---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.5
alternate:
  - https://yandex.uz/support/id/ru/authorization/email.md
  - https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/email.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.uz/support/id/uz/llms.txt

# Qoʻshimcha pochta manzillari

[Email manzillari](https://id.yandex.uz/profile/emails) sahifasida siz qoʻshgan barcha manzillar va yordamchi pochtalar keltirilgan. Loginingiz mavjud manzillar Yandexning barcha domenlarida registratsiya paytida sizga biriktiriladi. Pochta aliaslarini oʻchirish imkonsiz. Pochta aliaslari haqida batafsil [Yandex Pochta yordamida](https://yandex.uz/support/mail/web/preferences/about-sender/additional-addresses.html#alias) oʻqing.

Qo‘shimcha pochta manzillari hisobingizni tiklashga yordam beradi: agar parolni eslolmasangiz, tasdiqlangan email manzilini kiriting va unga ko‘rsatmalar yozilgan xat yuboriladi. Yandex qo‘shimcha email manzillardan sizga hisobingizdagi shubhali harakatlar, telefon raqamining o‘zgargani va boshqa muhim holatlar haqida [ogohlantirish](https://yandex.uz/support/id/uz/messages.md) yuborish uchun foydalanadi.


{% note info %}

Siz uchun hisobga kirishni qayta tiklashning qulayroq va ishonchliroq usuli [tasdiqlangan telefon raqami](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/phone.md) bo‘lishi mumkin.

{% endnote %}



## Eamil manzili qanday kiritiladi {#howtoadd}

1. [Xavfsizlik](https://id.yandex.uz/security) yorlig‘iga kiring.
    
1. **Tiklash usullari** bo‘limida **Zaxiraviy email kiritish** tugmasini bosing.
    
1. Emailni kiriting va **Tayyor** tugmasini bosing.
    
    Yandex kiritilgan manzilga tasdiqlash kodi bilan xat yuboradi.
    
    Agar hisob uchun [bir martalik parol bilan kirish](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/twofa.md) yoqilgan bo‘lsa, Yandex qo‘shimcha ravishda Yandex Kalit ilovasidan bir martalik parolni kiritishni so‘raydi.
    
1. Qabul qilingan xatni oching va tavsiya etilgan havolaga kiring yoki kodni nusxalang va uni **Xatdagi kodni kiritish** maydonchasiga kiriting.
    
    Yandex sizga xat yuborgandan keyin kod 3 soat davomida amal qiladi. Agar kod kiritiladigan sahifani yopsangiz, [Xavfsizlik](https://id.yandex.uz/security) yorlig‘iga qayting, tasdiqlanmagan manzilga bosing va **Tasdiqlash** havolasini tanlang.
    


## Email manzilini qanday o‘chirish mumkin {#howtodel}

[Xavfsizlik](https://id.yandex.uz/security) yorligʻi **Qayta tiklash usullari** boʻlimida oʻchirmoqchi boʻlgan pochtani tanlang va ![](../_assets/trash.png) belgini bosing.


 {% include [feedback](../_includes/feedback.md) %}


{% included (../_includes/feedback.md) %}
<a href="uz/feedback">
  <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




{% endincluded %}