Qoʻshimcha pochta manzillari

Email manzillari sahifasida siz qoʻshgan barcha manzillar va yordamchi pochtalar keltirilgan. Loginingiz mavjud manzillar Yandexning barcha domenlarida registratsiya paytida sizga biriktiriladi. Pochta aliaslarini oʻchirish imkonsiz. Pochta aliaslari haqida batafsil Yandex Pochta yordamida oʻqing.

Qo‘shimcha pochta manzillari hisobingizni tiklashga yordam beradi: agar parolni eslolmasangiz, tasdiqlangan email manzilini kiriting va unga ko‘rsatmalar yozilgan xat yuboriladi. Yandex qo‘shimcha email manzillardan sizga hisobingizdagi shubhali harakatlar, telefon raqamining o‘zgargani va boshqa muhim holatlar haqida ogohlantirish yuborish uchun foydalanadi.

Sharh

Siz uchun hisobga kirishni qayta tiklashning qulayroq va ishonchliroq usuli tasdiqlangan telefon raqami bo‘lishi mumkin.

Eamil manzili qanday kiritiladi

  1. Xavfsizlik yorlig‘iga kiring.

  2. Tiklash usullari bo‘limida Zaxiraviy email kiritish tugmasini bosing.

  3. Emailni kiriting va Tayyor tugmasini bosing.

    Yandex kiritilgan manzilga tasdiqlash kodi bilan xat yuboradi.

    Agar hisob uchun bir martalik parol bilan kirish yoqilgan bo‘lsa, Yandex qo‘shimcha ravishda Yandex Kalit ilovasidan bir martalik parolni kiritishni so‘raydi.

  4. Qabul qilingan xatni oching va tavsiya etilgan havolaga kiring yoki kodni nusxalang va uni Xatdagi kodni kiritish maydonchasiga kiriting.

    Yandex sizga xat yuborgandan keyin kod 3 soat davomida amal qiladi. Agar kod kiritiladigan sahifani yopsangiz, Xavfsizlik yorlig‘iga qayting, tasdiqlanmagan manzilga bosing va Tasdiqlash havolasini tanlang.

Email manzilini qanday o‘chirish mumkin

Xavfsizlik yorligʻi Qayta tiklash usullari boʻlimida oʻchirmoqchi boʻlgan pochtani tanlang va belgini bosing.

Yordam xizmatiga yozish