Yangi gʻoyalarni izlash

Agar mehmonxonani bezatishni istasangiz, ehtimol, har xil variantlarni koʻrib chiqasiz va ular ichidan eng maqbulini qidirasiz. Yandex.Termalar xizmatida boshqa foydalanuvchilar jamlagan ko‘plab variantlar va gʻoyalar saqlanadi. Bu variantlarni ko‘rib chiqishingiz, ular orasidan mos keladiganlarini qidirishingiz va keyinroq ularning ichidan eng yaxshisini tanlab olish uchun ularni o‘z termalaringizga jamlashingiz mumkin.

Qidirishni boshlash uchun mavzu, g‘oya yoki kalit so‘zlarini qidirish maydoniga kiriting. Agar termalarda sizning mavzungiz asosida termalar yaratilgan bo‘lsa, ular maslahatlarda taklif qilinadi.

Qidiruv natijalari sahifasida sizning mavzungizga oid termalar kartalar bilan aks etadi. Kartalarda rasm, video yoki mahsulot oʻrin olishi mumkin.

Qidiruv natijalaridan darhol kartalarni oʻz termangizga saqlashingiz, shuningdek, termalar yoki ularning mualliflariga obuna boʻlishingiz mumkin.

Bizga chat, ijtimoiy tarmoqlar yoki quyidagi aloqa shakli orqali yozishingiz mumkin.

Qoidabuzarlik haqida xabar berish sahifasiga oʻting.

Yandex.Termalar xizmatiga eʼtiboringiz uchun rahmat. Aynan nima xato ishlayotgani haqida batafsil yozing. Agar sahifa elementlari xato ko‘rsatilsa yoki sahifani yuklashda xatolik haqidagi xabar aks etayotgan boʻlsa, xabaringizga skrinshotni biriktiring. Muammoni bartaraf etish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.

Yandex.Termalar ishida nimalarni yaxshilamoqchi ekaningiz haqida batafsil yozing. Keyinchalik xizmatni takomillashtirishimizda fikringizni e’tiborga olamiz.