Ma’lumotlarni o‘chirish

Yandex o‘chirib tashlaganingizdan keyin ma’lumotlaringizni qayta ishlashni to‘xtatadi. Ular sizning hisobingizdan o‘chadi, barcha uchun, jumladan Yandex uchun ham yopiladi va ularning ko‘pi serverlardan o‘chiriladi.

Biroq, Yandex ayrim ma’lumotlarni muayyan muddat saqlab turishi lozim — buni qonunlar yoki kelishuv shartlari talab qilishi mumkin.

Yandex tranzaksiyalarga oid ayrim ma’lumotlarni, masalan, to‘lov amalga oshgani yoki tovar olingani haqidagi ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida saqlab turishi mumkin.

Axborotni tarqatuvchi sifatida Yandex quyidagilarni saqlashi kerak:

  1. Ovozli axborot, yozma matn, tasvirlar, tovushlar, videoxabarlar yoki foydalanuvchilarning boshqa elektron xabarlarini qabul qilish, uzatish, yetkazib berish va (yoki) qayta ishlash faktlari va ushbu foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarini ushbu harakatlar amalga oshirib bo‘lingandan keyin bir yil davomida.
  2. Foydalanuvchilarning matnli xabarlari, ovozli ma’lumotlar, tasvirlar, tovushlar, videoxabarlar va boshqa elektron xabarlar qabul qilish, uzatish, yetkazib berish va (yoki) qayta ishlash muddati tugagan paytdan boshlab olti oygacha.

Bunday talablar har qanday nashr etilgan kontentga va foydalanuvchi xabarlariga nisbatan tatbiq etiladi. Masalan, Pochta yoki Messenger yozishmalari xizmatdan oʻchirib tashlanganidan bir yarim yildan keyin yoʻq qilinadi, xabar yuborilgani haqidagi axborot esa – bir yildan keyin.

Yordam xizmatiga yozish