Bir martalik parol orqali kirishni faolsizlantirish

Diqqat

Yandex Kalit hisobini o‘chirishdan oldin avval Yandex ID hisobida oddiy parolga qayting. Agar Kalitdan kirish usulini o‘zgartirmasdan hisobni o‘chirib tashlasangiz, ushbu hisobda bir martalik parol bilan kirishni faolsizlantira olmaysiz. Bunday holatda kirishni tiklash kerak bo‘ladi.

Oddiy parolga qaytish uchun:

  1. Xavfsizlik sahifasini oching.

  2. Kirish usuli bo‘limida joriy usulni bosing.

  3. Ro‘yxatda Parol + SMS yoki Oddiy parol bandini tanlang.

  4. O‘zgarishlarni tasdiqlash uchun ochilgan sahifada Yandex Kalitdan olingan bir martalik parolni kiriting.

  5. Hisob uchun oddiy parol kiritign.

Tashqi ilovalar va pochta jamlovchilari uchun siz yangi ilovalar parollarini yaratishingiz kerak bo‘ladi, chunki hisobingiz uchun bir martalik parolni faolsizlantirgandan keyin hisobingiz uchun eski parollar ishlashdan to‘xtaydi. Yangilarini ilovalar parollarini boshqarish sahifasida yaratish mumkin.

Yordam xizmatiga yozish