---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.5
alternate:
  - https://yandex.uz/support/id/ru/data/public-data.md
  - https://yandex.uz/support/id/uz/data/public-data.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/id/uz/llms.txt

# Ommaviy ma’lumotlar

Yandex xizmatlarida turli kontentlarni nashr qilishingiz mumkin: maqolalar, rasmlar, videolar, reklamalar, so‘rovlar, savol-javoblar, baholashlar va sharhlar. Nashr etilgan bunday materiallar _hammaga ochiq identifikatorlaringiz_ bilan imzolanadi: surat, ism va ommaviy hisobga havola.

Bu boshqa foydalanuvchilarga kontentingiz bilan tanishish, hisobingizga obuna bo‘lish va yangi nashrlar haqida xabar olish va siz bilan bog‘lanish imkonini beradi.


{% note info %}

Yodda tuting, ochiq profil surati, hisob nomi va manzili [Yandex xizmatlaridan foydalanish kelishuvi shartlari](https://yandex.uz/legal/rules) va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

{% endnote %}

## Fikr-mulohazalaringiz va baholaringiz  {#review}

Yandex shaharda ishlaydigan barcha tashkilotlar, joylar, mahsulotlar, o‘yinlar, kitoblar, filmlar haqida sharhlar to‘playdi. Sharh yozish uchun [Ma’lumotlar](https://id.yandex.uz/personal) sahifasi **Ommaviy ma’lumotlar** bo‘limida **Sharhlar va baholaringiz** tugmasini bosing.

## Ommaviy manzilni kiritish {#change-address}

Odatda Yandex saytidagi ommaviy hisob manzili avtomatik ravishda yaratiladi. Bu Yandex xizmatlarida ommaviy hisobingizga havolalarda ishlatiladi.

Ommaviy hisobni topish va targ‘ib qilishni osonlashtirish uchun yaratilgan identifikatorni [Ma’lumotlar](https://id.yandex.uz/personal) yorlig‘ida **Ommaviy ma’lumotlar** bo‘limida o‘z identifikatoringizga almashtiring. Hisob manzilida ingliz alifbosidagi harflar, raqamlar, nuqtalar va chiziqlardan foydalanishingiz mumkin.

Hisob manzilini faqat ikki marta o‘zgartirishingiz mumkin: bir marta yaratilgan identifikator o‘rniga foydalanuvchi identifikatori qiymatini belgilash, yana bir marta esa belgilab bo‘lingan identifikatorni o‘zgartirish, masalan: 

#|
||
**Hisob manzili**
|
**Sahifa identifikatori**
|

||
||
https://yandex.uz/user/**z7574jvvcbe9vgwc0**
|
z7574jvcbe9vgwc0
|
— avtomatik ravishda yaratilgan
||
||
↓
|
↓
|

||
||
https://yandex.uz/user/**yandex**
|
yandex
|
— birinchi foydalanuvchi qiymati
||
||
↓
|
↓
|

||
||
https://yandex.uz/user/**yandex-arcady**
|
yandex-arcady
|
— ikkinchi foydalanuvchi qiymati
|||#

Bu bizning barcha oldingi manzil variantlarini saqlashimiz bilan bog‘liq. Shu orqali, foydalanuvchilar sizning eski havolalar yordamida rasmiy hisobingizni topishlari mumkin bo‘ladi.

Ommaviy hisobning manzili unikaldir:
- Ikkita foydalanuvchida ham yaratilgan identifikator, ham foydalanuvchi identifikatori qiymatlari mos kelmaslishi imkonsiz.
- Oshkoa manzil boshqa foydalanuvchilarning loginlariga mos kelmaydi, ammo foydalanuvchining o‘z loginiga mos kelishi mumkin.

Harflarning registri o‘ziga xoslikka ta’sir qilmaydi.

## Huquqlarning buzilishi {#copyright}

Ochiq ism mavjud qonunchilik va axloq normalarini buzishi mumkin emas. Unda quyidagilar bo‘lmasligi lozim: 
- Behayo so‘zlar, behayo ildizga ega so‘zlar, yulduzchalar yoki nuqtalar bilan yashirilgan qo‘pol iboralar va so‘zlar.
- Pornografiya.
- Qonunni buzadigan ma’lumotlar, masalan, jinsga, irqqa va millatga qaratilgan nafrat qo‘zg‘atish, jinoyatga chaqiriqlar, ommaviy tartibsizliklarga chaqiriqlar.
- Spam, reklama, promo kodlar va havolalar.
- Davlat idoralari yoki siyosiy harakatlarning rasmiy nomlari va ismlari, shu jumladan, to‘liq yoki qisqartirilgan nomlari, mansabdor shaxslarning nomlari yoki lavozimlari, kompaniya va tovar nomlari, sayt nomlari, axborot resurslari, kanallar. Undan tashqari, agar sizda ularga nisbatan huquqingiz bo‘lmasa, rasmiy hisob nomi, surati va manzilida ro‘yxatga olingan tovar belgisi yoki firma nomini bildiruvchi elementlar bo‘lmasligi lozim.

Agar Yandex foydalanuvchisining ochiq identifikatorlar axloqiy me’yorlarni yoki shaxsiylashtirish vositalariga, masalan, savdo belgisiga bo‘lgan huquqlaringizni buzsa, [shaklni to‘ldiring](https://forms.yandex.ru/surveys/10020036.ef10362168a1bf33697a42d4d9884cc5c900744a/).



 {% include [feedback](../_includes/feedback.md) %}


{% included (../_includes/feedback.md) %}
<a href="uz/feedback">
  <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




{% endincluded %}