Yandexga bir martalik parol bilan kirish

Yandexning istalgan xizmati yoki ilovasiga QR kod yordamida yoki Yandex Kalit ilovasidan bir martalik parol orqali kirish mumkin. Bir martalik parol bilan kirish — bu ishonchli hisobga kirish usulidir.

Bir martalik parol orqali kirish uchun avval Yandex Kalit ilovasiga hisobni qoʻshing. Agar bir nechta hisob kiritgan bo‘lsangiz, kerakli hisobga almashishni unutmang.

Kalit, shuningdek, Yandex + Alisa va Yandex Start ilovalarida ham mavjud. Unga hisobni qoʻshish yoki zaxira nusxasidan tiklash mumkin.

Bir martalik parol bilan kirish

  1. Yandex ID hisobingiz registratsiya qilingan loginni kiriting va Kirish tugmasini bosing.
  2. Yandex Kalit ilovasidan bir martalik parolni kiriting.

Yandex Kalit ilovasidan bir martalik parol qanday olinadi

Sharh

Bir martalik parolni u ilovada koʻrsatilib turgan vaqt davomida kiritishga ulgurish kerak. Yangilanishga juda kam vaqt qolgan bo‘lsa, unda yangi parol chiqishini kuting.

  1. Yandex Kalit ilovasini oching.

  2. Kerakli hisobga almashtiring.

  3. Ilovasdan bir martalik parolni nusxalang. Yandex Kalit bir martalik parollarni har 30 soniyada hosil qiladi.

Esda tuting:

  • Yandex Kalit ilovasidan joriy parolni nusxalash uchun parol yonidagi belgisini bosish mumkin.
  • Bir martalik parolni biror joyda saqlashdan ma’no yo‘q. U siz u bilan Yandexga kirganingizda yoki 30 soniya o‘tganidan keyin dolzarbligini yo‘qotadi.

QR kod bilan kirish

Yandex xizmatlariga shunchaki kamerani QR kodga qaratgan holda kirishingiz mumin. Bunda Yandex Kalit ilovasi avtorizatsiya serveri bilan ulanish imkoniga ega bo‘lishi uchun mobil qurilmangiz Internetga ulangan bo‘lishi lozim.

Agar xizmat yoki ilova bunday kirish usulini dastaklamasa, hisobga bir martalik parol bilan kirishingiz mumkin.

QR kod bilan kirish uchun:

  1. Siz Yandex ID hisobingizni registratsiya qilgan loginni kiriting va Kirish tugmasini bosing.

    Ochilgan oynada QR kod chiqadi.

  2. Yandex Kalit ilovasini oching, QR kod bilan kirish tugmasini bosing va ochilgan kamerani QR kodga qarating.

Agar Yandex Kalit ilovasi QR kodni o‘qisa, u Yandexga login va bir martalik parolingizni yuboradi hamda siz brauzerda avtomatik hisobingizga kirasiz. Agar QR kod to‘g‘ri o‘qilmasa, xatolik haqidagi xabarni ko‘rasiz. Agar hisobingizga kirishda PIN kod kiritilgan bo‘lsa, QR bilan kirish ishlamaydi.

Bir martalik parol yoki QR kod orqali kirib boʻlmayapti

  • Shaxsiy kabinetda Yandex Kalit yordamida kirish yoqilganini, ya’ni kirish usuli sifatida «Bir martalik parol» yoki «Parol + bir martalik parol» tanlanganini tekshiring.

  • Yandex Kalit ilovasidan dolzarb bir martalik parolni kiritganingizga ishonch hosil qiling. Ilovada u har 30 soniyada yangilanadi.

  • Agar bir martalik parol bilan kirish 3.0 dan past yoki 3.2.2 va undan yuqori versiyadagi Kalitda yoqilgan bo‘lsa, kirishda hisob PIN kodini kiritish so‘raladi. Siz uni ushbu kirish usulini sozlashda yaratgansiz. PIN kod avtomatik joylanishi uchun Qurilmada saqlash bandiga belgi qoʻying.

    PIN kod xato kiritilsa, xato bir martalik parollar yaratiladi. Muammoni yechish uchun hisobga qayta kiring va PIN kodni yana bir marta kiritishga urining.

    Kirish paytida PIN kod soʻralsa va bir martalik parollar mos kelmasa, ehtimol, qurilmada xato PIN kod saqlangan boʻladi. Muammoni yechish uchun oʻng yuqori burchakda uch nuqtani bosing va PIN kodni tozalash bandini tanlang. Keyin hisobga takroran kirib, toʻgʻri PIN kodni kiriting.

    PIN kodni eslolmasangiz, kirishni tiklash anketasini toʻldiring.

  • Bir martalik parollar yaratilganda Yandex Kalit ilovasi qurilmada o‘rnatilgan joriy vaqt va vaqt mintaqasini hisobga oladi. Agar parolni to‘g‘ri kiritganingizga ishonchingiz komil bo‘lib ham kirish imkoni bo‘lmayotgan bo‘lsa:

  1. Qurilmangizda to‘g‘ri vaqt va vaqt mintaqasi o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Shundan soʻng, yangi bir martalik parol bilan kirishga urinib koʻring.

  2. Vaqtni server ogʻishi sozlamalari yordamida sinxronlashga urining:

    1. Ilovaning yuqori chap burchagida tugmasini bosib, Vaqt ogʻishini tatbiq qilish opsiyasini faolsizlantiring. Shundan soʻng, yangi bir martalik parol bilan kirishga urinib koʻring.

    2. Agar baribir kirolmasangiz, ilova sozlamalarida Vaqt ogʻishini yangilash tugmasini bosib, Vaqt ogʻishini tatbiq qilish opsiyasini yana faollashtiring. Soʻngra ilovani boshidan yoqing va bir martalik parolni kiritishga urinib koʻring.

Agar muammo hal boʻlmasa, quyidagi shakl yordamida yordam xizmatiga murojaat qiling.

Yordam xizmatiga yozish