---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.5
alternate:
  - https://yandex.uz/support/id/ru/authorization/key-access.md
  - https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/key-access.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/id/uz/llms.txt

# Kalitga ruxsat

## Qurilma uchun talablar {#requirements}

Yandex Kalit ilovasidan faqat tizimga ruxsatsiz kirishdan himoyalangan qurilmalarda foydalanish mumkin: pin kod, biometrik (yuzni aniqlash, barmoq izi), grafik kalit. Kalit bilan ishlashdan oldin uning sozlamalarida telefonni bloklashning istalgan usulini o‘rnating.


## Himoya usulini tanlash {#choose}

Kalitni birinchi marta kiritganingizda ilova sizga xavfsizlik usulini tanlashni taklif qiladi: biometrik yoki bosh parol. Bosh parol iOS uchun Kalit 3.4.0 va undan yuqori versiyalarida va Android uchun 3.4.2 va undan yuqori versiyalarida mavjud.

{% list tabs radio %}

- Biometrik axborot
  

  1. Kalitga telefonning tizim biometrik axborotiga kirishiga ruxsat bering.
  1. Shaxsingizni biometrik axborot yordamida tasdiqlang.

- Bosh parol


  1. 4 tadan 16 tagacha xonali bosh parol o‘ylab toping.
  1. Kiritilgan bosh parolni tasdiqlang.

{% endlist %}

Tanlangan usulni istalgan paytda **Xavfsizlik** bo‘limidagi Kalit sozlamalarida o‘zgartirish mumkin.

Agar bosh parolni o‘zgartirishga kirsangiz, avval amaldagisini kiritish kerak. Agar uni eslay olmasangiz, bosh parolni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Biometrik axborot asosida kirishni faolsizlantirish uchun avval bosh parolni sozlang — Yandex Kalitda albatta himoya usuli o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.


## Kalitga kirishda himoya {#entrance}

Kalitga kirish uchun biometrik axborot yordamida ilova qulfini oching. Bu usul birinchi navbatda so‘raladi.

Agar biometrik axborot ishlamasa, masalan, barmoq izi aniqlanmasa, asosiy parol (agar u [sozlangan](#choose) bo‘lsa) orqali kirishga o‘tish mumkin.


## Agar bosh parolni eslay olmasangiz {#forget-master-pass}

Bu parol faqat sizga ma’lum va Yandex uni eslata olmaydi.

{% list tabs radio %}

- Sizda Kalitga biometriya axboroti orqali kirishga ruxsat bor


  1. Ilovaga biometrik axborot yordamida kiring.
  1. Hisoblarning [zaxira nusxasini](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/twofa-copy.md) yarating. Keyin zaxira nusxadagi ma’lumotlarni olish uchun nusxani yaratishda kiritilgan telefon raqamiga ruxsat bo‘lishi kerak va undagi parolni eslash kerak.
  1. Kalitni o‘chiring, keyin uni qayta o‘rnating va [himoya usulini sozlang](#choose).
  1. Zaxira nusxasidan hisoblarni [tiklang](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/twofa-copy.md#reestablish-backup).

- Kalitga biometlik axborot orali kirish imkonsiz

  
  Bosh parol tiklanmadi. Faqat ilovani o‘chirish, keyin hisoblarni zaxira nusxadan [tiklash](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/twofa-copy.md#reestablish-backup) mumkin.
    
    
  {% note warning %}
    
  Agar biometrik axborotlarga ruxsat bo‘lasa, bosh parolni eslab bo‘lmaydi, faqat Kalit ilovasini o‘chirib tashlab, uni qaytadan sozlash mumkin. Lekin agar zaxira nusxa bo‘lmasa, undagi barcha hisoblar o‘chirib tashlanadi va ularning har birini xizmatlarning texnik yordam xizmati orqali tiklash kerak bo‘ladi.
    
  {% endnote %}
  
  Hisobga ruxsatni qo‘lga tiklash uchun (zaxira nusxadan emas):
    
    - **Yandex ID**: [ko‘rsatmadan](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/twofa-restore.md) foydalaning.
    - **Tashqi xizmat hisobi**: bu xizmatning yordam xizmatiga murojaat qiling va ularning tiklash jarayoniga oid ko‘rsatmalariga amal qiling.

{% endlist %}

## 3.0 dan quyi versiya uchun ko‘chirish {#migration}

3.0 dan yuqori versiyaga o‘tganda avval yaratilgan hisoblarni [yangilang](#migration) yoki agar eski hisoblar kerak bo‘lmasa, yangilanishni o‘tkazib yuboring.

Agar avval 3.0 dan quyi versiyadagi Kalitga hisoblarni qo‘shgan bo‘lsangiz, yangi versiyaga kirganingizda ularning yangilanishini ishga tushiriladi. Jarayon ilovada qanday himoya usuli tanlanganiga bog‘liq.

{% list tabs radio %}

- Biometrik axborot

  
  Biometrik axborotni tekshirishga o‘tganingizda hisoblar yangilanadi va yangi Kalitga o‘tkaziladi.

- Bosh parol

  
  Bosh parolni kiritish kerak bo‘ladi. Agar uni [eslay olmasangiz](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/key-access.md#forget-master-pass), hisoblarni o‘tkaza olmaysiz.

{% endlist %}

Agar sizda hisoblarning dolzarb zaxira nusxasi bo‘lsa, yangilash bosqichini tashlab ketish mumkin: barcha hisoblar o‘chirib tashlanadi, siz bo‘sh Kalitga tushasiz va [hisoblarni](#forget-master-pass) zaxira nusxadan tiklay olasiz.

<div class="cut-button">

{% cut "Yordam xizmatiga yozish" %}

<div style="padding: 15px;
     margin: 10px 0;
     background: #FFFFFF;
     border-radius: 10px;
     border: 1px solid var(--yc-color-line-generic);">
  <iframe style="background: #FFFFFF;"
        height="700"
        width="100%"
        frameborder="0"
        src="https://forms.yandex.ru/surveys/1959/?&iframe=1&lang=uz">
  </iframe>
</div>

{% endcut %}

</div>

<!-- source: uz/_includes/style-forms.md -->

<!-- endsource: uz/_includes/style-forms.md -->
