Kalit ilovasiga Yandex hisobini qoʻshish
Diqqat
Bu sahifadagi koʻrsatmalar Yandex hisobini Yandex Kalit ilovasiga qoʻshishda yordam beradi. Tekshiruv kodni Yandex uchun yaratmoqchi boʻlmasangiz, tashqi xizmatlar uchun koʻrsatmadan foydalaning.
Yandex xizmatlariga bir martalik parol bilan kirish uchun Android yoki iOS qurilmasiga Yandex Kalit ilovasini oʻrnating. Qurilma ruxsatsiz kirishda himoya usullari – PIN kod yoki biometriyani dastaklashi lozim.
Bu usulni yoqqandan keyin:
-
Barcha Yandex ilovalari, dasturlari va xizmatlari bir martalik parol talab qiladi.
-
Tashqi ilovalar va pochta toʻplovchilari uchun ilovalar parolini sozlash zarur.
-
Kirish huquqini tiklash jarayoni o‘zgaradi.
Bir martalik parolni yaratish uchun nafaqat Kalit ilovasidan foydalanish mumkin – TOTP RFC algoritmini dastaklovchi ikki faktorli autentifikatsiya uchun istalgan ilova mos keladi.
Yandex hisobi qanday qoʻshiladi
- Yandex Kalit ilovasini oʻrnating va oching.
- Yandex ID shaxsiy kabinetida Xavfsizlik sahifasini oching. Siz Kalit ilovasi yordamida kirishni sozlashni istagan hisobga kirganingizga ishonch hosil qiling.
- Kirish usuli boʻlimida Joriy usul tugmasini bosib, hisobga kirishning ikkita usulidan bittasini tanlang:
-
Ekran ostidagi Sozlashni boshlash tugmasini bosing.
-
Telefon raqamini tasdiqlang. Agar hisobingizga telefon raqami ulangan boʻlsa, brauzerda bu raqam koʻrinadi hamda uni tasdiqlash yoki oʻzgartirishni soʻraydi.
Agar joriy telefon raqami hisobingizga ulanmagan bo‘lsa, uni ulang, aks holda, kirishni mustaqil ravishda tiklay olmaysiz.
Bu qadamda SMS kod so‘rang va uni shaklga kiriting.
-
PIN kod yarating. 4 tadan 16 tagacha xonali PIN kod o‘ylab toping va uni ikki marta kiriting. Uni albatta to‘ldiring.
Diqqat
PIN kodni faqat siz bilasiz, va uni o‘zgartirish mumkin emas. PIN kodni unutmang, Yandex Kalit ilovasi toʻgʻri bir martalik parolni yarata olmaydi.
PIN kodni tasdiqlash uchun Saqlash tugmasini bosing.
-
Ilovada Hisob qoʻshish tugmasini bosing. Kalit ilovasi brauzerda aks etgan QR kodni skanerlash uchun kamerani yoqadi. Agar Kalit kameraga ruxsat so‘rasa, unga ruxsat bering. Bu hisoblarni qo‘shganda yoki QR kod orqali kirganda QR kodlarni aniqlash uchun kerak.
Agar QR kodni oʻqiy olmasa, brauzerda kirish usuli sozlamalari oynasida Mustaqil sahifasiga kiring, ilovada esa Mustaqil qoʻshish havolasini bosing. QR kod oʻrnida belgilar ketma-ketligi aks etadi – uni ilovaga kiriting.
Hisobni tanib, Kalit ilovasi siz sozlashning avvalgi qadamida yaratgan PIN kodni soʻraydi.
-
Sozlama yakunlandi. PIN kodni kiriting. Yandex Kalit ilovasi bir martalik parolni aks ettiradi. Sozlashni yakunlash uchun uni Yandex ID shaxsiy kabinetida kiriting. Agar xato ma’lumotlarni kiritsangiz, bir martalik parol bilan kirish yoqiladi. Hisobingiz ochiladi.
Bir martalik parol 30 soniya amal qiladi – ilovada aks etib turgan paytida uni kiritishga ulgurish kerak. Yangilanishga juda kam vaqt qolgan bo‘lsa, shunchaki yangisini kuting.
Agar bir martalik parolni to‘g‘ri kiritsangiz-u, lekin kirish usuli o‘zgarmasa, unda PIN kodni kiritishda adashgan bo‘lishingiz mumkin. Bu holatda bir martalik parol hosil qilinadi, lekin uning yordamida kirib bo‘lmaydi. PIN kodni qaytadan kiritishga urinign.
-
Ekran ostidagi Sozlashni boshlash tugmasini bosing.
-
Telefon raqamini tasdiqlang. Agar hisobingizga telefon raqami ulangan boʻlsa, brauzerda bu raqam koʻrinadi hamda uni tasdiqlash yoki oʻzgartirishni soʻraydi.
Agar joriy telefon raqami hisobingizga ulanmagan bo‘lsa, uni ulang, aks holda, kirishni mustaqil ravishda tiklay olmaysiz.
Bu qadamda SMS kod so‘rang va uni shaklga kiriting.
-
PIN kod yarating. 4-16 xonali PIN kod oʻylab toping va uni ikki marta kiriting. Uni albatta to‘ldiring.
-
Ilovada Hisob qoʻshish tugmasini bosing. Kalit ilovasi brauzerda aks etgan QR kodni skanerlash uchun kamerani yoqadi. Agar Kalit kameraga ruxsat so‘rasa, unga ruxsat bering. Bu hisoblarni qo‘shganda yoki QR kod orqali kirganda QR kodlarni aniqlash uchun kerak.
Agar QR kodni oʻqiy olmasa, brauzerda kirish usuli sozlamalari oynasida Mustaqil sahifasiga kiring, ilovada esa Mustaqil qoʻshish havolasini bosing. QR kod oʻrnida belgilar ketma-ketligi aks etadi – uni ilovaga kiriting.
-
Sozlamani yakunlang. Yandex Kalit bir martalik parolni aks ettiradi. Sozlashni yakunlash uchun uni Yandex ID shaxsiy kabinetida kiriting. Agar xato ma’lumotlarni kiritsangiz, bir martalik parol bilan kirish yoqiladi. Hisobingiz ochiladi.
Bir martalik parol 30 soniya amal qiladi. Uni ilovada ko‘rsatilib turgan vaqt davomida kiritishga ulgurish kerak. Yangilanishga juda kam vaqt qolgan bo‘lsa, shunchaki yangisini kuting.
Sharh
Bir martalik parollarni hosil qilish uchun nafaqat Kalitdan, balki RFC TOTP algoritmini dastaklaydigan istalgan ikki bosqichli tekshiruv ilovasidan foydalanish mumkin.
Agar Kalit ilovasining 3.0–3.2.1-versiyasini ishlatayotgan bo‘lsangiz, ilovani yangilang yoki ko‘rsatmalardan foydalaning.
Versiyani aniqlash
Ilovada yuqori chap burchakda belgisini bosing va Ilova haqida bo‘limini tanlang.
Tashqi xizmat hisobi qanday qoʻshiladi
Tekshiruv kodni Yandex uchun yaratmoqchi boʻlmasangiz, tashqi xizmatlar uchun koʻrsatmadan foydalaning.
Bir martalik parol bilan kirish sozlangan
Sharh
Agar kirish usullarida bir martalik parol bilan kirish sozlangan boʻlsa, bu sahifadan koʻrsatmalar asosida Kalit ilovasiga hisobni qoʻsholmaysiz.
Kerakli boʻlimni tanlang:
- Qoʻshilgan hisobni Kalit ilovasida boshqa smartfon yoki planshetga koʻchirish uchun Kalit hisobini koʻchirish boʻlimidagi koʻrsatmalardan foydalaning.
- Qurilmani almashtirganda, ilovani yoki Kalitdagi hisobni oʻchirib tashlaganda, agar yaratilgan boʻlsa, zaxira nusxadan hisobni tiklang yoki kirish uchun odatiy parolni tiklang va Kalit ilovasiga hisobni qaytadan qoʻshing.
- Tashqi xizmat hisobiga kirish usulini tiklash uchun uning xavfsizlik sozlamalariga oʻting. Koʻrsatmalar yordam bermasa, xizmat yordam xizmati bilan aloqaga chiqing.