Tashkilot sahifasini kontent bilan toʻldirish

Termaga nimani kiritish mumkin

Termalarda turli mazmundagi kartalarni saqlashingiz mumkin:
  • Rasm – oʻz auditoriyangiz uchun mavzuli termalarni jamlash yoki shaxsiy suratlaringizni namoyish qilish uchun.
  • Video – ishingiz jarayonini namoyish qilish yoki video formatida auditoriyangizga murojaat qilish uchun
  • Havola – auditoringizga sizning faoliyatingiz haqida yaqinroq tanishishga yordam beradigan shaxsiy va boshqa materiallar uchun.
  • Mahsulotlar – tovar haqidagi axborotni tarqatish va tayyor auditoriyaga erishish uchun.
Eslatma: Har bir termaga maksimal 5000 ta karta kiritish mumkin. Maksimal 500 ta terma yaratishga ruxsat beriladi.

Kartalarni termaga kiritishga oid batafsil axborot uchun Termalarni jamlash sahifasiga kiring.

Sifatli terma nima degani?

Jamlangan terma sifatli ekanini tushunishingiz yordam beradigan toʻrtta asosiy xususiyat mavjud:

  • Termada kamida 10 karta mavjud.
  • Kolelksiya nomi va tavsifi aniq va xatosiz yozilgan.
  • Terma xira yoki suv belgisi qoʻyilgan tasvirlardan xoli
  • Termada noqonuniy yoki haqoratli materiallar mavjud emas.

Termaga joylashtiriladigan kontentni qayerdan topish mumkin

Yandex.Termalar xizmatiga joylashtiriladigan maxsus tasvirlarni yaratishdan tashqari, quyidagi manbalardan ham foydalanishingiz mumkin:
  • Tashkilotingizning Instagram sahifasida eʼlon qilingan tasvirlarni joylashtirish.
  • Saytingizdagi tasvirlar va boshqa materiallarni joylashtirish.
  • Tashkilotingizning ijtimoiy tarmoqlardagi uyushmalarida eʼlon qilingan tasvirlar va boshqa materiallarni joylashtirish.
  • Sizga aloqador mavzuga tegishli tasvirlarni boshqa manbalardan joylash.

Bizga chat yoki quyidagi aloqa shakli orqali yozishingiz mumkin.

Qoidabuzarlik haqida xabar berish sahifasiga oʻting.

Yandex.Termalar xizmatiga eʼtiboringiz uchun rahmat. Aynan nima xato ishlayotgani haqida batafsil yozing. Agar sahifa elementlari xato ko‘rsatilsa yoki sahifani yuklashda xatolik haqidagi xabar aks etayotgan boʻlsa, xabaringizga skrinshotni biriktiring. Muammoni bartaraf etish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.

Yandex.Termalar ishida nimalarni yaxshilamoqchi ekaningiz haqida batafsil yozing. Keyinchalik xizmatni takomillashtirishimizda fikringizni e’tiborga olamiz.