Telefon raqami orqali registratsiya

Yandexning ayrim xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tishning soddalashtirilgan usulidan foydalanish mumkin: telefon raqamini kiritish kifoya. Bunday registratsiyadan keyin Yandex xizmatlarining keng imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin. Masalan, tashkilotlar, tovarlar, kitoblar, oʻyinlar va kinolar haqida sharh qoldirish.

Yandex xizmatlarining barcha imkoniyatlariga kirish, jumladan, Yandex pochtasi yaratish va Diskdan foydalanish uchun to‘liq registratsiyadan o‘ting.

Yandexda telefon raqami orqali registratsiya qilish

Diqqat

Har bir telefon raqamiga soddalashtirilgan registratsiya bilan faqat bitta hisob yaratish mumkin.

Quyidagi usullardan biri yordamida registratsiya qilishingiz mumkin:

  1. Yandex xizmati sahifasini oching.
  2. Kirish tugmasini bosing (odatda u o‘ng yuqori burchakda joylashgan).
  3. Telefon raqamini kiriting va Keyingisi tugmasini bosing.
  4. Yangi hisob yaratish bandini bosing.
  5. SMSda kelgan kodni kiriting.
  6. Foydalanuvchi kelishuvi shartlarini o‘qing va Keyingisi tugmasini bosing.
  1. Ro‘yxatdan o‘tish sahifasiga kiring.
  2. Telefon raqamini kiriting va Keyingisi tugmasini bosing.
  3. SMSda kelgan kodni kiriting.
  4. Bitta klikda ID yaratish bandini bosing.
  5. Foydalanuvchi kelishuvi shartlarini o‘qing va Keyingisi tugmasini bosing.

Yandex xizmatlariga kirishda registratsiya paytida kiritilgan telefon raqamidan foydalaning.

Bu muhim

Agar raqamni unutib qo‘ysangiz yoki yo‘qotsangiz, hisobni tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Buning oldini olish uchun to‘liq ro‘yxatdan o‘ting — unikal login va parol toping.

Yandexga telefon raqami yordamida kirish

Agar telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, Yandex xizmatlariga kirishda undan foydalaning:

  1. Yandexning istalgan xizmati sahifasini oching.

  2. Kirish tugmasini bosing (odatda u o‘ng yuqori burchakda joylashgan).

  3. Login sifatida registratsiyada ishlatilgan telefon raqamini kiriting.

  4. Kirish tugmasini bosing.

  5. SMSda kelgan kodni kiriting.

  6. Ro‘yxatdan hisobni tanlang. Ro‘yxatda siz oxirgi 6 oyda kirgan hisoblar aks etadi.

    Ro‘yxatda kerakli hisob yo‘q
    1. Kerakli hisob yo‘q tugmasini bosing va Ism va faimiliya asosida topish bandini tanlang.
    2. Ism va familiyani kiriting, Keyingisi tugmasini bosing. Ro‘yxatga ism va familiya asosida topilgan hisoblar qo‘shiladi.
  1. Avtorizarsiya sahifasiga kiring.

  2. Login sifatida registratsiyada ishlatilgan telefon raqamini kiriting.

  3. Kirish tugmasini bosing.

  4. SMSda kelgan kodni kiriting.

  5. Ro‘yxatdan hisobni tanlang. Ro‘yxatda siz oxirgi 6 oyda kirgan hisoblar aks etadi.

    Ro‘yxatda kerakli hisob yo‘q
    1. Kerakli hisob yo‘q tugmasini bosing va Ism va faimiliya asosida topish bandini tanlang.
    2. Ism va familiyani kiriting, Keyingisi tugmasini bosing. Ro‘yxatga ism va familiya asosida topilgan hisoblar qo‘shiladi.

To‘liq registratsiya qilish

  1. Ro‘yxatdan o‘tish sahifasiga kiring.

  2. ID yaratish tugmasini bosing va hisob kim uchun — o‘zingiz yoki farzand uchun yaratilishini tanlang.

    1. Haqiqiy ism va familiyangizni kiriting.
    2. Login va parol o‘ylab toping va kiriting.
    3. Telefon raqamini kiriting.
    4. Foydalanuvchi kelishuvi shartlarini o‘qing va Ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosing.
    1. Hisobingizga sevimli qulay usul bilan kiring.
    2. Farzand hisobini yarating sahifasi Keyingisi tugmasini bosing.
    3. Farzandning ismi va tug‘ilgan kunini kiriting, Keyingisi tugmasini bosing.
    4. Farzand login va parolini o‘ylab toping va kiriting hamda Keyingisi tugmasini bosing.
    5. SMSda kelgan kodni kiriting.
    6. Foydalanuvchi kelishuvi shartlarini o‘qing va Keyingisi tugmasini bosing.
Yordam xizmatiga yozish