Tahririyatni tanlash

Tahririyatni tanlash - bu xizmatdagi eng yaxshi termalarga oid muntazam yangilanadigan ustun. Unda tahririyat mustaqil saralaydigan eng yorqin va qiziqarli termalar aks etadi.

Bunday termalar biror noyob narsa haqida hikoya qiladi, mavzusi ilhomlantiruvchi, yaxshi va tushunarli tavsifga ega boʻlgan chiroyli, stilistik saralangan rasmlarda ifodalanadi. Odatda bunday termalarni mashhur nashrlar, kompaniyalar, muzeylar yoki galereyalar nashr etadi, lekin Tahririyat tanlovidan mustaqil muallif-mutaxassislar yoki havaskor kolleksionerlarning ishlari ham tez-tez joy olib turadi.

Qanday qilib Tahririyat tanlovidan joy olish mumkin:

  1. Termangiz uchun ajoyib va qiziqarli mavzuni ijod qiling.
  2. Termaga aniq tavsifga ega boʻlgan sakkiztadan ortiq kartani yuklang.
  3. Terma havolasini quyidagi manzilga yuboring: yndx.collections@yandex.ru.
Eslatma: Xizmat tahririyati barcha arizalarni koʻrib chiqadi, ammo sizning termangiz uning tanlovga kirishiga kafolat bermaydi.

Bizga chat, ijtimoiy tarmoqlar yoki quyidagi aloqa shakli orqali yozishingiz mumkin.

Qoidabuzarlik haqida xabar berish sahifasiga oʻting.

Yandex.Termalar xizmatiga eʼtiboringiz uchun rahmat. Aynan nima xato ishlayotgani haqida batafsil yozing. Agar sahifa elementlari xato ko‘rsatilsa yoki sahifani yuklashda xatolik haqidagi xabar aks etayotgan boʻlsa, xabaringizga skrinshotni biriktiring. Muammoni bartaraf etish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz.

Yandex.Termalar ishida nimalarni yaxshilamoqchi ekaningiz haqida batafsil yozing. Keyinchalik xizmatni takomillashtirishimizda fikringizni e’tiborga olamiz.