---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.5
alternate:
  - https://yandex.uz/support/id/ru/delete.md
  - https://yandex.uz/support/id/uz/delete.md
keywords:
  - p
  - o
  - c
  - h
  - t
  - a
  - ' '
  - q
  - u
  - i
  - s
  - 'n'
  - ʻ
  - r
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/id/uz/llms.txt


# Hisobni o‘chirish


{% note alert %}

Hisobingiz o‘chirilganda, barcha ma’lumotlaringiz to‘liq va tiklanmaydigan bo‘lib o‘chiriladi. Yordam xizmati sizga o‘chirilgan ma’lumotlarni tiklashga yordam berolmaydi.

{% endnote %}


[Yandex xizmatlarida saqlanadigan barcha ma’lumotlaringiz](https://yandex.uz/support/id/uz/data.md) Yandex ID hisobingizga biriktirilgan. Hisobni o‘chirganda xizmatlardagi barcha ma’lumotlarni ham o‘chirasiz – Pochtadagi xatlar, Diskdagi fayllar va boshqalar.

Xizmatlardan birida [yuzaga kelgan muammoni](https://yandex.uz/support) yechish uchun butun hisobni o‘chirishga shoshilmang. Yordam xizmatiga doim koʻmak soʻrab murojaat qilishingiz mumkin.


## Hisob qanday o‘chiriladi {#how-to}

1. [Maʼlumotlar](https://id.yandex.uz/personal) sahifasiga oʻting.
1. Oxirigacha varaqlab, **Hisobni oʻchirish** tugmasini bosing.
1. Oʻchirish sababini aniqlashtiring.



## Kirishga ruxsatni tiklash va loginni qayta registratsiya qilish {#blocked}

Hisob raqamini oʻchirish jarayoni [toʻliq](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone-number.md#full-login) (Yandexda hisob uchun login va parol yaratgan) va soddalashtirilgan registratsiyadan ([telefon raqami](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone-number.md#login-phone), [email manzili](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/lite.md#login-mail) orqali) oʻtgan foydalanuvchilar uchun farq qiladi.

**To‘liq registratsiya**

 
Hisob o‘chirilganda 30 kunga muzlatiladi. Bu vaqt ichida siz [hisobni](https://yandex.uz/support/id/uz/support-restore.md) va unga ulangan ma’lumotlarni (email orqali xatlardan tashqari) tiklashingiz mumkin. Hisob butunlay o‘chirilgach, [xuddi shunday loginga ega](#blocked) hisobni registratsiya qilish uchun yana kamida 6 oy o‘tishi kerak.

**Soddalashtirilgan registratsiya**


Butunlay o‘chirilganidan keyin xuddi shunday loginli hisobni registratsiya qilish uchun yana kamida 6 oy o‘tishi kerak bo‘ladi. Oʻchirilgan hisob loginini u oʻchirilishi bilan hech kim egallab ololmaydi. Loginlarni bo‘shatish tartibi avtomatik ravishda bajariladi, shuning uchun biz buning qachon yuz berishini bilmaymiz va sanani o‘zgartira olmaymiz.

Agar [Direct](https://direct.yandex.uz), [Biznes uchun Yandex 360](https://admin.yandex.ru/) xizmatidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, hisobni butunlay o‘chirib bo‘lmaydi: boshqa xizmatlardagi ma’lumotlaringiz o‘chiriladi va login bloklanadi. Hisobdan foydalanib bo‘lmaydi, loginni esa qayta registratsiya qilib bo‘lmaydi.


## Kimdir sizning hisobingizni o‘chirgan bo‘lsa {#security}

Biz sizning hisobingizni kim va qanday qilib o‘chirganini aniqlash uchun texnik imkoniyatga ega emasmiz. Agar **to‘liq** registratsiyadan o‘tgan bo‘lsangiz, [Hisobni o‘chirish](https://yandex.uz/support/id/uz/support-restore.md) tugmasini bosgandan keyin 30 kun ichida siz unga [kirishni tiklashingiz](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone-number.md#full-login) mumkin.

Agar hisobingiz sizning xabaringizsiz o‘chirilgan bo‘lsa, bu parolingiz yoki nazorat savoliga javobingizni kimdir bilib olganidan darak beradi. Kelajakda bunday muammolarning oldini olish uchun bizning [Hisobingiz himoyasi](https://yandex.uz/support/id/uz/security.md) bo‘limidagi ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqing.


<!-- source: uz/_includes/feedback.md -->
<a href="uz/feedback">
  <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>



<!-- endsource: uz/_includes/feedback.md -->

