---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.5
alternate:
  - https://yandex.uz/support/id/ru/authorization/twofa-restore.md
  - https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/twofa-restore.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/id/uz/llms.txt

# Yandex Kalit bilan hisobga kirishni tiklash

Agar Yandex Kalit ilovasi mavjud bo‘lgan telefon yo‘qolsa yoki buzilsa, kirish huquqini tiklash kerak bo‘lishi mumkin. Telefoningizni topgan odam [hisobingizga kirishi mumkinligini](#lost-phone) unutmang.

Kirishni tiklash uchun sizga Yandex ID hisobingizga ulangan telefon raqami kerak bo‘ladi.

Agar kerakli telefon raqamiga kirish imkoniga ega bo‘lmasangiz, [yordam xizmatiga murojaat qilish uchun anketani](https://yandex.uz/support/id/uz/support-restore.md#questionnaire) to‘ldiring.

Hisobingizga kirishni muvaffaqiyatli tiklaganingizda:

- bir martalik parol bilan kirish faolsizlantiriladi;
- [ilovalarning eski parollari](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/app-passwords.md) ishlashdan to‘xtaydi;
- barcha saytlar va ilovalar hisobingizga kirish imkoniyatini yo‘qotadi.

Kirish tiklagandan keyin siz qaytadan [bir martalik parollar yordamida kirishni yoqishingiz](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/twofa-on.md) mumkin.

## «Bir martalik parol» kirish usuli {#procedure-1}

Agar Yandexga [bir martalik parol](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/otp.md) bilan kirsangiz:

1. [Kirish huquqini tiklash](https://passport.yandex.uz/restoration) sahifasiga kiring.
1. Shaklni to‘ldiring va **Keyingisi** tugmasini bosing.
1. Yandex ID hisobingizga biriktirilgan telefon raqamini tasdiqlang:
    
    1. Kiritish katagida raqamni kiriting va **Kodni olish** tugmasini bosing. Sizga SMS-kod yuboriladi.
    
    1. Qabul qilingan kodni ko‘rsatilgan maydonchaga kiriting.
    
    Agar ulangan telefon raqamidan foydalanish imkoningiz bo‘lmasa yoki uni eslay olmasangiz, yordam xizmatiga murojaat qilish uchun **Tiklab bo‘lmayaptimi?** havolasiga kiring. Haqiqiy telefon raqamisiz mustaqil ravishda kirishni qayta tiklash imkoni yo‘q.
    
1. SMS orqali kodni olganingizdan va uning to‘g‘ri kiritganingizdan keyin sizga PIN kodni kiritish taklif qilinadi.
    
    Agar bir martalik parollarni sozlashda PIN kod yaratgan bo‘lsangiz, uni kiriting. Aks holda, **Men PIN kodni bilmayman** tugmasini bosin, shundan keyin [kiritishni tiklash anketasini](https://passport.yandex.uz/restoration/form) to‘ldiring.
    
    PIN kod 10 martadan ortiq xato kiritilganida kirish huquqini tiklash avtomatik bloklanadi. Bunday holatda [kirishni tiklash uchun anketani to‘ldirishingiz](https://passport.yandex.uz/restoration/form) ham zarur.
    
1. Agar PIN-kod bexato kiritilgan bo‘lsa, hisobingizga yangi parol o‘rnatishingiz mumkin. Shundan keyin bir martalik parol bilan kirishni qayta yoqish mumkin bo‘ladi.
    

<!-- source: uz/_includes/authorization/twofa-off/id-twofa-off/apppw.md -->
Tashqi ilovalar va pochta jamlovchilari uchun siz [yangi ilovalar parollarini](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/app-passwords.md) yaratishingiz kerak bo‘ladi, chunki hisobingiz uchun bir martalik parolni faolsizlantirgandan keyin hisobingiz uchun eski parollar ishlashdan to‘xtaydi. Yangilarini [ilovalar parollarini boshqarish sahifasida](https://id.yandex.uz/security/app-passwords) yaratish mumkin.
<!-- endsource: uz/_includes/authorization/twofa-off/id-twofa-off/apppw.md -->



## «Parol + bir martalik parol» kirish usuli {#procedure-2}

Agar Yandexga [parol + bir martalik parol](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/password-plus-otp.md) bilan kirsangiz:

1. Agar Yandex hisobingizga boshqa qurilmada kirgan bo‘lsangiz, [Yandex ID shaxsiy kabinetiga](https://id.yandex.uz/security) kiring.
1. [Kirish usulini](https://yandex.uz/support/id/uz/auth.md#set-auth-methods) Kalitga ruxsat talab qilinmaydiganiganiga o‘zgartiring: **Parol + SMS** yoki **Oddiy parol**.
1. Parolni kiritish ekranida **Kalitga ruxsat yo‘q** bandini tanlang, SMS orqali keladigan tasddiqlash kodini kuting va uni chiqqan maydonga kiriting.
    Kod muvaffaqiyatli kiritilganida kirish usuli almashadi.

Agar hisobingizga kirish imkoniyati bo‘lmasa, [kirishni tiklash anketasidan](https://passport.yandex.uz/restoration/form) foydalaning.


## Agar Yandex Kalit ilovasi o‘rnatilgan telefonni yo‘qotgan bo‘lsangiz {#lost-phone}

Buzib kirish xavfini kamaytirish uchun:

1. Mobil operatoringiz ko‘rsatmalariga asosan SIM kartani bloklang ([MTS](https://support.mts.ru/mts_mobilnaya_svyaz/zamena-nomera-ili-sim-karti-i-pereoformlenie/chto-delat-esli-poteryalas-sim-karta), [MegaFon](https://moscow.megafon.ru/help/services/service/blokirovka_po_utrate.html) va [Bilayn](https://moskva.beeline.ru/customers/help/mobile/nomer-i-sim/blokirovka-sim) uchun ko‘rsatmalar). Shundan keyin hisobingizga kirishni faqat siz tiklay olasiz.
    
1. Yangi SIM karta oling va yuqoridagi ko‘rsatmalarga muvofiq hisobingizga kirishni tiklang.

<div class="cut-button">

{% cut "Yordam xizmatiga yozish" %}

<div style="padding: 15px;
     margin: 10px 0;
     background: #FFFFFF;
     border-radius: 10px;
     border: 1px solid var(--yc-color-line-generic);">
  <iframe style="background: #FFFFFF;"
        height="700"
        width="100%"
        frameborder="0"
        src="https://forms.yandex.ru/surveys/1959/?&iframe=1&lang=uz">
  </iframe>
</div>

{% endcut %}

</div>

<!-- source: uz/_includes/style-forms.md -->

<!-- endsource: uz/_includes/style-forms.md -->
