Fotosuratlar tanlovi

Yandex.Termalarda fototanlovlar doimiy ravishda tashkillashtiriladi. Ularda ishtirok etishingiz, tanlovga o‘z fotosuratlaringizni yuborishingiz, shuningdek, eng yaxshi asarlar uchun ovoz berishingiz mumkin. Joriy va o‘tgan tanlovni ko‘rish uchun Tanlovlar sahifasiga o‘ting.

  1. Tanlovga qanday fotosuratlar qabul qilinadi
  2. Tanlovda ishtirok etish
  3. Fotosuratni tanlovdan olish
  4. Tanlov g‘oliblarini tanlash qanday amalga oshiriladi
  5. Fotosurat uchun ovoz berish
  6. Tanlov qoidalari buzilishi haqida xabar berish
  7. Huquqiy axborot

Tanlovga qanday fotosuratlar qabul qilinadi

Fotosuratlar quyidagi shartlarga javob berishi zarur:

Asarning faqat asl nusxasi

Tanlovga faqat o‘zingiz yaratgan fotosuratlarni yuborish mumkin. Qarindoshlaringiz tomonidan yaratilgan kadrlarni yoki oila arxividagi fotosuratlarni jo‘natmang. Moderator sharhda yuborilgan kadrning asl nusxasini — fotoapparatdan nusxa olingan va kompyuterda ishlov berilmagan, EXIF-ma’lumotlarga ega birlamchi faylni so‘rash huquqiga ega. Uni aloqa shakli orqali xabar mavzusiga "Asl tanlov surati" deb yozib, ishingizga tegishli havola bilan bizga yuboring. Boshqalarga tegishli fotosuratlarni yoki fotomontajlarni joylayotgan foydalanuvchilar kelgusi tanlovlarda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Yangi surat

Faqatgina bungacha biror marta internetda eʼlon qilinmagan va Yandex.Termalar xizmatidagi boshqa tanlovlarda qatnashmagan fotosuratlar qabul qilinadi.

Tanlov mavzusi

Nafaqat tanlov nomi va tavsifiga, balki uning qoidalariga ham diqqatingizni qarating. Ularda kadrlarda aynan qanday tasvirlar aks ettirilishi, qanday fotosuratlarni yuborish kerak emasligi sanab o‘tilgan.

Kadrdagi asosiy obyekt

Tanlov kadri obyekti fotosuratda asosiy joyni egallashi zarur — u orqa fonga joylashtirilmasligi yoki kadrdagi boshqa predmetlar ichida yo‘qolib qolmasligi zarur.

Fotosuratning minimal o‘lchami

Kadrning eng kichik tomoni kamida 800 piksel o‘lchamga ega bo‘lishi zarur. Agar kadrni kesib jo‘natsangiz, uning haqiqiy nisbatlarini saqlab qolish zarur.

Ma’noli nom va belgilar

Tanlovga yuborilayotgan ish nomlanishi zarur. 0003449, DSC_0013 yoki IMG_4039 kabi nomlar ma’noli deb hisoblanmaydi. Shuningdek, tasvirga tavsif beruvchi teglarni kiriting. Tavsifida reklama e’lonlari va havolalariga ega fotosuratlar qabul qilinmaydi.

Tasvirning o‘zida suratga olingan sana va vaqtning ko‘rsatilmasligi

Tasvir burchagida suratga olingan sana va vaqt aks etgan fotosuratlar tanlovga qabul qilinmaydi. Ayrim kameralar ularni har bir tasvirga avtomatik tarzda kiritadi — fotoapparat sozlamalarida bu xususiyatni o‘chirib qo‘ying.

Fotomontaj qilinmagan

Fotomontaj qilingan tasvirlar tanlovga kiritilmaydi — alohida fotosuratlar qismlari birlashtirilgan, qandaydir detallar kiritilgan yoki olib tashlangan tasvirlar. Tasvir kollaj emasligiga ishonch hosil qilish uchun tanlov moderatori sharhlarda uning asl nusxasini so‘rashi mumkin. Manba faylini aloqa shakli orqali xabar mavzusiga "Suratning haqiqiyligini tasdiqlash" deb yozib, ishingizga tegishli havola bilan bizga yuboring.

Shuningdek, grafik muharrirlarda fotosuratlarga haddan ortiq ishlov berishdan tiyilish tavsiya etiladi. Bir vaqtda tasvirning realligi va sifatiga putur yetkazadigan koʻplab effektlarni ishlatmang.

Hoshiya va imzolarsiz

Tanlovga yuborilgan fotosuratda hoshiya bo‘lmasligi lozim, faqat vinyetkalashga ruxsat beriladi. Shuningdek, yozuvli, logotipli, tasvir ustida veb-manzil berilgan fotosuratlar ham qabul qilinmaydi. Istisno — tasvir burchagida muallif FISH yoki taxallusi sifatida berilgan yarimshaffof imzo (masalan, Alisa Litl). Shrift o‘lchami 24 pt dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Imzoni kopirayt belgisi va fotosurat birinchi marta bilan e’lon qilingan yil bilan to‘ldirish mumkin (masalan, © Alisa Litl, 2017)

Tasvirning yuqori sifati

Past sifatdagi fotosuratning tanlovda ishtirok etish imkoniyati juda kam. Chaplangan tasvirlar, xato ekspozitsiyali yoki oq balansli kadrlar tanovdan o‘tmasligi mumkin. Shuningdek, raqamli shovqin, ortiqcha kontrast, kuchli yuklangan gorizont nosozlik hisoblanadi. Tasvir formati har qanday bo‘lishi mumkin, lekin kadrlashda haqiqiy nisbatni saqlash zarur. Tanlovga monitor, televizor ekranidan suratga olingan fotosuratlar yoki boshqa tasvirlar qabul qilinmaydi.

Fotosuratlardagi “nosozliklar” ko‘p vaziyatlarda badiiy usul hisoblanadi — haqiqatda, ikkitali ekspozitsiyaga ega sifatli yoki ataylab chaplangan fonli tasvirlar tanlovga qabul qilinadi.

Badiiy fotosurat

Tanlovga maishiy xarakterdagi tasvirlarni yubormang — masalan, uydagi mehmondorchilik dasturxoni, vannada cho‘milayotgan chaqaloq, dala hovlidagi bitmagan ayvon fotosuratlarini. Yandex.Termalardagi tanlovlar havaskor va professional badiiy fotosuratlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan. Foydalanuvchilar ko‘proq yorqin, rang-barang, did bilan olingan kadrlarga ovoz berishadi — o‘tgan tanlovlardan istalganining g‘olibi ishlarini ko‘rish orqali bunga osongina ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Tasvirning to‘g‘ri tarkibi

Psixodelik, pornografik va yoqimsiz syujetlar, abstrakt kompozitsiyalarga ega fotosuratlar tanlovga qabul qilinmaydi.

Yandex.Termalar foydalanuvchi kelishuvi shartlariga rioya qilish

Agar tasvir Yandex.Termalar xizmatining Foydalanuvchi kelishuvi shartlariga javob bermasa, u tanlovga qabul qilinmaydi.

Tanlovda ishtirok etish

  1. Tanlovga qanday fotosuratlar qabul qilinadi bo‘limida tavsiyalar bilan tanishib chiqing.
  2. Tanlov sahifasida ishtirok etish qoidalari va shartlarini o‘qib chiqing.
  3. Tanlov sahifasida Ishtirok etish tugmasiga bosing.
  4. Termalaringizga yangi fotosuratni yuklang.

Shundan keyin moderator fotosuratning tanlov qoidalariga mosligini tekshiradi. Fotosurat tanlovga qabul qilinganda, Yandex.Termalarda bildirishnoma olasiz. Barcha bildirishnomalarni ko‘rib chiqish uchun yuqori o‘ng burchakdagi belgisini bosing.

Tanlov nihoyasiga yetmaguniga qadar fotosuratga ega termaga kirish sozlamalarini o‘zgartirmang. Agar termani boshqa foydalanuvchilar kira olmaydigan qilib qo‘ysangiz, fotosurat tanlovdan olinadi.

Fotosuratni tanlovdan olish

Fotosuratni ikki usulda tanlovdan olish mumkin:
  • fotosurat joylashgan termaga kirish sozlamalarini o‘zgartiring, — uni boshqa foydalanuvchilar kira olmaydigan qiling.
  • fotosuratga ega kartani termalaringizdan o‘chirib tashlang.

Tanlov g‘oliblarini tanlash qanday amalga oshiriladi

Joriy tanlov haqidagi axborot Mavzuli tanlovlar boʻlimidagi Tanlovlar sahifasida aks etadi. Har bir tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  1. Foydalanuvchilar o‘z ishlarini kiritadilar.
  2. Fotosuratlarni qabul qilish to‘xtatiladi va ovoz berish boshlanadi. Barcha ishlar tanlovga qaysi paytda yuklanganligidan qat’i nazar g‘olib bo‘lish uchun bir xil imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Fotosurati ko‘proq sonli Yandex.Termalar foydalanuvchilariga yoqqan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. Tanlovning eng yaxshi 10 ta fotosurati mualliflari Yandexdan esdalik hadyalarini oladi.

Eslatma: Tomosha qilishlar va sharhlar soni fotosuratning tanlovda egallaydigan o‘rniga hech qanday ta’sir qilmaydi. Faqat ovoz berish jarayonida olingan Yoqdi baholari soni muhim.

Fotosurat uchun ovoz berish

  1. Tanlov sahifasini oching.
  2. Ovoz berish tugmasini bosing.
  3. Yoqdi va Yoqmadi tugmalari bilan fotosuratlarni varaqlang: Yoqdi tugmasi kartaga bitta ovoz beradi, Yoqmadi tugmasi esa keyingi kartani ko‘rsatadi.
Eslatma: Bitta fotosurat uchun faqat bir marta ovoz berish — Yoqdi tugmasini bosish mumkin. O‘z fotosurati uchun ovoz berib bo‘lmaydi.

Tanlov qoidalari buzilishi haqida xabar berish

Bizga aloqa shakli orqali xabar mavzusini "Tanlov qoidalarining buzilishi" deb koʻrsatib, fotosurat havolasi bilan xat yozing. Xabarda fotosurat nima sababdan tanlov qoidalariga mos kelmasligini ko‘rsating. Barcha xabarlar moderatorlar tomonidan albatta ko‘rib chiqiladi.

Huquqiy axborot

Bizga chat, ijtimoiy tarmoqlar yoki quyidagi aloqa shakli orqali yozishingiz mumkin.

Qoidabuzarlik haqida xabar berish sahifasiga oʻting.

Yandex.Termalar xizmatiga eʼtiboringiz uchun rahmat. Aynan nima xato ishlayotgani haqida batafsil yozing. Agar sahifa elementlari xato ko‘rsatilsa yoki sahifani yuklashda xatolik haqidagi xabar aks etayotgan boʻlsa, xabaringizga skrinshotni biriktiring. Muammoni bartaraf etish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.

Yandex.Termalar ishida nimalarni yaxshilamoqchi ekaningiz haqida batafsil yozing. Keyinchalik xizmatni takomillashtirishimizda fikringizni e’tiborga olamiz.