---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.5
alternate:
  - https://yandex.uz/support/id/ru/authorization/registration.md
  - https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/registration.md
keywords:
  - 'n'
  - a
  - z
  - o
  - r
  - t
  - ' '
  - s
  - v
  - l
  - i
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/id/uz/llms.txt


# Hisobni ro‘yxatdan o‘tkazish

Yandex IDni [registratsiya](https://passport.yandex.uz/registration) sahifasida, shuningdek, boshqa ko‘plab Yandex xizmatlari va ayrim rasmiy ilovalarda yaratish mumkin. Yandex xizmatlaridan foydalanish uchun bitta hisob yaratish yetarli.

## Ism va familiya {#name}

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida haqiqiy ism va familiyani ko‘rsatish tavsiya etiladi. Kirishga oid muammo yuz berganida yordam xizmati agar qolgan [muammolarni hal qilish usullari](https://yandex.uz/support/id/uz/feedback.md) yordam bermagan taqdirda bu ma’lumotlarni solishtirishi mumkin bo‘ladi.


## Login {#login}

Login — bu Yandex saytidagi hisobingizning unikal nomi bo‘lib, undan hisobga kirishda foydalanishingiz lozim bo‘ladi. Shuningdek, login Yandex Pochtangiz manzilini ham belgilaydi: agar `ivanov2009` loginini tanlasangiz, manzilingiz `ivanov2009@yandex.ru` boʻladi.

Loginlar uchun Yandex nuqta, chiziqcha, bosh va kichik harflarni farqlamaydi, shu bois `ivan.ivanov` logini `ivan-ivanov`, `ivan.Ivanov` yoki `Ivan-Ivanov` bilan bir xil hisoblanadi. Hisobingiz nomi yoki pochtangiz manzilini istalgan shaklda yozishingiz mumkin.

Shu bilan birga, Yandex xizmatlarida login siz uni ro‘yxatdan o‘tkazganda qanday shaklda ko‘rsatgan bo‘lsangiz shunday aks ettiriladi. Buni o‘zgartirishning imkoni mavjud emas.


{% note alert %}

Login raqam bilan boshlishi mumkin emas va unda pastki chiziq belgisi `_` boʻlmasligi kerak. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng loginni o‘zgartirish imkonsiz.

{% endnote %}



## Parol {#password}

Parol — hisobingizni himoya qilishning asosiy vositasidir. Parol uchta asosiy talabga javob berishi kerak:

- uni faqat siz bilishingiz lozim;
- uni eslab qolishingiz oson bo‘lishi lozim;
- uni aniqlab terish murakkab bo‘lishi lozim.


{% note alert %}

Hech qachon va hech kimga sizning hisobingizga kirishda foydalanish mumkin bo‘lgan parolni aytmang. Parolingizni qanchalik ko‘p odam bilsa, uni yovuz niyatli kishining bilish ehtimoli shunchalik katta bo‘ladi.

{% endnote %}


Sodda parollardan foydalanmang: `12345`, `qwerty`, `password` va h. Undan tashqari, parol sifatida ismingiz, familiyangiz, tugʻilgan kuningiz yoki pasport raqamingizdan foydalanmang – bu maʼlumotlarning barchasini begonalar bilishi mumkin.

Parol va hisobni yaxshiroq himoya qilish haqida batafsil axborotni [Hisobingizni himoya qilish](https://yandex.uz/support/id/uz/security.md) bo‘limida o‘qish mumkin.


## Telefon raqami {#phone}

Yandex ID hisobiga biriktirilgan telefon raqami hisobingizni qo‘shimcha ravishda himoyalaydi, parolni unutgan bo‘lsangiz, uni tiklashga yordam beradi va ko‘plab Yandex xizmatlari bilan o‘zaro aloqani yanada qulaylashtiradi.

Batafsil ma’lumot [Telefon raqamlarini biriktirish](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone.md) bo‘limida keltirilgan.


## Qo‘shimcha pochta manzili {#other-email}

Hisobga kirishni qayta tiklashni qo‘shimcha elektron pochta qutisi yordamida amalga oshirish mumkin. Agar parolni eslolmasangiz, Yandex biriktirilgan manzil orqali sizga ko‘rsatmalar yozilgan xatni yuboradi.

Shu bilan birga, agar Yandex asosiy pochta manziliga kirish paroli buzilgan deb hisoblasa, qo‘shimcha manzil yordamida kirishni tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Parolni qayta tiklashning eng oson yo‘li [mobil telefon](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone.md) orqali amalga oshirishdir.

Yangi manzilni qanday biriktirish haqidagi batafsil axborotni [Qo‘shimcha pochta manzillari](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/email.md) bo‘limida o‘qing.


## Nazorat savoli {#secret-question}

Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin siz hisobga kirishni tiklashning yana bir usuli sifatida nazorat savolini o‘rnatishingiz mumkin.

Parolni qayta tiklashning eng oson yo‘li [mobil telefon](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone.md) orqali amalga oshirishdir. Agar biror sababga ko‘ra siz uni hisobdan ajratgan bo‘lsangiz, nazorat savoli kerak bo‘lishi mumkin.

Nazorat savoli parolni o‘zgartirish imkonini beradi, shuning uchun savol va javobni ham parolni o‘ylab topgan kabi diqqat bilan yaratish lozim. Sizdan boshqa biror inson bilgan javobni yozmang. Haddan tashqari murakkab yoki noto‘g‘ri javob ham berish kerak emas — uni oson unutish mumkin.

Nazorat savolini [Xavfsizlik](https://id.yandex.uz/security) sahifasi **Tiklash usullari** bo‘limida sozlash yoki o‘zgartirish mumkin. Nazorat savolini almashtirish uchun eski savolning javobini kiriting.  Javobni toʻgʻri va kerakli klaviatura terilmasida kiritayotganingizga ishonch hosil qiling.

<!-- source: uz/_includes/problems/id-add-phone/support-answer-p.md -->
Agar toʻgʻri javobni eslash imkoni boʻlmayotgan boʻlsa, sizga maxsus shakl yordamida yordam xizmatiga murojaat qilish taklif etiladi.
<!-- endsource: uz/_includes/problems/id-add-phone/support-answer-p.md -->



 {% include [feedback](../_includes/feedback.md) %}


{% included (../_includes/feedback.md) %}
<a href="uz/feedback">
  <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




{% endincluded %}