ishlatish tugmasini bosib, tanlang:

      • iPhone, iPad yoki Android qurilmasi – mobil qurilmangiz yordamida kirishni tasdiqlash uchun.

        Bu bandni tanlagandan keyin Keyingisi tugmasini bosing, QR kodni smartfon kamerasi yordamida skanerlab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

      • Xavfsizlik kaliti – tashqi autentifikator (USB, NFC yoki Bluetooth qurilma) yordamida kirishni tasdiqlash uchun.

        Bu bandni tanlagandan keyin Keyingisi tugmasini bosing, tashqi kalitni ulab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

  5. Hisobni qoʻshgandan keyin qurilmani qayta nomlashingiz mumkin.

    Bitt hisob uchun koʻpi bilan 10 ta kirish kaliti ulash mumkin. Yangi qurilma ishlatishni boshlagan boʻlsangiz, eski qurilmalardan biridagi kirish kalitini oʻchirib tashlash mumkin.

  1. Xavfsizlik yorlig‘iga kiring.

  2. Kirish usuli ruknida Yuzni tanish yoki barmoq izlari orqali kirish tugmasini bosing.

  3. Ushbu qurilmada sozlash bandini tanlang.

  4. Siz kirish kalitini yaratishni xohlagan qurilmani tanlang. Joriy qurilmadan yuzni yoki barmoq izini tanish standart asosida ishlatiladi.

    • Boshqa qurilmalarda kirishni tasdiqlash uchun mobil qurilmadan foydalanishni xohlasangiz, Yandex hisobingiz loginini tekshiring. Agar toʻgʻri tanlangan boʻlsa, Davom etish tugmasini tanlab, yuzni, barmoq izini tanish yoki PIN kodni tasdiqlash orqali hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

    • Boshqa qurilmadan kirishni tasdiqlashni xohlasangiz, Boshqa qurilmani ishlatish tugmasini bosib, tanlang:

      • Elektron USB kalit – tashqi autentifikator orqali kirishni tasdiqlash uchun.

        Bu bandni tanlagandan keyin tashqi kalitni ulab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

      • Boshqa smartfon yoki planshet ishlatish – boshqa mobil qurilma orqali kirishni tasdiqlash uchun.

        Shundan keyin smartfon kamerasi orqali boshqa mobil qurilmada QR kodni skanerlab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

  5. Hisobni qoʻshgandan keyin qurilmani qayta nomlashingiz mumkin.

    Bitt hisob uchun koʻpi bilan 10 ta kirish kaliti ulash mumkin. Yangi qurilma ishlatishni boshlagan boʻlsangiz, eski qurilmalardan biridagi kirish kalitini oʻchirib tashlash mumkin.

  1. Xavfsizlik yorlig‘iga kiring.

  2. Kirish usuli ruknida Yuzni tanish yoki barmoq izlari orqali kirish tugmasini bosing.

  3. Ushbu qurilmada sozlash bandini tanlang.

  4. Siz kirish kalitini yaratishni xohlagan qurilmani tanlang. Joriy qurilmadan yuzni yoki barmoq izini tanish standart asosida ishlatiladi.

    • Boshqa qurilmalarda kirishni tasdiqlash uchun mobil qurilmadan foydalanishni xohlasangiz, Yandex hisobingiz loginini tekshiring. Agar toʻgʻri tanlangan boʻlsa, Davom etish tugmasini tanlab, yuzni, barmoq izini tanish yoki PIN kodni tasdiqlash orqali hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

    • Boshqa qurilmadan kirishni tasdiqlashni xohlasangiz, Boshqa variantlar tugmasini bosib, tanlang:

      • iPhone, iPad yoki Android qurilmasi – boshqa mobil qurilma orqali kirishni tasdiqlash uchun.

        Shundan keyin smartfon kamerasi orqali boshqa mobil qurilmada QR kodni skanerlab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

      • Xavfsizlik kalit – tashqi autentifikator orqali kirishni tasdiqlash uchun.

        Bu bandni tanlagandan keyin tashqi kalitni ulab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

  5. Hisobni qoʻshgandan keyin qurilmani qayta nomlashingiz mumkin.

    Bitt hisob uchun koʻpi bilan 10 ta kirish kaliti ulash mumkin. Yangi qurilma ishlatishni boshlagan boʻlsangiz, eski qurilmalardan biridagi kirish kalitini oʻchirib tashlash mumkin.

Qurilmani sozlar ekansiz, muayyan brauzer uchun Yandexga kirish kalitlarini qoʻshasiz. Boshqa qurilmalarda shunday kirish usulini ishlatishni xohlasangiz, ulanish yakunlangach, har bir qurilmaga sozlangan kirish kalitini qoʻshing.

Kirish usulini oʻchirish

Yuzni yoki barmoq izini tanish orqali kirishni faolsizlantirish uchun Yandex ID shaxsiy kabinetida:

  1. Xavfsizlik yorlig‘iga kiring.
  2. Yuzni tanish yoki barmoq izlari orqali kirish ruknini tanlang.
  3. Roʻyxatdan qurilmani tanlang.
  4. Ochilgan oynada Tez kirishni oʻchirish tugmasini bosing.
  5. Faolsizlantirish tugmasini bosib, tanlovni tasdiqlang.

Yandex ID shaxsiy kabinetidan kalitni oʻchirib tashlagandan keyin boshqa kirish usullaridan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, yuzni yoki barmoq izini tanish orqali kirishni takroran sozlashingiz ham mumkin.

Savol va javoblar

Boshqa qurilmalarda kirish uchun sozlangan kalit qanday ishlatiladi?

Yuzni yoki barmoq izini tanish orqali kirishni yoqqandan keyin boshqa qurilmalaringizga sozlanga kirish kalitini qoʻshishingiz mumkin.

Siz ilgari sozlangan kirish kaliti bilan kirishni istagan qurilma uchun koʻrsatmalarni tanlang.

  1. Avtorizatsiya sahifasiga oʻting.

    • Agar roʻyxatda hisoblar boʻlsa, Hisobni qoʻshishYuz yoki barmoq izi orqali tugmasini bosing.
    • Agar brauzerda saqlangan hisoblar boʻlmasa, Yuz yoki barmoq izi orqali bandini tanlang
  2. Hisob qoʻshish sahifasida Yuz yoki barmoq izi orqali kirish bandini tanlang.

  3. Ochiladigan oynada iPhone, iPad yoki Android qurilmasi yoki Xavfsizlik kalitiKeyingisi bandini tanlang.

  4. Agar ilgari mobil qurilmadan yuz yoki barmoq izi orqali kirishni tasdiqlashni sozlagan boʻlsangiz, paydo boʻlgan QR kodni smartfon kamerasi yordamida skanerlab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

    Tashqi kalit ishlatilgan boʻlsa, uni qurilmaga ulab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

  1. Avtorizatsiya sahifasiga oʻting.

    • Agar roʻyxatda hisoblar boʻlsa, Hisobni qoʻshishYuz yoki barmoq izi orqali tugmasini bosing.
    • Agar brauzerda saqlangan hisoblar boʻlmasa, Yuz yoki barmoq izi orqali bandini tanlang
  2. Hisob qoʻshish sahifasida Yuz yoki barmoq izi orqali kirish bandini tanlang.

  3. Ochiladigan oynada Smartfon yoki planshetdan foydalanish yoki Elektron USB kalit bandini tanlang.

  4. Agar ilgari mobil qurilmadan yuz yoki barmoq izi orqali kirishni tasdiqlashni sozlagan boʻlsangiz, paydo boʻlgan QR kodni smartfon kamerasi yordamida skanerlab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

    Tashqi kalit ishlatilgan boʻlsa, uni qurilmaga ulab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

  1. Avtorizatsiya sahifasiga oʻting.

    • Agar roʻyxatda hisoblar boʻlsa, Hisobni qoʻshishYuz yoki barmoq izi orqali tugmasini bosing.
    • Agar brauzerda saqlangan hisoblar boʻlmasa, Yuz yoki barmoq izi orqali bandini tanlang
  2. Hisob qoʻshish sahifasida Yuz yoki barmoq izi orqali kirish bandini tanlang.

  3. Boshqa qurilmani ishlatishBoshqa smartfon yoki planshet ishlatish yoki Elektron USB kalit bandini tanlang

  4. Agar ilgari mobil qurilmadan yuz yoki barmoq izi orqali kirishni tasdiqlashni sozlagan boʻlsangiz, paydo boʻlgan QR kodni smartfon kamerasi yordamida skanerlab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

    Tashqi kalit ishlatilgan boʻlsa, uni qurilmaga ulab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

  1. Avtorizatsiya sahifasiga oʻting.

    • Agar roʻyxatda hisoblar boʻlsa, Hisobni qoʻshishYuz yoki barmoq izi orqali tugmasini bosing.
    • Agar brauzerda saqlangan hisoblar boʻlmasa, Yuz yoki barmoq izi orqali bandini tanlang
  2. Hisob qoʻshish sahifasida Yuz yoki barmoq izi orqali kirish bandini tanlang.

  3. Boshqa variantlariPhone, iPad yoki Android qurilmasi yoki Xavfsizlik kaliti bandini tanlang.

  4. Agar ilgari mobil qurilmadan yuz yoki barmoq izi orqali kirishni tasdiqlashni sozlagan boʻlsangiz, paydo boʻlgan QR kodni smartfon kamerasi yordamida skanerlab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

    Tashqi kalit ishlatilgan boʻlsa, uni qurilmaga ulab, hisobni qoʻshishni tasdiqlang.

Siz yuzni yoki barmoq izi orqali qoʻshgan yangi qurilma shaxsiy kabinetda koʻrinmaydi, chunki u sozlangan kirish kalitini ishlatadi.

Qaysi kirish mexanizmi yuzni yoki barmoq izini tanish uchun ishlatiladi?

Bu parol va tekshiruv kodisiz kirishning muqobil usulidir. Kirishda kalit (yoki autentifikator) muayyan sayt uchun chiqarilgani tekshiriladi. Bitta autentifikatorning turli saytlar uchun javobi bir-biridan farqli boʻladi, shu sababli autentifikatsiya soʻrovini aniqlash va amalga oshirish imkonsiz. Haqiqiylikni tekshirish amaliyoti xavfsiz kriptografik protokollar boʻyicha bajariladi. Parolsiz avtorizatsiya parolning yoʻqolishi yoki oshkor boʻlishi xavfini kamaytiradi.

  1. Kalitni sozlashda ochiq va yopiq kalitdan iborat unikal juftlik yaratiladi:

    • mahalliy (brauzerga kirilgan) qurilmada;
    • tashqi himoyalangan kalit tashuvchida (tokenda);
    • boshqa qurilmada.
  2. Veb-serverga foydalanuvchining ochiq kaliti haqidagi axborot uzatiladi. U loginga ulanayotgan vaqtda saqlanadi.

  3. Kirishga urinish vaqtida foydalanuvchini autentifikatsiya qilish uchun «login – ochiq kalit» birikmasi qoʻllaniladi.

Qurilmada foydalanuvchining yopiq kalitini himoyalash va unga kirish uchun Touch ID, Face ID, Android Fingerprint, qurilmani qulflash paroli yoki himoyalangan tashuvchidagi PIN-kod qoʻllaniladi.

Qaysi kalit turlari mos keladi?

Qoʻllash mumkin boʻlgan kirish usullari platformaga bogʻliq:

  • mobil qurilmalar: bulutdagi kalitlar (iOS uchun Face yoki Touch ID, Android uchun Android Fingerprint);
  • Kompyuter: bulutdagi kalitlar (Apple yoki Google qurilmasi yordamida QR-kodni skanerlash), joriy qurilmadagi kalitlar (masalan, barmoq izlari skaneri yordamida) yoki tashqi autentifikatordagi kalitlar (USB, NFC yoki Bluetooth qurilma).
Yordam xizmatiga yozish