Sichqoncha yordamida boshqarish

Ishoralarni yoqish

Birlamchi holatda Yandex Brauzer sozlamalarida sichqoncha ishoralarini qo‘llab-quvvatlash faolsizlantirilgan. Sichqoncha ishoralarini ishlatish uchun:

  1. SozlamalarVositalar tugmasini bosing.
  2. Sichqoncha ishoralari boʻlimida Yoqish bandini faollashtiring.

Sichqoncha harakati

Ishoralarni bajarish uchun sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing. Ishorani bajarib, tugmani qo‘yib yuboring.

Diqqat

Agar bitta tugmali macOS sichqonchasini ishlatsangiz, barcha harakatlarni Ctrl tugmasi va sichqonchani ushlab turib bajarish kerak.

Sichqoncha harakati

Tarix

Oldingi sahifaga qaytish

Keyingi sahifaga o‘tish

Varaqlar

Oxirgi yopilgan varaqni tiklash

Varaqni yopish

Boshqalar

Sahifani qayta ishga tushirish

Jadvalni ochish va kursorni Aqlli satrga o‘rnatish

Tugmalar birikmalari

Tugmalar birikmasi

Tarix

Oldingi sahifaga qaytish



Sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing. Uni qo‘yvormasdan chap tugmani bosing.

Keyingi sahifaga o‘tish



Sichqonchaning chap tugmasini bosing. Uni bosib turib, o‘ng tugmasini bosing.


Sichqoncha g‘ildiragi

Masshtab

Sahifa masshtabini kattalashtirish

Ctrlni bosing va sichqoncha g‘ildiragini oldinga aylantiring.

Sahifa masshtabini kichraytirish

Ctrlni bosing va sichqoncha g‘ildiragini orqaga aylantiring.

Ishoralarni o‘chirish

  1. SozlamalarVositalar tugmasini bosing.
  2. Sichqoncha ishoralari ruknida Yoqish bandini faolsizlantiring.

Sharh

Operatsion tizimga biriktirilgan sichqoncha harakatlarini faolsizlantirib bo‘lmaydi:

  • masshtabni o‘zgartirish harakatlari;
  • macOSda o‘ngga va chapga varaqlash harakatlari.

macOS tizimida varaqlash ishoralarini faolsizlantirish uchun  → Tizim sozlamalari → Trekpad → Boshqa ishoralar tugmasini bosing va Sahifalararo surish bandini faolsizlantiring.

Ishoralar sozlamalari

Siz alohida harakatlarni yoki tugmalar birikmalarini faolsizlantirishingiz mumkin.

  1. SozlamalarVositalar tugmasini bosing.

  2. Sichqoncha ishoralari bo‘limida Ishora sozlamalari tugmasini bosing.

  3. Kerakli variantlarni o‘chirib qo‘ying.

Sichqoncha kursori onlayn o‘yinda qotib qolyapti

Yandex Brauzerdagi ayrim onlayn o‘yinlarda sichqoncha tugmalarini bosganingizda kursor qotib qolishi mumkin. Bunday holda, sichqoncha ishoralarini faolsizlantiring:

  1. SozlamalarVositalar tugmasini bosing.
  2. Sichqoncha ishoralari ruknida Yoqish bandini faolsizlantiring.

Agar bu yordam bermasa, bizga bu haqida xabar bering.

Batafsil maʼlumot

Yordam xizmatiga yozish

Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.