Tekshirish kodlarini yaratish (Yandex uchun emas)
Yandex Kalitdan (Android va iOS uchun ilova) nafaqat Yandex xizmatlarida ikki bosqichli tekshiruv qilish uchun, balki 6 yoki 8 raqamli bir martalik parollarni talab qiladigan har qanday xizmatda (TOTP yoki HOTP) ham foydalanish mumkin.
Shuningdek, Kalitdan Yandex + Alisa va Yandex Start ilovalarida ham foydalanish mumkin. Buning uchun ilovani oching, Asosiy ekranda
Ushbu sahifadagi ko‘rsatmalar sizga Yandex Kalitni ayrim ommabop xizmatlar va ijtimoiy tarmoqlarga ulash hamda boshqa kodlar generatoridan foydalansangiz, Kalitga kirish imkonini beradi. Agar siz ushbu ro‘yxatdan kerakli xizmatni topa olmasangiz, umumiy ko‘rsatmadan foydalanishga harakat qiling.
VKontakte
Agar hali kirishni tasdiqlashni yoqmagan bo‘lsangiz:
-
Hisob sozlamalarida Xavfsizlik sahifasiga kiring.
-
Kirishni tasdiqlash bo‘limida Ulanish tugmasini bosing.
-
Sozlashni boshlash tugmasini bosing.
-
Harakatni tasdiqlash oynasida parolni kiriting va Tasdiqlash tugmasini bosing.
-
Telefon raqamingizga qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Ochilgan maydonchada kiruvchi qo‘ng‘iroqning oxirgi to‘rtta raqamini kiriting va Kodni yuborish tugmasini bosing.
-
Sozlashni yakunlash tugmasini bosing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda ko‘rsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda VKontakteni tanlang. Ochilgan ekranda login (telefon raqami yoki pochta manzili) va brauzerda QR kod ostidagi maxfiy kalitni kiriting.
-
Yandex Kalit tomonidan yaratilgan kodni Tasdiqlash kodi maydonchasiga kiriting va Tasdiqlash tugmasini bosing.
Agar kirishni tasdiqlashni yoqqan bo‘lsangiz, ammo endi kodlar yaratish uchun Yandex Kalitdan foydalanishni istasangiz:
-
Hisob sozlamalarida Xavfsizlik sahifasiga kiring.
-
Kirishni tasdiqlash bo‘limida Kodlarni yaratish uchun ilova yozuvning yonida (sozlash) havolasiga bosing.
-
VKontakte hisobingiz uchun parolni kiriting. Kodlarni yaratish uchun ilovani sozlash bo‘limida Qaytadan sozlash bandini bosing. QR kod va maxfiy kalit ko‘rsatilgan oyna ochiladi.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda ko‘rsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda VKontakteni tanlang. Ochilgan ekranda login (telefon raqami yoki pochta manzili) va brauzerda QR kod ostidagi maxfiy kalitni kiriting.
-
Yandex Kalit tomonidan yaratilgan kodni Tasdiqlash kodi maydonchasiga kiriting va Tasdiqlash tugmasini bosing.
Mail.Ru
Agar hali ikki bosqichli tekshiruv uchun ilovani ulamagan bo‘lsangiz:
-
Parol va xavfsizlik sahifasida Kirish kodi ilovasi yordamida ikki bosqichli tekshiruvni yoqing.
-
Mobil ilova qatorida Ulanish havolasini bosing.
-
Chiqqan oynada Davom etish tugmasini bosing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda Boshqa xizmatni tanlang. Xizmat nomi sifatida “Mail.Ru”ni, keyin ikki bosqichli tekshiruvni sozlayotgan loginni va maxfiy kalitni (QR kod yonidagi Maxfiy kodni kiriting havolasi orqali foydalanish mumkin) kiriting.
-
Yandex Kalit yordamida yaratilgan kodni “Kirish kodi” ilovasidagi tasdiqlash kodi satriga kiriring (probellarsiz) va Davom etish tugmasini bosing.
-
Ochilgan oynada login va telefon raqamini kiriting, Davom etish tugmasini bosing. Telefonga kod keladi, uni SMS orqali tasdiqlash kodi satriga kiriting va yana Davom etish tugmasini bosing.
Agar ikki bosqichli tekshiruv ilovasini ulagan bo‘lsangiz, ammo endi kodlar yaratish uchun Yandex Kalitdan foydalanishni istasangiz, eski ilovani o‘chirish talab etiladi:
-
Mobil ilova satrida Faolsizlantirish havolasiga bosing va faolsizlantirishni tasdiqlang.
-
SMSda kelgan tasdiqlash kodini kiriting va Faolsizlantirish tugmasini bosing.
Endi ilovani yana ulashingiz mumkin, ammo bu safar Yandex Kalit yordamida. Koʻrsatma «Birinchi ulanish» sahifasida keltirilgan.
Amazon
Agar siz hali ikki bosqichli tekshiruvni yoqmagan bo‘lsangiz:
-
Get Started tugmasini bosing.
-
Ochilgan sahifada Authenticator App variantini tanlang. QR kodli blok ochiladi.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda Amazonni tanlang. Brauzerda Can’t scan the barcode? havolasini bosing, keyin Kalitda Amazon logini va ko‘rsatilgan maxfiy kalitni kiriting.
-
Yandex Kalit tomonidan yaratilgan kodni quyidagi maydonchaga kiriting va Verify OTP and continue tugmasini bosing.
-
Amazon saytlarida ikki faktorli autentifikatsiya qanday ishlashini tekshiring, va tugmani bosing Got it. Turn on Two-Step Verification.
Agar ikki bosqichli tekshiruvni ulagan bo‘lsangiz, ammo endi kodlar yaratish uchun Yandex Kalitdan foydalanishni istasangiz, oldin eski sozlamalarni tozalash talab etiladi:
-
Disable tugmasiga bosing.
-
Parolni kiriting, Sign-In tugmasini bosing va kodni kiriting. Yana bir bor Sign-In tugmasini bosing.
-
Ochilgan oynada Also clear my Two-Step Verification settings bayrog‘ini belgilang va Disable tugmasini bosing.
Xavfsizlik sozlamalariga qaytish uchun Skip tugmasini bosing.
Endi Yandex Kalit yordamida ikki bosqichli tekshiruvni yana yoqishingiz mumkin. Koʻrsatma «Birinchi ulanish» sahifasida keltirilgan.
Amazon hisoblari uchun ikki bosqichli tekshiruv haqida batafsil axborot bilan xizmat axboroti (ingliz tilida) orqali tanishing.
Dropbox
Agar siz hali ikki bosqichli tekshiruvni yoqmagan bo‘lsangiz:
-
Ikki bosqichli tekshiruvni yoqing.
-
Ochilgan oynada Ishni boshlash tugmasini bosing.
-
Hisobning joriy parolini kiriting va Keyingisi tugmasini bosing.
-
Mobil qurilmalar uchun dasturdan foydalanish variantini tanlang va Keyingisi tugmasini bosing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda Dropboxni tanlang. Brauzerda maxfiy kodni qo‘lda kiritish havolasini bosing, keyin Kalitda Dropbox logini va ko‘rsatilgan maxfiy kalitni kiriting.
Keyingisi tugmasini bosing.
-
Yandex Kalit yaratgan kodni kiriting va Keyingisi tugmasini bosing.
-
Agar siz ikki bosqichli tekshiruvning zaxira usulini sozlashni xohlasangiz, telefon raqamingizni kiriting. Keyin Keyingisi tugmasini bosing.
-
Xavfsizlik kodlarini yozing yoki chop eting va Keyingisi tugmasini bosing.
Agar ikki bosqichli tekshiruvni yoqqan bo‘lsangiz, ammo endi kodlar yaratish uchun Yandex Kalitdan foydalanishni istasangiz:
-
Autentifikatsiya ilovasi so‘zlarning yonida O‘zgartirish havolasiga bosing.
-
Hisobning joriy parolini kiriting va Keyingisi tugmasini bosing.
-
Mobil qurilmalar uchun dasturdan foydalanish variantini tanlang va Keyingisi tugmasini bosing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda Dropboxni tanlang. Brauzerda maxfiy kodni qo‘lda kiritish havolasini bosing, keyin Kalitda Dropbox logini va ko‘rsatilgan maxfiy kalitni kiriting.
Keyingisi tugmasini bosing.
-
Yandex Kalit yaratgan kodni kiriting va Keyingisi tugmasini bosing.
-
Agar siz ikki bosqichli tekshiruvning zaxira usulini sozlashni xohlasangiz, telefon raqamingizni kiriting. Keyin Keyingisi tugmasini bosing.
Dropbox hisoblari uchun ikki bosqichli tekshiruv haqida batafsil axborot bilan xizmat axborotida (ingliz tilida) tanishish mumkin.
Evernote
Agar siz hali ikki bosqichli tekshiruvni yoqmagan bo‘lsangiz:
-
Ikki bosqichli tekshiruv bo‘limda Yoqish havolasiga kiring.
-
Davom etish tugmasini bosing, so‘ngra ogohlantirish oynasida yana bir bor Davom etish tugmasini bosing.
-
Tasdiqlash xatini yuborish tugmasini bosing va email manzilini tasdiqlang.
-
Telefon raqamini tasdiqlang: SMS orqali olingan kodni kiriting va Davom etish tugmasini bosing.
Zaxira raqamini ko‘rsating yoki O‘tkazib yuborish tugmasini bosing.
-
Yandex Kalitdan foydalanadigan platformangizga mos keluvchi tugmani bosing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda Evernoteni tanlang. Brauzerda Shtrix kodni skanerlash imkoni bo‘lmayaptimi? havolasini bosing, keyin Kalitda Evernote logini va ko‘rsatilgan maxfiy kalitni kiriting.
-
Yandex Kalit yaratgan kodni kiriting va Davom etish tugmasini bosing.
-
Hisobingizga kirish uchun hech bo‘lmasa bitta zaxira kodini yozib oling: u sozlamaning keyingi bosqichida kerak bo‘ladi. Davom etish tugmasini bosing.
-
Yozib olingan zaxira kodini kiriting va O‘rnatishni yakunlash tugmasini bosing.
Agar ikki bosqichli tekshiruvni ulagan bo‘lsangiz, ammo endi kodlar yaratish uchun Yandex Kalitdan foydalanishni istasangiz, oldin eski sozlamalarni tozalash talab etiladi:
-
Ikki bosqichli tekshiruv yoqilgan blokida Sozlamalarni o‘zgartirish tugmasini bosing.
-
Ikki bosqichli tekshiruvni faolsizlantirish havolasiga kiring va Tasdiqlash tugmasini bosing.
Endi Yandex Kalit yordamida ikki bosqichli tekshiruvni yana yoqishingiz mumkin. Koʻrsatma «Birinchi ulanish» sahifasida keltirilgan.
Evernote hisoblari uchun ikki bosqichli tekshiruv haqida batafsil axborot bilan xizmat sahifasida (ingliz tilida) o‘qish mumkin.
FastMail
Agar hali kodlar generatorini yoqmagan bo‘lsangiz:
-
FastMail saytiga kiring.
-
Manzilingiz ko‘rsatilgan (yuqori chap burchakda) Mail taxtasini bosing va Settings blokiga kiring.
-
ACCOUNT ustunida Password & Security tugmasini tanlang.
-
Two-Step Verification satrida Add tugmasini bosing.
-
Asosiy parolni kiriting (uni har safar Yandex Kalit yordamida kirishni xohlagan vaqtingizda kod bilan birga kiritish lozim). Unlock tugmasini bosing.
-
Add Recovery Phone tugmasini bosing. Raqamingizni kiriting va Send Verification Code tugmasini bosing. Qabul qilingan kodni kiriting va Verify tugmasini bosing.
-
Ikki faktorli autentifikatsiya sozlamalari sahifasiga qaytish uchun Done tugmasini bosing.
-
Set Up Two-Step Verification tugmasini bosing.
-
Authentication App (TOTP) tugmasini tanlang va ilova nomini belgilang.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda FastMailni tanlang. Kalitda FastMail loginingiz va ko‘rsatilgan maxfiy kalitni kiriting.
-
Yandex Kalit yaratgan kodni kiriting va Save tugmasini bosing.
Endi FastMailga kirish uchun asosiy parolni kiritishingiz, Log In tugmasini bosishingiz, keyin Yandex Kalit kodini kiritib, Verify tugmasini kiritishingiz lozim.
Agar biror kod generatorini yoqqan bo‘lsangiz va Yandex Kalitga kirishni xohlasangiz:
-
FastMail saytiga o‘ting va asosiy parol bilan kiring.
-
Manzilingiz koʻrsatilgan (yuqori chap burchakda) Mail taxtasini bosing va Settings blokiga kiring.
-
ACCOUNT ustunida Password & Security tugmasini tanlang.
-
Two-Step Verification satrida Manage tugmasini bosing.
-
Parolingizni tasdiqlang.
-
Ilova satrida Remove tugmasini bosing.
Endi Yandex Kalit yordamida ikki bosqichli tekshiruvni yana yoqishingiz mumkin. Koʻrsatma «Birinchi ulanish» sahifasida keltirilgan.
LastPass
Agar siz hali ikki bosqichli tekshiruvni yoqmagan bo‘lsangiz:
-
LastPass saytiga kiring.
-
Chap tomondagi menyuda Account Settings bandini tanlang.
-
Ochilgan oynada Multifactor Options sahifasini bosing.
-
Google Authenticator satridagi qalam belgisiga bosing.
-
Ochilgan Enabled ro‘yxatida Yes javobini tanlang.
-
Barcode satrida View havolasini bosing.
-
LastPass uchun joriy parolni kiriting va Continue tugmasini bosing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda LastPassni tanlang. Brauzerda OK tugmasini bosing, keyin Maxfiy kalit satrida View havolasini bosing. Keyin Kalitda LastPass loginingizni kiriting.
-
OK tugmasini, keyin Update tugmasini bosing.
-
Yandex Kalit yaratgan kodni kiriting. Parolingizni kiriting va OK tugmasini bosing.
Agar ikki bosqichli tekshiruvni yoqqan bo‘lsangiz, ammo endi kodlar yaratish uchun Yandex Kalitdan foydalanishni istasangiz:
-
LastPass saytiga kiring.
-
Chap tomondagi menyuda Account Settings bandini tanlang.
-
Ochilgan oynada Multifactor Options sahifasini bosing.
-
Google Authenticator satridagi qalam belgisiga bosing.
-
Regenerate Key satrida Regenerate havolasini bosib OK tugmasini bosing. Parolingizni tasdiqlang va Continue tugmasini bosing.
Endi Yandex Kalit yordamida ikki bosqichli tekshiruvni yana yoqishingiz mumkin. Koʻrsatma «Birinchi ulanish» sahifasida keltirilgan.
LastPass hisoblari uchun ikki bosqichli tekshiruv haqida batafsil axborot bilan xizmat axborotida (ingliz tilida) tanishish mumkin.
Microsoft
Agar siz hali ikki bosqichli tekshiruvni yoqmagan bo‘lsangiz:
-
Ikki bosqichli tekshirish blokida Yoqish tugmasini bosing.
-
Ochilgan sahifada Keyingisi tugmasini bosing.
-
Haqiqiylikni tekshirish uchun boshqa autentifikatsiya ilovasini sozlang variantini tanlang. QR-kod sahifasi ochiladi.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda Microsoftni tanlang. Brauzerda Shtrix kodni skanerlay olmayapman havolasini bosing, so‘ngra Kalitda Microsoft xizmatlari logini va ko‘rsatilgan maxfiy kalitni kiriting.
-
Ilova yaratgan kod maydonchasida Yandex Kalit kodini kiriting va Keyingisi tugmasini bosing.
-
Agar Windows Phonedan foydalanayotgan bo‘lsangiz, ko‘rsatmalarga rioya qiling, so‘ngra Keyingisi tugmasini bosing.
-
Ilovalar parollari haqidagi ma’lumot bilan tanishing, so‘ngra Tayyor tugmasini bosing.
Agar ikki bosqichli tekshiruvni yoqqan bo‘lsangiz, ammo endi kodlar yaratish uchun Yandex Kalitdan foydalanishni istasangiz:
-
Kirish yoki tekshirishning yangi usulini kiritish havolasini bosing va Ilovadan foydalanish bandini tanlang.
-
Haqiqiylikni tekshirish uchun boshqa autentifikatsiya ilovasini sozlang variantini tanlang. QR-kod sahifasi ochiladi.
-
Yangisini ulasangiz, eski sozlangan shaxsni tasdiqlash ilovasi ishlashdan to‘xtatishi haqidagi ogohlantirish ochiladi. Keyingisi tugmasini bosing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda Microsoftni tanlang. Brauzerda Shtrix kodni skanerlay olmayapman havolasini bosing, so‘ngra Kalitda Microsoft xizmatlari logini va ko‘rsatilgan maxfiy kalitni kiriting.
-
Ilova yaratgan kod maydonchasida Yandex Kalit kodini kiriting va Keyingisi tugmasini bosing.
Microsoft hisoblari uchun ikki bosqichli tekshiruv haqida xizmat axborotida batafsil ma’lumot olish mumkin.
Slack
Agar siz hali ikki bosqichli tekshiruvni yoqmagan bo‘lsangiz:
-
Hisobingiz xavfsizlik sozlamalari sahifasiga kiring.
-
Ikki bosqichli tekshiruv blokida Yoyish tugmasini bosing.
-
Ikki bosqichli tekshiruvni sozlash tugmasini bosing.
-
Slack joriy parolini kiriting va Parolni tasdiqlash tugmasini bosing.
-
Ilovadan foydalanish blokini bosing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda Slackni tanlang. Brauzerda Shtrix kodni skanerlash imkoni bo‘lmayaptimi? havolasini bosing, keyin Kalitda Slack logini va ko‘rsatilgan maxfiy kalitni kiriting.
-
Yandex Kalit tomonidan yaratilgan kodni Tekshirish kodini kiriting blokida kiriting va Kodni tekshirish va faollashtirish tugmasini bosing.
Yandex Kalit biror sababga binoan ishlamasa, SMS kodlar olish uchun telefon raqamini tasdiqlashingiz mumkin.
Agar ikki bosqichli tekshiruvni yoqqan bo‘lsangiz, ammo endi kodlar yaratish uchun Yandex Kalitdan foydalanishni istasangiz:
-
Ikki faktorli autentifikatsiya blokida Yoyish tugmasini bosing.
-
Ikki bosqichli tekshiruvni faolsizlantirish tugmasini bosing.
Endi Yandex Kalit yordamida ikki bosqichli tekshiruvni yana yoqishingiz mumkin. Koʻrsatma «Birinchi ulanish» sahifasida keltirilgan.
Slack uchun ikki bosqichli tekshiruv haqida batafsil axborot bilan xizmat axboroti (ingliz tilida) orqali tanishing.
TeamViewer
Agar siz hali ikki bosqichli tekshiruvni yoqmagan bo‘lsangiz:
-
Hisobingiz xavfsizlik sozlamalari sahifasiga kiring.
-
Ikki bosqichli tekshiruv blokida Ikki faktorli tekshiruvni faollashtirish havolasini bosing.
-
Ochilgan oynada Davom etish tugmasini bosing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda TeamViewerni tanlang. Brauzerda maxfiy kodni qo‘lda kiritish havolasini bosing, Kalitda TeamViewer logini va ko‘rsatilgan maxfiy kalitni kiriting.
-
Davom etish tugmasini bosing.
-
Qayta tiklash kodini yozib oling yoki chop eting.
-
Yandex Kalit yaratgan kodni kiriting va Faollashtirish tugmasini bosing.
Agar ikki bosqichli tekshiruvni yoqqan bo‘lsangiz, ammo endi kodlar yaratish uchun Yandex Kalitdan foydalanishni istasangiz:
-
Haqiqiylikning ikki faktorli tekshiruvi blokida Faolsizlantirish havolasini bosing.
-
Yandex Kalit yaratgan kodni kiriting va Faolsizlantirish tugmasini bosing.
Endi Yandex Kalit yordamida ikki bosqichli tekshiruvni yana yoqishingiz mumkin. Koʻrsatma «Birinchi ulanish» sahifasida keltirilgan.
TeamViewer hisoblari uchun ikki bosqichli tekshiruv haqida batafsil axborot bilan xizmat axboroti (ingliz tilida) orqali tanishing.
Tumblr
Agar siz hali ikki bosqichli tekshiruvni yoqmagan bo‘lsangiz:
-
Xavfsizlik blokida Ikki bosqichli tekshiruv tanlagichiga bosing.
-
Parolni kiriting, keyin Yuborish tugmasini bosing.
-
Tekshiruv uchun ilovada kod yaratish tanlagichini yoqing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
QR kod toʻgʻri skanerlanmasa, Tumblr yordam xizmatiga murojaat qiling.
-
Shtrixkod ostidagi maydonchaga Yandex Kalit kodini kiriting va Yoqish tugmasini bosing.
Agar ikki bosqichli tekshiruvni yoqqan bo‘lsangiz, ammo endi kodlar yaratish uchun Yandex Kalitdan foydalanishni istasangiz:
-
Xavfsizlik blokida Ikki bosqichli tekshiruv tanlagichini faolsizlantiring.
-
Tumblrdagi parolingizni kiriting va Faolsizlantirish tugmasini bosing.
-
Tekshiruv uchun ilovada kod yaratish tanlagichini yana yoqing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlash amalga oshmasa, Tumblr yordam xizmatiga murojaat qiling (sahifa ostidagi Support havolasi).
-
Shtrixkod ostidagi maydonchaga Yandex Kalit kodini kiriting va Yoqish tugmasini bosing.
Tumblr hisoblari uchun ikki bosqichli tekshiruv haqida batafsil axborot bilan xizmat axborotida tanishish mumkin.
WordPress
Agar siz hali ikki bosqichli tekshiruvni yoqmagan bo‘lsangiz:
-
Ikki faktorli autentifikatsiya sozlamalari sahifasiga kiring.
-
Ilova bilan o‘rnatish bandini tanlang va Davom eting tugmasini bosing.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda WordPressni tanlang. Brauzerda Shtrix kodni skanerlash imkoningiz bo‘lmayaptimi? havolasini bosing, keyin Kalitda wordpress.com sayti logini va ko‘rsatilgan maxfiy kalitni kiriting.
-
QR kod yonidagi maydonchaga Yandex Kalit kodini kiriting va Yoqish tugmasini bosing.
-
Keyingi bosqichda zaxira kodlarini yozib oling yoki chop eting va Zaxira kodlari chop etilgan yoki saqlangan bayroqchasini belgilang. Keyin Tayyor tugmasini bosing.
Agar ikki bosqichli tekshiruvni yoqqan bo‘lsangiz, ammo endi kodlar yaratish uchun Yandex Kalitdan foydalanishni istasangiz:
-
Davom eting ikki faktorli autentifikatsiya sozlamalari sahifasi.
-
Ikki bosqichli tekshiruvni faolsizlantirish tugmasini bosing.
-
Tekshiruv kodini kiriting va Ikki bosqichli tekshiruvni faolsizlantirish tugmasini bosing.
Endi Yandex Kalit yordamida ikki bosqichli tekshiruvni yana yoqishingiz mumkin. Koʻrsatma «Birinchi ulanish» sahifasida keltirilgan.
WordPress hisoblari uchun ikki bosqichli tekshiruv haqida batafsil axborot bilan xizmat axboroti (ingliz tilida) orqali tanishing.
Boshqa xizmatlar
Yandex Kalitga 6 yoki 8 xonali bir martalik parollar (masalan, Google Authenticator yordamida) ishlaydigan istalgan xizmatni kiritish mumkin. Agar allaqachon kod generatoridan foydalansangiz, avval uni faolsizlantirishingiz lozim bo‘lishi mumkin.
Yandex Kalitda aniq ishlamaydigan xizmatni kiritish uchun:
-
Ikki bosqichli tekshiruvni yoqqanda yoki sozlaganda kod generatoriga kiritilishi lozim bo‘lgan QR kod yoki maxfiy kalitni toping.
-
Telefoningizda Yandex Kalitni oching va yangi hisobni kiritish uchun «+» tugmasini bosing. Ilova brauzerda koʻrsatilgan QR kodni suratga olishni taklif qiladi.
Agar QR kodni toʻgʻri skanerlay olmasangiz, hisobni qoʻlda kiritishingiz mumkin. Buning uchun kamera olgan rasm ostidagi so‘zlarga bosing. Keyin Boshqa xizmatni tanlashni bosing va tavsiya etilgan roʻyxatda Boshqa xizmatni tanlang. Xizmat nomi, kirishda foydalanadiganingiz login va maxfiy kalitni kiriting.
-
Xizmatda Kalit yaratgan kodni kiriting. Barchasi toʻgʻri sozlangan boʻlsa kod qabul qilinadi va ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanish mumkin boʻladi.