Sahifa yaratish shartlari

Tashkilot sahifasi – bu Yandex.Termalar xizmatidagi kompaniyangizning xususiy sahifasidir, unda sizning korporativ uslubingizga oid elementlar aks etadi. Bu sahifada siz va sizning xodimlaringiz kompaniyangiz faoliyati bilan aloqador mavzuli rasm termalarini joylashtirishingiz mumkin. Batafsil axborot uchun Tashkilot sahifasi nima va u nega kerak sahifasiga kiring.

  1. Tashkilot sahifasini yaratish uchun qanday hujjatlar kerak
  2. Sahifani ochish shartlari
  3. Tashkilotning mavjud sahifasi nima uchun bloklanishi mumkin

Tashkilot sahifasini yaratish uchun qanday hujjatlar kerak

Sahifa yaratish – kompaniyalar oʻzlarini ommaga tanitishlari uchun bepul imkoniyatdir. Unda hech qanday pulli reklama xizmatlari mavjud emasligi tufayli hech qanday qoʻshimcha hujjatni rasmiylashtirish talab qilinmaydi. Bunda Yandex.Termalar xizmati hamkor veb-saytiga oʻtishlar soni, uning qaydlarining qamrovi va UGC hajmi borasida hech qanday kafolatni taqdim etmaydi.

Sahifani ochish shartlari

Quyidagi mezonlarga mos keladigan tashkilot yoki loyiha maxsus sahifani ochishi mumkin:

  • Tashkilot ixtisosligi aniq. Kompaniya faoliyatiga oid tavsifdan u aynan nima bilan shugʻullanishini anglash mumkin.
  • Kompaniya ixtisosligi Rossiya Federatsiyasi qonunlarini buzmaydi.
  • Kompaniya ixtisosligiga rasman ruxsat berilgan va salbiy tomondan tanilmagan. Kompaniya faoliyatining oʻziga xosligi jamoatchilikda salbiy munosabat uygʻotmaydi, sogʻlom idrokka zid kelmaydi va u shugʻullanayotgan faoliyatning qonuniyligi shubha ostiga olinib tekshirilmaydi.

Tashkilotning mavjud sahifasi nima uchun bloklanishi mumkin

Buning bir necha asosiy sabablari mavjud boʻlib, ular yuz bergandan keyin xizmat jamoasi oʻz ixtiyori bilan hamkorlikni toʻxtatishi va tasdiqlangan foydalanuvchi belgisini olib tashlashi mumkin.
  • Tashkilot sahifasida jamlanadigan termalar sifat mezonlariga mos emas.
  • Termalardagi tasvirlar, havolalar va boshqa materiallar haqoratomuz mazmunga ega.
  • Termalardagi tasvirlar, havolalar va boshqa materiallar Rossiya Federatsiyasi qonunlariga zid boʻlgan aniq yoki yashirin siyosiy chaqiriqlar, ekstremistik materiallar yoki boshqa kontentlardan iborat.
  • Oʻtgan oyda kompaniya sahifasida birorta terma yaratilmagan.

Bizga chat yoki quyidagi aloqa shakli orqali yozishingiz mumkin.

Qoidabuzarlik haqida xabar berish sahifasiga oʻting.

Yandex.Termalar xizmatiga eʼtiboringiz uchun rahmat. Aynan nima xato ishlayotgani haqida batafsil yozing. Agar sahifa elementlari xato ko‘rsatilsa yoki sahifani yuklashda xatolik haqidagi xabar aks etayotgan boʻlsa, xabaringizga skrinshotni biriktiring. Muammoni bartaraf etish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.

Yandex.Termalar ishida nimalarni yaxshilamoqchi ekaningiz haqida batafsil yozing. Keyinchalik xizmatni takomillashtirishimizda fikringizni e’tiborga olamiz.