---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.5
alternate:
  - https://yandex.uz/support/id/ru/data.md
  - https://yandex.uz/support/id/uz/data.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/id/uz/llms.txt

# Xizmatlardagi ma’lumotlar 


[English version](https://yandex.com/support/passport/data.html)


[Ma’lumotlar](https://id.yandex.uz/personal) sahifasida Yandex saqlaydigan ma’lumotlarni boshqarishingiz mumkin. Masalan, hozir Yandex xizmatlarida saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar [arxivini yuklab olish](https://yandex.uz/support/id/uz/data.md#archive) yoki [axborotlarni o‘chirishingiz](https://yandex.uz/support/id/uz/data.md#remove) mumkin.

## Ma’lumotlarni yuklab olish {#archive}

Hisobingiz arxivini olish uchun:

1. [Maʼlumotlarni boshqarish](https://id.yandex.uz/personal#data-management) boʻlimida **Xizmatlardagi maʼlumotlar** tugmasini bosing va kerakli Yandex ID bilan kirganingizga ishonch hosil qiling.
1. Foydalanuvchi ma’lumotlarini boshqarish sahifasida xizmatni tanlang va **Ma’lumotlar arxivini yuklab olish** bandini bosing.

Odatda arxivni shakllantirishga bir sutka ichida yuz beradi, lekin 30 kungacha vaqtni olishi ham mumkin.

Yuklash holati haqida [Foydalanuvchining maʼlumotlarini boshqarish](https://passport.yandex.uz/profile/data) sahifasidagi axborot orqali bilish mumkin. Arxiv tayyor boʻlgach, u **Buyurtma arxivlar roʻyxati** boʻlimida koʻrinadi. U yerda arxivni chiqarish uchun parolni topasiz.

Arxivni Windows yoki Linux OTda ishlaydigan kompyuteringizga oldindan o‘rnatilgan arxivator yordamida ochishingiz mumkin. macOS uchun 7-zip formatini qo‘llab-quvvatlaydigan arxivator o‘rnatishingiz lozim, masalan, [The Unarchiver](https://theunarchiver.com).

Har bir xizmatdan olingan ma’lumotlar arxiv ichidagi tegishli papkalarda joylashgan. Ma’lumotlar formati xizmatga bog‘liq, ammo faqat XML, JSON va CSV formatlari ishlatiladi.


## Ma’lumotlarni o‘chirish {#remove}

Maʼlumotlarni oʻchirish uchun:

1. [Maʼlumotlar](https://id.yandex.uz/personal) sahifasini oching va xizmatga kerakli Yandex ID bilan kirganingizga ishonch hosil qiling.
1. **Ma’lumotlarni boshqarish** bo‘limida **Xizmatlardagi ma’lumotlar** tugmasini tanlang.
1. Foydalanuvchi ma’lumotlarini boshqarish sahifasida xizmatni tanlang va qanday ma’lumotlarni o‘chirish kerakligini ko‘rsating.
1. Ochilgan oynada **O‘chirish** tugmasini bosing. Agar ma’lumotlarni o‘chirish fikridan qaytsangiz, **Bekor qilish** tugmasini bosing.


## Savol va javoblar {#faq}

### Arxiv hali ham yuklash uchun tayyor emas {#no-archive}

Arxivning yaratilishiga 30 kungacha vaqt ketishi mumkin. Agar bu muddatdan keyin arxivni baribir yuklab ololmasangiz, sahifaning ostidagi shakl orqali yordam xizmatiga murojaat qiling.

### Arxivdagi ayrim fayllar ochilmayapti {#broken-files}

Ma’lumotlarni qaytadan yuklashga urining: [Yandexdagi ma’lumotlaringiz](https://passport.yandex.uz/profile/data) sahifasini oching, xizmatni tanlab, **Maʼlumotlar arxivini buyurtma qilish** tugmasini bosing.

### Arxivda ayrim ma’lumotlar yo‘q {#data-absent}

Ayrim xizmatlar sizning ma’lumotlarni saqlamasligi yoki ushbu ma’lumotlarni saqlash muddatiga cheklov o‘rnatishi mumkin. Shuning uchun arxivda siz kutgan barcha ma’lumotlar bo‘lmasligi mumkin.

### Agar men ma’lumotlarni ushbu sahifa yordamida o‘chirib tashlasam, ular darhol yo‘qoladimi? {#data-delete}

Siz tanlagan barcha ma’lumotlar barcha xizmatlardan o‘chib ketadi. Shu vaqtdan boshlab hech kim ularga kira olmaydi, Yandexning o‘zi esa ulardan foydalanishni to‘xtatadi. Bu ma’lumotlarning katta qismi barcha xizmatlardan darhol o‘chiriladi.

Ayrim ma’lumot turlarini — masalan, fikrlarni — Yandex qonunga asosan bir necha yil davomida saqlashi kerak. Ular qonun talab qilgan muddat tugashi bilan butunlay o‘chiriladi. Ma’lumotlarni saqlash muddatlari haqida batafsil axborot bilan [Ma’lumotlarni o‘chirish](https://yandex.uz/support/id/uz/deleting-data.md) bo‘limida tanishish mumkin.

Agar savolingizga javob topmasangiz, bizga yozing.

<div class="cut-button">

{% cut "Yordam xizmatiga yozish" %}

<div style="padding: 15px;
     margin: 10px 0;
     background: #FFFFFF;
     border-radius: 10px;
     border: 1px solid var(--yc-color-line-generic);">
  <iframe style="background: #FFFFFF;"
        height="700"
        width="100%"
        frameborder="0"
        src="https://forms.yandex.ru/surveys/10014846/?&iframe=1&lang=uz">
  </iframe>
</div>

{% endcut %}

</div>

<!-- source: uz/_includes/style-forms.md -->

<!-- endsource: uz/_includes/style-forms.md -->
