Istalgan pochta orqali registratsiya qilish
Yandex xizmatlarining ko‘plab imkoniyatlaridan registratsiyasiz ham foydalanish mumkin: masalan, internetda qidirish, yangiliklarni o‘qish, video tomosha qilish, tirbandlik va ob-havo haqida axborotlar olish. Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun Yandex hisobini registratsiya qiling.
Siz soddalashtirilgan registratsiyadan foydalanishingiz mumkin: email manzilingiz, ism va familiyangizni yozishingiz hamda parol kiritishingiz kifoya. Bunday registratsiyadan keyin Yandex xizmatlarining keng imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin. Masalan, tashkilotlar, tovarlar, kitoblar, oʻyinlar va kinolar haqida sharh qoldirish.
Yandex xizmatlarining barcha imkoniyatlariga kirish, jumladan, Yandex pochtasi yaratish va Diskdan foydalanish uchun to‘liq registratsiyadan o‘ting — unikal login va parol toping, ism va familiyangizni kiriting hamda telefon raqamingizni tasdiqlang.
Yandexda shaxsiy pochta orqali registratsiya qilish
Quyidagi usullardan biri yordamida registratsiya qilishingiz mumkin:
- Yandex xizmati sahifasini oching.
- Kirish tugmasini bosing (odatda u o‘ng yuqori burchakda joylashgan).
- Login sifatida pochta manzilini kiriting, har qanday pochta xizmatini kiritish mumkin. Kirish tugmasini bosing.
- Ko‘rsatilgan manzilga yuborilgan kodni kiriting.
- Ism va familiyani kiriting, Keyingisi tugmasini bosing.
- Parolni kiriting, Keyingisi tugmasini bosing.
- Foydalanuvchi kelishuvi shartlarini o‘qing va Ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosing.
- Ro‘yxatdan o‘tish sahifasiga kiring.
- Pochta manzilini kiriting, har qanday pochta xizmatini kiritish mumkin, keyin Keyingisi tugmasini bosing.
- Ko‘rsatilgan manzilga yuborilgan kodni kiriting.
- Ism va familiyani kiriting, Keyingisi tugmasini bosing.
- Parol o‘ylab toping, Keyingisi tugmasini bosing.
- Foydalanuvchi kelishuvi shartlarini o‘qing va Ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosing.
Registratsiya paytida ko‘rsatilgan email manzildan Yandex xizmatlariga kirishda login sifatida foydalanish mumkin, shuningdek, hisobingizga kirishni tiklashda ham ishlatilishi mumkin.
Yandexga shaxsiy pochta bilan kirish
Agar shaxsiy pochta manzilingiz yordamida registratsiya qilgan bo‘lsangiz, Yandex xizmatlariga kirishda undan foydalaning.
-
Yandexning istalgan xizmati sahifasini oching.
-
Kirish tugmasini bosing (odatda u o‘ng yuqori burchakda joylashgan).
-
Login sifatida Yandexda registratsiya qilishda foydalangan email manzilingizni kiriting.
-
Kirish tugmasini bosing.
-
Registratsiya paytida ushbu manzil uchun ko‘rsatilgan parolni kiriting va yana bir marta Kirish tugmasini bosing.
Agar registratsiya paytida parolni kiritmagan boʻlsangiz, Kirish uchun xat yuborish tugmasini bosib, emailni oching va xatdagi havola orqali oʻting.
Toʻliq registratsiya qilish
Agar shaxsiy pochta manzilingiz orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, to‘liq registratsiya uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni kiriting.
- Ro‘yxatdan o‘tish sahifasiga kiring.
- Yandex hisob uchun login yarating.
- Shaxsiy pochtangiz yordamida ro‘yxatdan o‘tishda ishlatilgan parolni kiriting.
- Mobil telefon raqamini kiriting va Tasdiqlash tugmasini bosing.
- SMSda kelgan kodni kiriting.
- Foydalanish bilan kelishuv shartlari bilan tanishing va qabul qiling.
- Keyingisi tugmasini bosing.
To‘liq registratsiyadan o‘tganingizdan keyin Yandexga kirishda oldingidek uchinchi tomon pochta xizmati email manzili orqali kirishingiz yoki yangi logindan foydalanishingiz mumkin. Ikkala holatda ham parol bir xil bo‘ladi.