Bank kartalari va hisobraqamlar
Yandex xizmatlari va hamkorlarning do‘konlarida tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni tezroq amalga oshirish uchun bank kartasi yoki hisobraqamini Yandex ID bilan ulashingiz mumkin. To‘lov paytida har safar bu karta yoki hisobraqamlarni kiritishga shart emas - ular avtomatik kiritiladi. Kartalar uchun CVC/CVV kodini kiritish talab qilinisih mumkin.
Quyidagilarni amalga oshirsangiz, karta Yandex ID hisobingizga ulanadi va hisobingizda chiqadi:
- Yandex ID hisobiga uning maʼlumotlarini kiriting;
- uni Yandex ilovasi yoki xizmatida (masalan, taksi) qo‘shing;
- undan Yandex xizmatida xarid qilishda to‘lang (masalan, Yandex Afishada chiptalar) va to‘lov ma’lumotlarini saqlashga ruxsat bering.
Bank hisobini faqat Yandex Pay orqali toʻlash paytida ulash mumkin.
Karta yoki hisobraqamni Yandex ID yoki ular ulalgan xizmat sozlamalarida uzish mumkin.
Diqqat
Karta yoki hisobraqam muayyan xizmat yoki Yandex ilovasiga emas, sizning Yandex ID hisobingizga ulaladi. U suz shu hisob yordamida kiradigan barcha xizmatlar uchun ishlatiladi. Masalan, agar kartani Yandex ID hisobingizga Disk orqali ulagan va keyin shu hisob yordamida Music xizmatida obuna xarid qilgan bo‘lsangiz, to‘lov ushbu ulangan kartadan yechiladi. Obuna uzaytirilganda sozlangan avtomatik to‘lovlar ham xuddi shu kartadan yechiladi.
Qanday kartalarni ulash mumkin
Visa, Visa Electron, MasterCard, Maestro, «Mir» to‘lov tizimlarining debet va kredit kartalarini ulash mumkin. Agar karta uchun Internetda xaridlar qilish taqiqlangan bo‘lsa, karta ulanmasligi mumkin. Bu haqda bankingizdan surishtiring.
Karta 3-D Secure texnologiyasi yordamida himoya qilinishi lozim, aks holda, u ulanmaydi. Odatda banklar ushbu himoya funksiyasini standart funksiya sifatida biriktirishadi. Bu holda, Internetdagi barcha to‘lovlarni bank yuboradigan SMSdagi bir martalik parollar yordamida tasdiqlash kerak bo‘ladi. Agar kartangiz uchun bunday himoya oʻrnatilmagan boʻlsa, kartani chiqargan bankka murojaat qiling.
Karta
- Yandex Pay sahifasini oching.
- Toʻlov usullari boʻlimida Kartani Pay hisobiga qoʻshish tugmasini bosing.
- Karta raqami va uning amal qilish muddatini koʻrsating.
- CVC yoki CCV kodni kiriting (odatda kartaning orqa tomonida joylashgan).
- Qoʻshish tugmasini bosing.
Kartani teksirish uchun hisobingizga kartadan kichik summa yechiladi (11 ₽ atrofida). Pul yechilmaydi va tekshiruv yakuniga yetgach, yana qaytariladi. Agar summa qaytmagan boʻlsa, sahifaning ostidagi shakldan foydalanib, yordam xizmatiga karta raqami, Yandex ID hisobingiz va karta ulangan Yandex xizmati nomini xabar qiling.
Bank hisobraqamini Yandex Pay orqali toʻlov paytida ulash mumkin:
- Yandex Pay orqali xaridlarni toʻlashga oʻting.
- SBP orqali hisobraqamdan tugmasini tanlang.
- Ochiladigan roʻyxatda kerakli bankni tanlab, Ochish tugmasini tanlang.
- Bank ilovasida xaridni toʻlang.
- Toʻlovdan keyin Tezkor toʻlovni ulash yoki Hisobraqamni ulash tugmasini bosing.
Endi SBP yordamida Yandex Pay orqali xaridlarni tasdiqlamasdan toʻlashingiz mumkin.
Bir nechta ulangan karta va hisobraqamdan qanday foydalaniladi
Siz bir nechta karta va hisobraqamni ulashingiz mumkin. Shunda chiptalar, filmlar yoki obunalar xarid qilganda xizmat toʻlov uchun karta yoki hisobraqamni tanlashni taklif qiladi.
Drive va Taxi kabi xizmatlar uchun birlamchi sifatda foydalaniladigan kartani koʻrsatish mumkin. Buni bu xizmatlarning ilovalari sozlamalarida amalga oshirish mumkin.
Yandex ID hisobida men qo‘shmagan karta bor
Balki siz uni boshqa Yandex xizmatida ulagandirsiz. Agar Yandex ID’da boshqa karta raqami aks etsa, uni uzish mumkin. Agar hisobingizdagi bank kartasini boshqa kimdir qo‘shgan deb hisoblasangiz:
- Kartani uzing.
- Yandexda hisobdan chiqing (Xavfsizlik yorligʻida Barcha qurilmalarda chiqish tugmasini bosing).
- Yandex ID yordamida kiring va parolni oʻzgartiring.
Karta yoki hisobraqam qanday uziladi
- Yandex Pay sahifasini oching.
- Toʻlov usullari boʻlimida keraksiz karta yoki hisobraqamni tanlang.
- Oʻchirish tugmasini bosing.
Yordam xizmatiga yozish
Tekshirish kodi. Internetda to‘lovlarni amalga oshirishda karta egasini qo‘shimcha aniqlashda ishlatiladi. Odatda kartaning orqa tomoniga joylashtiriladi.